308
VA TA N T A R IX I
davlatni halokatdan qutqarish choralari to ‘g ‘risida maslahatlashadi.
Tajribali va tadbirkor jangchilar hozir Movarounnahmi himoya qilish
payti emasligini aytib, Xuroson va Iroqni himoya qilishga asosiy
diqqatni qaratish lozimligini maslahat beradilar. Boshqa birlari esa
qo‘shinni G ‘aznada to ‘plab, shu yerda dushmanga qarshi jang qilish va
agar zaruriyat b o iib qolsa, Hindistonda yashirinishni taklif qiladilar.
Iroqlik bir vazir esa Iroqi Ajam yurtiga chekinishni maqsadga muvofiq
deb m a’qullatadi. Xorazmshoh Muhammadga so‘nggi taklif m a’qul
tushadi va u Iroqqa yurishga qaror qiladi. Xorazmshohning katta
o ‘g ‘li Jaloliddin Manguberdi otasi bilan birga edi. U kuchlami to‘plab
Jayhunni himoya qilishni maslahat beradi. Biroq Muhammad Iroq
tomon chekinishga qat’iy qaror qilgach, Jaloliddin otasining qarorini
inkor etib, bunday dedi: «Agar Sulton Iroqqa ketadigan b o isa ,
lashkarlarini menga qoldirsin. Men esa Jayhun daryosi bo‘yida turgum.
Daryoning u tomonini (m o‘g ‘ullar) egallaydigan b o isa , bu tomonga
o ‘tkazmagayman, m o n e iik qilurmen. Eng to ‘g ‘ri y o i shul. ...Ketib
Jayhun tomonga chodir tikaman, dushmanlar joniga qasd qilurmen.
Bu sipoh bilan u yerga borib yetsam, daryoning u tomoniga g ‘anim
bormagay. Ammo bizdan senga ziyon-zahmat yetgudek b o isa ,
xalq bizga ta’na gap aytmaydi»1. Ammo bu iltimoslar Xorazmshoh
q u lo g ig a kirgan ham emas. U o ‘z bilganidan qolmaydi. Xorazmshoh
Muhammad Buxoro va Samarqandning q o id a n ketganligini Balxda
eshitadi. Uni battar vahima bosadi. Xorazmshohning qo‘shinlari
asosan turk va turkmanlardan tashkil topgan, boshliqlari Turkon
xotunning odamlaridan iborat edi. Ular o ‘z sultonlariga qarshi
suiqasd uyushtiradilar. Buni sezib qolgan Muhammad kechasi joyini
o ‘zgartirib boshqa chodirga kirib yotadi. Ertalab turib qarasa, u
yotishi kerak b o ig a n chodir o ‘qlar bilan ilma-teshik qilib tashlangan.
Dahshatga tushgan Xorazmshoh shoshilinch suratda Nishopur sari
otlanadi. U yerda ko‘p vaqt o ‘tmasdan ov qilishni bahona qilib Iroqqa
jo ‘naydi. Xorazmshoh Muhammadni ta ’qib qilib kelayotgan Jebe
va Subutoy Termiz yonida k o ‘priksiz va kemasiz Jayhun daryosini
kechib o ‘tadilar va tezda Balx orqali 24-mayda Nishopurga yetib
keladilar. Xorazmshoh Nishopurdan Qazvin shahriga o ‘tadi. Bu yerda
30 ming lashkar to ‘plangan b oiish ig a qaramay m o‘g ‘ullarga qarshi
turishga Jur’at qila olmaydi. Bu yerdan u B ag‘dod, G ilo n va Kaspiy
dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab Mozandaronga yuradi. Xorazmshoh bu
shaharda turib Mozandaron viloyatining savdo-sotiq shahri Astrobod
'М и р ю Улугбек.
Турт улус тарихи, 136-137-бетлар.
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o'g'ullar bosqini davrida
309
va asosiy shaharlardan b o ig a n Amoyni m o‘g ‘ullar bosib olgani va
talon-taroj qilganligidan xabar topadi. Chorasiz qolgan va baxtiqaro
Xorazmshoh Muhammad viloyat amirlari maslahatiga k o ‘ra Kaspiy
dengizining Ashura oroliga borib yashirinadi va u shu yerda 1221-yil
fevralda vafot etadi. Mirzo Ulug‘bekiing yozishicha, Xorazmshoh
Muhammad xor-u zorlikda o ig a n : «Qancha urinishmasin kafan topa
olmadilar. Sulton Muhammad Xorazmshohni o ‘zining kiyib yurgan
kiyimida dafn qildilar»1.
Yozma manbalaming guvohlik berishicha, Xorazmshoh o iim i
oldidan Xorazm saltanatini faqat sulton Jaloliddin saqlab qola
olishiga nihoyat ko‘zi yetadi, uning beliga qilich taqib, Jaloliddinni
taxt vorisi va valiahd deb e ’lon qiladi. Qolgan farzandlariga
Jaloliddin
izmidan
chiqmaslikni
vasiyat
qiladi.
Muhammad
Xorazmshohdan Jaloliddindan tashqari yana Qutbiddin, 0 ‘zloqshoh,
G iyosiddin, Pirshoh, Oqshoh, Rukiddin, Gursanjti, Kyumohishoh,
Xurshoh va birgina qiz Xon Sulton qolgan edi. Ulaming har birini
taqdir o ‘yini turli k o ‘chalarda o ‘z y o iig a solib o ‘ynatadi. Bu davrda
m o‘g ‘ullaming Jo‘chi boshchiligidagi qismlari o ‘zlarining g ‘olibona
yurishlarini davom ettirib, Sirdaryo etaklaridagi shaharlami birin-
ketin egallay boshlaydilar. Dastlab Sig‘noq yetti kunlik jangdan
keyin, so‘ngra 0 ‘zgan dushmanga taslim b o iad i. Samarqand 1220-
yil martda taslim boigandan so‘ng bir oy o ‘tgach, Jand shahriga
hujum boshlaydi. Jand hokimi qo‘rqib, vahimaga tushib, shahami
egasiz qoldiradi va Xorazm tomon qochib ketadi. 0 ‘z holiga qolgan
shahar m o‘g ‘ullar tomonidan egallanib, uning aholisi q irg in qilingan
va talangan shahar vayronaga aylantirilgan. Bu harakatlar natijasida
m o‘g ‘ullar Movarounnahming g ‘arbiy qismini, Jayhun va Sayhun
daryolari adoqlarida istiqomat qiluvchi aholidan Xorazm va uning
harbiy kuchlarini ajratib qo‘yadilar.
M o‘g ‘ullaming besh ming kishilik qo‘shindan iborat yana bir
guruhi 01oqno‘yon, Suketu Cherbi va Tug‘ay kabi sarkardalari
boshchiligida Sayhun b o ‘yida joylashgan Binokat va X o‘jand
shaharlari ustiga yurish boshlaydi. Q an g ii qabilalaridan tashkil
topgan qo‘shin bilan Binokat amiri Elatxumalik m o‘g‘ullarga
qarshi to ‘rt kun jang qilgach, dushman shahami egallab yondiradi,
aholisini q irg in qiladi va boyliklarini talaydi. Navbat X o‘jandga
kelgandi. Asli nasabi turkiy b o ig a n X o‘jand shahri hokimi, jasur
sarkarda Temur Malik boshchiligida xo‘jandliklaming m o‘g ‘ullar
1
Do'stlaringiz bilan baham: