Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

BADRIDDIN  CHOCHIY 

(1 2 8 5 — 1 3 4 4 /4 5 )

M o‘g ‘ullar  bosqini  tufayli  o ‘zga  yurtlarga  bosh  olib  tarki 

vatan  etgan  shoir,  adib,  olim  va  mutafakkirlardan  biri  Badriddin 

Chochiydir.  U  Choch  (Toshkent)da  tavallud  topgan,  Samarqand 

va  Buxoroda  yigitlik  yillarini  o ‘tkazadi,  ilm-ma’rifat  bilan  oshno 

b o iad i.  Chochiy  1332—1333-yillarda  Makkai  mukarramadan  qay- 

tishda  Dehlida  to ‘xtaydi  va  m o‘g ‘ullar  zulmi  hukm  surayotgan  o ‘z 

ona  Vataniga  qaytib  kelishga ju r’at  qila  olmasdan  o ‘sha  yerda  qolib 

ketadi.  U  T o‘g ‘luq  Muhammad  saroyida  xizmat  qilgan.  Yozma 

manbalarga qaraganda,  Chochiy Movarounnahrda yashagan kezlarida 

turkiy  tilda  she’rlar  bitgan  va  omma  orasida  shuhrat  qozongan  edi. 

U  Hindistondagi  faoliyati  davomida  o ‘sha  davming  asosiy  adabiy 

tillaridan bo‘lgan fors-tojik tilida ijod qilgan.  «Tazkirayi Husayniy»da 

yozilishicha,  u  6  ming  baytli  lirik  devon  tuzgan.  Baxtovorxonning 

«M e’rotul  olam»  («Olamning  ko‘zgusi»)  asarida  qayd  etilishicha, 

Badriddin  Chochiy  35  ming  baytli  «Shohnoma»  asarini  yaratgan. 

Undan bizgacha o ‘limidan bir yil muqaddam tuzilgan «Sharhi qasoidi 

Badri  Chochiy»  yetib  kelgan.  Unda  70  dan  ziyod  qasida,  k o ‘pgina 

ruboiylar,  qit’a va g ‘azallar jamlangan.

Sadriddin  Ayniyning  fikricha,  Badriddin  Chochiyning  she’rlari 

juda  murakkab  usulda  bitilgan,  atoqli  hind  olimi,  «Riyosul-lug‘at» 

kitobining  muallifi  Riyosiddin  binni  Jaloliddin  Mustafo  1256- 

(1840/41) yilda Badriddin Chochiy asarlarini kitobxonlarga yetkazish 

maqsadida  ularga  sharh  sifatida  «Kashful  asror»  («Sirlaming 

ochilishi»)  asarini yozgan.

Badriddin  Chochiy  buyuk  so‘z  san’atkorlaridan  biridir.  Uning 

ijodiy  durdonalari  bo‘lgan  asarlari  chuqur  ijtimoiy-falsafiy  mazmuni, 

yuksak  badiiyligi  bilan  ajralib  turadi.  Ammo  Badriddin  Chochiyning 

ijodi yetarli  darajada o ‘rganilgan emas.

Shunday  qilib,  XIII  asr  va  XIV  asming  birinchi  yarrm  tari- 

ximizning  eng  og‘ir  kechgan  davrlaridan  biridir.  Bu  davrda  hukm 

surgan  m o‘g ‘ullar  istilosi  va  zulmi  o ‘lkamiz  xalqlari  hayotida  og‘ir 

iz  qoldirdi,  madaniy  taraqqiyotni  bir  necha  o ‘n  va  yuz  yillar  orqaga



VIII bob.  M ovarounnahr va X orazm  m o‘g‘ullar bosqini davrida

337


surib  yubordi,  ammo  uni  abadul-abad  taraqqiyotdan  to ‘xtatib  qola 

olmadi.  Ozodlik  hurlik  va  erkka  tashna  ulug‘  avlod-ajdodlarimiz 

m o‘g ‘ullar  zulmiga  qarshi  kurashdilar,  m a’rifatga,  ziyoga  va  nurga 

intildilar  va  nihoyat  bosqinchi  galalami  Vatanimiz  hududidan 

uloqtirib  tashladilar.  Jonajon  ona  tariximizning  bu  oltin  davri  ulug‘ 

bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur faoliyati bilan bog‘liqdir.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish