Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


 MO*G‘ULLAR  ISTILOSIDAN  KEYINGI  DAVRDAGI



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

7. MO*G‘ULLAR  ISTILOSIDAN  KEYINGI  DAVRDAGI 

SIYOSIY,  IJTIMOIY  VA  IQTISODIY  VAZIYAT

M o‘g ‘ullar  istilosidan  keyingi  Movarounnahr  va  Xorazmdagi 

hayotni  so‘z  bilan  ifodalash  g ‘oyatda  og‘ir.  O ikaning  gullab 

turgan  shahar  va  qishloqlari  bamisoli  kultepaga  aylanadi,  hayot 

izdan  chiqadi,  bir  vaqtlar  aholi  gavjum  bo‘lgan  vohalar  bo‘m-bo'sh 

b o ‘lib  qoladi.  Hali  Chingizxon  hayotligi  chog‘idayoq  o ‘zi  bosib 

olgan  hududlami  farzandlari  o ‘rtasida  taqsimlab  beradi.  T o 'n g ic h  

o ‘g ‘li  Jo‘chiga  Janubiy  Sibir,  Dashti  Qipchoq,  Itil  (Volga)  bo‘yi, 

Shimoliy  Xorazm  va  Darbandgacha  b o ‘lgan  yerlar  tegadi.  Jo‘chi 

vafotidan  so‘ng  bu  yerlar  uning  o ‘g i i   Botuxonga  o ‘tadi.  Ikkinchi 

o ‘g ‘il  Chigatoyxonga  Sharqiy  Turkiston,  Yettisuv,  Movarounnahr, 

Xorazmning  janubiy  (markazi  Qiyot  shahri)  hududlari,  shuningdek, 

Balx,  Badahshon, Kobul, G ‘azna va  Sind daryosigacha b o ‘lgan yerlar 

beriladi.  Uchinchi  o ‘g ‘il  0 ‘qtoyga  Chingizxon  o ‘zining  kindik  qoni 

tomgan  vatani  M o‘g ‘ulistonni  va  Xitoyni  hadya  qiladi.  Kenja  o ‘g ‘li 

Tuluga  esa  Xuroson  bilan  Eron  tegadi.  Chingizxon  lashkarlami  ham 

farzandlari  o ‘rtasida taqsimlab  beradi.  Ana shu tariqa m o‘g ‘ullar zabt 

etgan  bepoyon  hududlami  uluslarga  b o iib ,  udel  asosida  boshqara 

boshlaydilar.  Uluslar  markaziy  davlatga  —   xonlar  xoni  —   «qoon» 

yoki  «xoqon»ga  bo‘ysunar  edi.  Uluslar  hokimi  esa  «xon»  deb 

atalgan.  Chingizxon  vafotidan  so‘ng  xonlar  xoni  —   xon  0 ‘qtoy 

bo igan.  Ulug‘  xoqonning poytaxti Qoraqurum shahri edi.

Movarounnahr  va  Xorazmning  janubiy  hududlari  Chig‘atoy 

ulusiga  qarashli  b o iib ,  XIV  asming  40-yillariga  qadar  mavjud 

edi.  Ulus  poytaxti  Beshbaliq  shahri  b o ig an .  M o‘g ‘ullar  madaniy 

taraqqiyotda oikam izning yerli xalqlariga nisbatan juda qoloq edidar. 

Ulaming bunday bepoyon va katta hududdagi mamlakatni boshqarish 

tajribalari  yo‘q  edi.  Shu  bois  m o‘g ‘ullar  mahalliy  xalqlaming 

zodagon  vakillari  xizmatidan  foydalanishga  majbur  edilar.  Ana



V III bob.  M ovarounnahr va X orazm  m o‘g‘ullar bosqini davrida

325


shunday  zodagonlardan  biri  bo‘lgan  xorazmlik  savdogar  Mahmud 

Yalavochga  Movarounnahmi  bevosita  idora  qilish  topshirilgan.  U 

o ‘ziga poytaxt qilib X o‘jand shahrini tanlagan.

M o‘g ‘ullar  Mahmud  Yalavoch  boshchiligida  o ‘lkadagi  xalqlar- 

dan  turli  xildagi  soliqlami  undirar  edilar.  «Kalon»  deb  ataluvchi 

soliq  dehdonlardan  olinadigan  asosiy  soliq  edi  va  u  hosilning  1/10 

qismini  tashkil  etgan.  Chorvadorlardan  «Qopchur»  solig‘i  olingan. 

Bu  soliq  turining  miqdori  har  yuz  bosh  qora  moldan  birga  teng  edi. 

Bundan  tashqari,  «Yaso»  qonuni  bo‘yicha  aholidan  davlat  foydasiga 

«Shulsi»  deb  atalgan  soliq  undirilgan.  «Shulsi»ning  miqdori  har 

bir  podadan  ikki  yashar  qo‘y  va  qimiz  uchun  har  ming  otdan  bir 

biyani  tashkil  etgan.  Bular  ham  yetmaganday  mamlakatdagi  savdo 

yo‘llarida joylashgan  bekat  —   «Yom»  (jom)laming  xarajatlari  ham 

aholi  gardaniga  qo‘yilgan.  Ulaming  miqdori  shu  darajada  ko‘payib 

ketar  ediki,  ba’zi  hollarda  har  bir  «yom»  uchun  20  ot-ulov,  so‘yish 

uchun  qo‘ylar,  sog‘ish  uchun  sog‘uvchisi  bilan  biyalar,  aravalar 

va  boshqa  sarf-xarajatlar  ajratilgan.  Yuqorida  sanab  o ‘tilgan  oliq- 

soliqlardan  tashqari  xalq  ommasi  yana  mahalliy  to ‘ralaming  zulm 

va  sitamlaridan ham  azob  va zahmat chekadilar.  Ana shu tariqa aholi 

m o‘gullar bosqinidan  so‘ng  ikkiyoqlama  zulm  iskanjasida  qiynaladi. 

Bosqinchi  m o‘g ‘ullaming  va  mahalliy  zodagonlaming  zulm  va 

sitamlariga qarshi  xalq bir necha bor kurashga ko‘tariladi.  1238-yilda 

Buxoroga  yaqin  Torob  qishlog‘ida  ko‘tarilgan  xalq  qo‘zg‘oloni  ana 

shunday  qo‘zg‘olonlardan  biridir.  Bu  qo‘zg‘olon  tez  orada  Buxoro 

va  uning  atroflaridagi  qishloqlarga  yoyiladi.  Unda  mehnatkash 

dehqonlardan  tashqari  hunarmand  va  kosiblar  ham  qatnashadilar. 

Qo‘zg‘olonga  Torob  qishloqlik  g ‘alvir  ustasi,  hunarmand  Mahmud 

boshchilik  qiladi.  U  m o‘g ‘ullarga  qarshi  ozodlik,  erk  uchun, 

mahalliy  zodagonlar  va  boylarga  qarshi  adolat  va  haqiqat  uchun 

kurash  bayroqdori  sifatida  ona  tariximizga  kiradi.  Mahmud  Torobiy 

qo‘zg‘olonini  m o‘g ‘ullardan  norozi  b o ‘lgan  Buxoro  mhoniylarining 

boshlig‘i  Shamsiddin  Mahbubiy  ham  qo‘llab-quvvatlaydi  va 

qo‘zg‘olonchilarga qo‘shiladi.  Q o‘zg‘olonchilar m o‘g ‘ul lashkarlarini 

Buxoro  ostonalarida  tor-mor  keltiradilar.  M ag‘lubiyatga  uchragan 

m o‘g ‘ullar  Karmanaga  chekinadilar  va  X o‘janddan  Mahmud 

Yalavoch yordamini kutadilar.  Qo‘zg‘olonchilar safi kengayib boradi. 

Karmana  ostonalarida  qo‘zg‘olonchilar  bilan  m o‘g ‘ullar  o ‘rtasida 

qattiq  va  shiddatli  jang  bo‘ladi.  Bu  jangda  m o‘g ‘ullardan  10  ming 

kishi  o ‘ldiriladi.  Ammo  qo‘zg‘olonchilaming  rahbari  Mahmud



326

V A TA N   T A R IX I

Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham jangda halok bo‘ladilar.  Bu 

qo‘zg‘olon  istiqboli  uchun katta y o ‘qotish  edi.  Mahmud  Torobiyning 

ukalari  Muhammad  va  Ali  qo‘zg‘olonga  rahbarlikni  o ‘z  qo‘llariga 

olgan  boisalar-da,  ular yoshlik  va  tajribasizlik  qiladilar.  X o‘janddan 

yetib  kelgan  Mahmud  Yalavoch  qo‘zg ‘olonni  shafqatsizlik  bilan 

bostiradi  va  uning  qatnashchilaridan  ayovsiz  o ‘ch  oladi.  Q o‘zg‘olon 

ishtirokchilaridan  20  ming  kishi  qirib  tashlanadi.  Buxoro  va  uning 

atroflarida  yana  m o‘g ‘ullaming  Chig‘atoy  ulusi  hukmronligi 

tiklanadi.  Ammo  qo‘zg‘olon  xalq  ommasining  kelgindi  bosqinchilar 

zulmidan  sabr  kosasi  toiib-toshganligini  ko‘rsatadi.  Bu  qo‘zg‘olon 

xalq  ommasining  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  hamjihatlik  bilan 

kurashga  otlansa,  m o ^ u lla m i  Vatan  tuprog‘idan  haydab  chiqarib, 

o ‘z  ozodligi  va  mustaqilligini  q o ig a   kiritishi  mumkin  ekanligini 

aniq-ravshan namoyon  etadi.

Mahmud 

Torobiy 


qo‘zg ‘oloni 

bahonasi 

bilan 

markaziy 



hokimiyatdan  C hig‘atoy —  Movarounnahr hukmdori  Mahmud  Yala­

voch  chetlashtiriladi.  Unga  qo‘zg‘olonni  bostirishda  sustkashlik 

qilganligi  aybi  qo‘yiladi.  Yalavochning  o ‘miga  uning  o ‘g ‘li  M as’ud- 

bek  1289-yilgacha  Movarounnahrda  hukmronlik  qiladi.  Mahmud 

Yalavoch ulug‘  qoon 0 ‘qtoy huzuriga yetib borgach,  u Dasin (Pekin) 

shahriga  hokim  qilib  tayinlanadi  va  1250-yilgacha,  y a’ni  vafotiga 

qadar shu lavozimda turadi.

Shu  narsa alohida e ’tiborga  loyiqki,  m o‘g ‘ullar Movarounnahrda 

qariyb  bir  yarim  asr  mobaynida  hukmronlik  qilgan  bo isalar,  shu 

davr  mobaynida  biror  muddat  bo isa-da,  tinchlik  osoyishtalik  va 

barqarorlik  b o ig a n   emas.  Chingizxon  nasli  namoyandalari,  shuning- 

dek,  boshqa  m o‘g ‘ul  qabila  va  urug  zodagonlari  markaziy  va  udel 

hokimiyatlari  uchun  talashib,  boylik,  yer,  davlat  hirsi  havasi  bilan 

bir-birlariga  qarshi  ayovsiz  va  shafqatsiz  kurash  olib  bordilar.  Bu 

kurash  va  tarafkashliklaming  azobini  esa  oddiy  mehnatkash  xalq 

tortdi.


Saltanat  birligini  buzishga  qaratilgan  harakatlaming  dastlabki 

ko‘rinishlari  hali  Chingizxon  hayotligi  ch o g id a  ko‘zga  tashlangan 

edi.  0 ‘shanda  Chingizxon  o ‘z  o ‘g i i   Jo ‘chidan  shu  darajada  qattiq 

gazablangan  ediki,  ota-bola  o ‘rtasida  qonli  to ‘qnashuv  b o iish ig a  oz 

fursat  qolgan  edi.  Faqat  Jo‘chining  bevaqt o iim i  tufayli bu  dahshatli 

hodisa  ro ‘y  bermaydi.  Jo ‘chi  vafot  etgach,  uning  o ‘g ‘li  Botuxon 

bilan  0 ‘qtoyning  o ‘g i i   Quyuqxon  o ‘rtasida  kurash  keskinlashadi. 

T o‘satdan  Quyuqxon  dunyoni  tark  etadi  (1249)  va  yana  ikki  o ‘rtada 

urush boim aydi.



V III bob.  M ovarounnahr va X orazm  m o‘g‘ullar bosqini davrida

327


Xullas,  1251-yilda  Qoraqurumda  chaqirilgan  qurultoy  chin- 

giziylar  o ‘rtasidagi  ziddiyatlami  biryoqlik  qilishi  kerak  edi.  Unda 

Chig‘atoy  va  0 ‘qtoy  avlodlari  fitna  uyushtirishda  ayblanib  qo‘lga 

olinadilar.  Qurultoydan  so‘ng  ulaming  qarindosh-urug‘laridan  77 

amir  qatl  etiladi.  Qumltoyda  Botuxon  va  uning  ukasi  Berkaxonning 

qo‘llab-quwatlashi  natijasida  Tuluxonning  bosh  farzandi  Munqa 

ulug‘  xoqon  (1251-1259)  etib  saylanadi.  Munqa  davrida  Chig‘atoy 

ulusi  tugatiladi.  Ulus  yerlari  Munqa  va  Botuxon  o ‘rtasida  o ‘zaro 

taqsimlanadi.  Faqat  Chigatoyning  nabirasi  01g‘uxon  Oltin  0 ‘rdaga 

qarshi  keskin  choralar  ко‘rib,  60-yillarda  Chig‘atoy  ulusini  qaytadan 

tiklashga muvaffaq bo‘ladi.

Yuqoridagi 

voqealar  shuni 

ko‘rsatadiki, 

buyuk 

m o‘g ‘ul 



davlati  faqat  nomigagina  bor  edi,  xolos.  Amalda  esa  har  bir  ulus 

o ‘zicha  mustaqil  bir  xonlik,  davlat  edi  va  ular  bir-birlariga  nisbatan 

zimdan  ish  tutardi.  Qulay  bir  fursat  keldi  deguncha  ular  bir- 

birlariga  urushlar  e ’lon  qilar,  bir-birlarining  mol-mulklarini  talar 

edilar.  Jumladan,  1272-yilda  Eron  taxtini  boshqargan  Tuluxonning 

ukasi  Haloquxonning  lashkarlari  Oqbek  boshchiligida  Chig‘atoy 

ulusi  bo‘lmish  Movarounnahrga  bostirib  kirib,  Naxshob  va  Kesh 

shaharlarini  talab,  vayron  qiladilar.  1273-yilda  bunday  ko‘rgulik 

Buxoroning boshiga ham tushadi.  Shahar talanadi  va vayron  qilinadi. 

«M as’udiya  madrasasi»  va  nufuzli  kutubxona  yondiriladi.  01g‘uxon 

tomonidan  yuborilgan  uning  Cho‘loy  va  Qopon  ismli  o‘g ‘illari 

Buxoroga  yordam  berish  o ‘miga  shahami  talash  va  qirg‘in  qilish 

bilan  shug‘ullanadilar.  Natijada  Buxoro  shahri  bir  necha  yillar 

mobaynida bamisoli jonsiz qo‘rg‘onga aylanib qoladi.

XIII 

asming  ikkinchi  yarmidan  e ’tiboran  Chig‘atoy  m o‘g ‘ul- 



larining  m a’lum  bir  qismi:  ilg‘or  zodagonlar,  savdogarlar  va 

boshqalar  madaniy  jihatdan  o ‘zlariga  qaraganda  ancha  rivoj  topgan 

mahalliy  xalq  ta ’sirida  o ‘troq  hayot  kechirishning  afzalligini 

tushuna  boshlaydilar.  Bunda  albatta  mahalliy  hukmdorlar  b a’zi  bir 

vakillarining  olib  borgan  tadbirkorlik  siyosati  ham  m a’lum  darajada 

ijobiy  o ‘rin  tutgan.  Bu  borada  Chig‘atoy  ulusining  vakillaridan 

Qayduxon  va  mahalliy  hukmdorlardan  M as’udbeklaming  nomlarini 

tilga  olish  joizdir.  Tolos  vodiysida  Chig‘atoy  ulusining  xoni 

bo ‘lgan  Qaydu  1269-yilda  m o‘g ‘ul  shahzodalari  va  no‘yonlarining 

qumltoyini  chaqiradi.  Unda  qumltoy  qatnashchilari  «bundan  keyin 

tog‘  va  cho‘llarda  yashashga,  shahar  atroflarida  manzil  qurmaslikka, 

chorva  mollarini  ekinzorlarda  o ‘tlatmaslikka  va  bekordan  bekorg - 

jarim a va soliqlar olmaslikka» qaror qiladilar.



328

V A TA N   T A R IX I

Movarounnahr  hukmdori  M as’udbek  esa  shaharlaming  ichki 

hayotini  yaxshilashga  katta  e ’tibor  beradi,  tovar-pul  munosabatlarini 

tiklash  maqsadida  pul  islohoti  o ‘tkazadi.  U  o ‘lkaning  16  shahar  va 

viloyatlarida, jumladan,  Samarqand,  Buxoro,  Naxshob,  Taroz,  0 ‘tror, 

X o‘jand  va  boshqa  shaharlarda  bir  xil  vazn  va  o ‘lchovlarda  yuqori 

qiymatga  ega  bo‘lgan  sof kumush  tangalar  zarb  ettirib,  muomalaga 

kiritgan.  Bu  ko‘rilgan  tadbirlar  natijasida  sekin-astalik  bilan  hayot 

jonlana  boradi,  hunarmandchilik,  savdo  va  dehqonchilik  yana  izga 

tusha boshlaydi.  Yozma manbalarga qaraganda,  Chig‘atoy xonlaridan 

bo‘lgan  Duvoxon  davri  (1291  1306)da  Andijon  shahriga  asos 

solingan.  Chig‘atoy  avlodlari  o ‘troq  madaniy  hayotga  intilib,  o ‘zlari 

ham  har  tomonlama  taraqqiy  etadilar  va  asta-sekin  mahalliy  xalqlar 

bilan  chatishib,  qo‘shilib,  qorishib  ketadilar.  Ular  o ‘z hokimiyatlarini 

mustahkamlash 

maqsadida 

islom 


dinidan 

foydalanadilar 

va 

uning  keng  tarqalishiga  yordam  beradilar.  Chig‘atoyning  nabirasi 



Muborakshoh (1264)  m o‘g ‘ul  hukmdorlaridan birinchi b o ‘lib  islomni 

qabul  qilgan.

0 ‘troq  hayot  tarzini  afzal  k o ‘rgan  va  islom  diniga  xayrixoh 

bo‘lgan  Chig‘atoy  ulusi  xonlaridan  biri  Kepakxon  (dastlab  1309; 

ikkinchi  bor  1318-1326)  edi.  U  Tuvaxonning  o ‘g ‘li  b o ‘lib,  qadimgi 

N asaf  shahridan  janubroqda  o ‘ziga  saroy  qurdiradi,  bu  joy  Qarshi 

nomi  bilan  tarixga  kiradi  va  Kepakxon  davlatining  poytaxti  bo‘ladi. 

Poyon  Ravshanovning  fikricha,  Qarshi  sarhadi  kengayib,  shu 

yillarda  Naxshob  va  N asaf  ham  uning  tarkibiga  kirib,  qo‘shilib 

ketadi.  «Qarshi»  so‘zining  m a’nosi  to ‘g ‘risida  adabiyotlarda  har  xil 

talqinlar bor.  «Saroy» m o‘g ‘ul tilida «qarshi» (A.R.Muhammadjonov, 

« 0 ‘zbekiston  tarixi»,  174-bet.)  deb  ataladi.  «Qutadg‘u  bilig»  dosto- 

nida  «qarshi»,  so‘zi  ikki  xil  m a’noda  talqin  etiladi.  Biri  —   «saroy», 

ikkinchisi —  «qarama-qarshi  turish»  m a’nosi  (636-bet)da,  Zahiriddin 

Muhammad Bobur esa «Bobumoma»da: «Yana Qarshi viloyatidirkim, 

N asaf va  Naxshob  ham  derlar.  Qarshi  m o‘g ‘ulcha  ottur,  go‘rxonani 

m o‘g ‘ul  tili  bila  qarshi  derlar.  G ‘olibo  bu  ot  Chingizxon  tasallutidin 

so‘ng bo‘lg‘ondur»  (Т.:  1960,  108-bet),  deb yozadi.

Qashqadaryo 

vohasi 


toponimikasini 

atroflicha 

o ‘rgangan 

tilshunos  olim  T o‘ra  Nafasov  ham  «qarshi»  so‘zining  m a’nosini 

chuqur  o ‘rgangandan  so‘ng  uning  qadimgi  turk  so‘zi  bo‘lib,  shahar 

nomi  sifatida  «qasr»,  «saroy»  m a’nosida1 ekanligini  qayd etadi.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish