Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
ko‘zlariga yosh quyulib kelardi. 
Yaqindagina og‘ir xastalikdan turgan o‘n olti yoshlik o‘g‘lining bunchalik ezilib 
qiynalishlari Qutlug‘ Nigor xonimni iztirobga soldi. 
— Boburjon, bolam, shukurki, sog‘-salomat ko‘rishdik! Xayriyat, tuzalib ketibsiz. 
— Baraks, tuzalmay turganim ma’qul edi! Samarqandni tashlab chiqmas edik! 
Bunday og‘ir kayfiyat bilan yolg‘iz o‘g‘li yana uzlikib yotib qolishi mumkin. Xavotirlangan 
ona Boburga taskin beradigan, uning ko‘nglini ko‘taradigan chora izlay boshladi. 
Shunda qizi Xonzoda begim yordamga keldi: 
— Onajon, amirzodamni mamnun qiladigan noyob bir sovg‘amiz bor edi-ku! 
— Qaysi sovg‘a? 
— Shaxnishinning orqasidan topilgan maxfiy sandiq-chi? 
— Ha, aytmoqchi! — Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga yuzlanib, ovozini sirli tarzda pasaytirdi: 
— Boburjon, sizga atalgan buyuk bir meros topildi. Yuring, ko‘rsatay! 
Qutlug‘ Nigor xonim Boburni va qizini o‘zi joylashgan narigi tomondagi xonaga boshladi. 
Bobur onasi bilan yonma-yon borar ekan, uning bo‘yi shu o‘n oy ichida xiyla o‘sganini, 
Bobur tez ulg‘ayib o‘n olti yoshida devqomat, pahlavon yigit bo‘layotganini sezgan 
Qutlug‘ Nigor xonim ichida yaratganga yana bir shukrona aytib qo‘ydi. Ayvoni 
Sirdaryoga qaragan bahavo, keng xonaga kirdilar. Gilamlar, beqasam ko‘rpachalar 
to‘shalgan xonaning to‘rida silliq charm qoplangan sandiq ko‘rindi. Uchovlari shu 
sandiqqa yaqinlashganlarida Qutlug‘ Nigor xonim Boburga qarab dedi: 
— Esingizdami, otangiz sizga «Bobakalonimiz Amir Temurdan qolgan noyob meros bor, 
asrab-avaylab yuribmen, katta bo‘lganingizda berurmen» der edilar? 
— Ha, otam bizga sohibqiron bobomiz haqida ko‘p g‘aroyib hikoyalar ham aytib 
berganlar. 
— Bobokalonlariga ixloslari zo‘r edi-da. Vafotlaridan keyin o‘shal merosni Axsidan 
izladim, topolmadim. O‘tgan hafta Andijonda ko‘ch yig‘ishtirgan paytimizda xonayi 
xosning devoriga osilgan turkman gilamini olsak, usti shuvalgan tuynukning izi ko‘rindi... 
Tuynuk orqasidagi maxfiy joyga mana shu sandiq berkitilgan ekan!.. 
Qutlug‘ Nigor xonim namoz o‘qigan paytidagi kabi ezgu bir tovush bilan sekin: 
— Bismillohir rohmanir rohiym! — dedi-da sandiqni ochdi. Undan nafis ipak matoga 
o‘ralgan oltin sopli qilichni ikki qo‘llab olib, o‘g‘liga ko‘rsatdi: 
— Sohibqiron Amir Temurning qilichlari! 
Bobur quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini katta-katta ochib qilichga tikildi: 
— Rostdanmi, a? 
— Yozuvlari bor! Oling, bolam, o‘qib ko‘ring! 
Qilichning qini yengil bir ma’dan qotishmasidan quyma qilib yasalgan, ustidan oltin suvi 
yugurtirilgan edi. Qinning yuz tomoniga ikkita yirik yashil zumrad toshi qadalgan, 
ularning oralig‘ida chiroyli xattotlik harflari bilan bitilgan arabcha yozuv bor edi. 
Bobur qilichni onasining qo‘lidan ikki qo‘llab oldida, yozuvini ko‘zlariga yaqin keltirib 
o‘qidi: 
«Bizkim, maliki Turon, podshohi Turkiston Amir Temur Ko‘ragon farzandimiz Mironshoh 
Mirzoga To‘xtamish bilan muhoribada ko‘rsatgan jasorati uchun o‘z qilichlarimizdan birini 
in’om etdik». 
Bobur bu qilich dastasiga Amir Temurning qo‘li tekkanini, balki Sohibqiron uni janglarda 
ishga solganini ko‘z oldiga keltirib hayajonlanib ketdi. To‘xtamishxon va boshqa 
chingiziylar bilan qilingan dahshatli janglar xayolida gavdalandi. 
— Qilichning o‘zida ham bitik bor, — dedi past tovush bilan Xonzoda begim. 
Bobur qilichning oltin sopidan sekin tortib, uni bir qarichcha qinidan chiqardi. Shun-da 
olmosday yaltiragan qisqa bir yozuv ko‘ziga jilvalanib ko‘rindi. Amir Temurning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish