SO BIR TER M IZIY
( 1 0 8 9 - 1147)
0 ‘rta acp adabiy-badiiy muhitining yetuk namoyandasi va
davlat arbobi darajasiga k o ‘tarilgan, oddiy kosib farzandi, adib Sobir
Term iziy
1089-yilda ko‘hna Termizning Duoba guzarida hunarmand
ziyoli Ismoil xonadonida tavallud topgan. Uning otasi Ismoil va onasi
Sadoqat otin ham bolasining tarbiyasiga alohida e ’tibor beradilar.
Termizdagi maktablarda dastlabki ta iim n i olgan Sobir keyinchalik
Hirot madrasasida o ‘z bilimlarini yanada takomillashtiradi, she’rlar
mashq qilish bilan birga falsafa, mantiq, falakiyot, matematika kabi
fanlami chuqur o ‘zlashtiradi.
Bu orada adib Ismoilning yaqin do‘sti, m a’rifatli donishmand,
ilm-adab ahlining homiysi Abulqosim Ali «Xuroson raisi» darajasiga
ko‘tariladi. U Hirotdan Termizga qaytgan Sobimi o ‘z dargohiga
chorlaydi. Ana shu tariqa 1100-yilda 22 yoshli Sobir Nishopurga
qarab y o ig a otlanadi va mirzolik lavozimiga tayinlanadi. Ilm
va m a’rifat himoyachisi, davlat arbobi boisa-da, astronomiya
va matematika bilan muttasil shug‘ullangan. Abulqosim Ali ibn
Ja’far markaziy hokimiyatdan yordam olib rasadxona qurdirgan
edi. Rasadxona qurilishida Umar Hayyom va Imom Muzaffar
Izfuzoriylaming xizmatlari anchagina b oigan. Ana shu rasadxonada
adib Sobir ham ishladi va o ‘zining tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini
yanada takomillashtirdi. Abulqosim Ali siymosida m a’rifat homiysi,
ajoyib jasoratli olimni ko‘rgan Sobir uni madh etib qasidalar yozdi.
Abulqosim Ali soyasida adib Sobiming obro‘-e’tibori va
martabasi kundan kun oshib bordi. Sayqaliy, Nasimiy kabi shoirlar
bilan yaqindan do‘stlashdi, buxorolik yosh shoir Zargar Javhariyga
ustozlik qildi. Muizziy Nishopyriy, Sa’di Salmon singari o ‘z
250
VATAN TARIXI
zamonasining mashhur san’atkorlari bilan ijodiy hamkorlik qildi.
Adib Sobir Termiziyning bu muvaffaqiyatlari albatta b a ’zi bir
laganbardor, xushomadgo‘y, shuhratparast amaldorlaming g ‘ashini
keltirdi. Ular shoir Sobir imzosi bilan Abulqosim Alini badnom
qiluvchi «Xuroson raisi» nomli hajviy she’r yozib tarqatdilar,
nufuzli amaldorlardan Aminal-mulk bilan Sobir o ‘rtasida g ‘avg‘o
chiqardilar. Natijada adib mirzolikdan haydaladi, mol-mulki mu-
sodara qilinadi va hayoti xavf ostida qoladi. U 1125-yilda do‘stlari
yordamida ona shahri Termizga qaytib ketishga muvaffaq boisa-da,
biroq Aminal-mulkining qattiq talabi bilan Sobir mahbus sifatida
Rovon shahriga badarg‘a qilindi. Faqat 1127-yilda shoir hajga
borish bahonasida tutqunlikdan ozod etiladi va to‘rt yil davomida
Arabiston shaharlarini kezib chiqadi. Isfahonda shoir Imodiy bilan
uchrashadi, qaytishda Nishopurga tushadi. Abul Qosim Ali uni afv
etadi va vataniga qaytishga ruxsat beradi. Ana shu yillar mobaynida
adib Sobir Sanoiy G ‘aznaviy, balxlik Rashiduddin Votvot, Avvariy,
Abdulvose Jabaliy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy singari zamon
shoirlari bilan tanishib, ular bilan aloqa o ‘matgan va ustoz sifatida
tan olingan edi.
XII
asrning 40-yillarida, xususan Katvon jangidan so‘ng Sulton
Sanjar boshchiligidagi saljuqiylar davlati inqiroz sari yuz tuban keta
boshladi. Bundan foydalangan mahalliy hokimlar Sulton Sanjar-
dan yuz o‘girib, mustaqillik yo‘lini izlay boshladilar. Xorazm
hokimi Otsiz ham shundaylardan biri edi. Sulton Sanjar Otsizning
qasamyodlaridan to ‘yib b o ‘lgandi va uning har bir hiylasidan kat
ta xavf kutardi. Otsizning har bir harakatidan xabardor bo‘lib turish
maqsadida Sulton Sanjar Abulqosim Alimning maslahati bilan Sobimi
Xorazmga elchi qilib yubordi. Otsiz Sobimi yaxshi kutib oladi. Bu
orada Xorazmshoh tarixchi olim Z.M.Buniyotov m a’lumotlariga
qaraganda, ismoiliylar vakillaridan bo‘lgan ikki josusni puxta
tayyorgarlikdan o ‘tkazib, Sanjami o ‘ldirish uchun Marvga jo ‘natadi.
Josuslami yaxshi tanigan adib Sobir ulaming rasmlarini chizib, bir
kampiming mahsisi qo‘njiga joylab Sanjarga jo ‘natadi. Sulton Sanjar
ana shu rasmlarga qarab shahar chetidagi saroylardan birida Otsiz
yuborgan josuslam i qo‘lga oladi va ulami qatl etadi.
Nihoyatda puxta o ‘ylanib amalga oshirilgan bu tadbiming fosh
b o ‘lishi sababini Xorazmshoh Otsiz chuqur tahlil etib, adib Sobimi
qo‘lga oladi. Chunki uning saroyida yagona suratkash Sanjar elchi
qilib jo ‘natgan Sobir Termiziy edi. Oradan ko‘p o ‘tmay, 1147-yil
VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
251
kuz oylaridan birida, yarim tunda Xorazmshoh Otsiz buyrug‘i bilan
shoir, adib va davlat arbobi Sobir Termiziy ko‘kragiga tosh b o g ia b
Amudaryoga cho‘ktiriladi. Shunday qilib, ulur adib davr va jaholat
qurboni b oiad i.
Sobir Termiziy g ‘oyatda iqtidorli ijodkor, donishmand, aqlli va
serg‘ayrat davlat arbobi edi. U arab va fors tillarida yetuk she’rlar
yozgan. Shoiming shu kungacha aniqlangan ijod durdonalari 6650
baytdan iborat she’riy asarlardir. Adib Sobir lirik janm ing qasida,
g ‘azal tarkiband, qit’a, ruboiy y o ilarid a ijod qilgan. Ulami jamlab
yagona forsiy devon tuzgan. Hozirgacha bu devonning beshta nusxasi
m aiu m . (Adib Termiziy. Saylanma. — Т., G ‘afur G ‘ulom nashriyoti,
1982, 6-bet). Adib Sobir ijodiy yo‘nalishi rango-rangdir. Ular ishq-
muhabbat, ajoyib insoniy fazilatlar, bahor va tabiat vasfi, pand-u
nasihatlardan iborat. Shoir ijodiy laboratoriyasida davr va zamon
illatlarini, zolim, fitnachi, shuhratparast, m ayxo‘r feodallami, munofiq
va johil rahoniylami qalamga olish va fosh etish yetakchi o ‘rinda
turadi. Bu borada shoiming quyidagi o ‘tli satrlari g ‘oyatda ibratlidir:
Umidim yo ‘q zamonda yaxshilikdan,
Umid birla va lekin о ‘tdi umrim,
RaziUardan bo ‘shalsa, yaxshi olam,
Saxiylardan bo ‘shabdur endi bilsam.
Xullas, adib va davlat arbobi Sobir Termiziy o ‘z ijodi bilan
bugungi kunda xalqimizning m a’naviy kamolotini boyitish y o iid a
xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |