Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
boshlagan bo‘lsa kerak. Aks holda, No‘yon borgan zahoti tikib ulgurmas edi. Demak, u 
Boburning najot keltirishiga ishongan! 
— Amirzodam, qo‘lingizdagi gavharlarning tarixini eshiting, — deb davom etdi No‘yon. — 
Bular Sulton Ahmad mirzoning sallalariga qadalgan asl gavharlardan ekan. Uning 
mungliqlari tilak bildirdilarki, Sulton Ahmad mirzoning shu gavharlari siz bilan birga yana 
Samarqand taxtiga chiqsinu, sizning aziz boshingizda yuz yil bezavol porlab tursin! 
Sulton Ahmad mirzo tilga olinganda Boburning ko‘ngli bir xira tortdi. Ammo uning 
qo‘lidagi gavharlar shunday musaffo tovlanar ediki, ularda porlagan go‘zal nur 
qallig‘ining ko‘zlaridan nishona berib turganga o‘xshardi. 
— Mayli, mungliqlar tilagandek bo‘lsin! — dedi Bobur No‘yonga. 
So‘ng sekin qarsak chalib, dastorpechni chaqirtirdi. 
Dastorpech bu gavharlarni Boburning tantanali marosimlarda o‘raydigan sallasiga qadab 
qo‘ydi. 
Shu oqshom Bobur g‘oyibona mehr qo‘ygan qallig‘ini ko‘rgisi kelib, g‘azal yoza boshladi: 
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldan eshitgaymen 
Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dil xasta yetgaymen? 
___________ 
* S u b h o n i o‘ r i k — danagi o‘rniga mag‘iz solingan o‘rik. 
* L a v z i n a — bodom qo‘shib ishlangan shirinlik. 
* O sh l i q — bu yerda don, un ma’nosida.
2 
Qish chillasi avjida. Izg‘irinli yellar esadi. Qo‘l-oyoqlariga kishan solingan, kiyimlari yirtiq 
mahbuslar Samarqandning Registon maydonida sovuqdan qaltirab, shahar qozisining 
hukmini tinglaydilar. 
Ishonchli amaldorlarning aniqlashlariga qaraganda, bular Bobur mirzoga xiyonat 
qilganlar — qamal paytida unga maxfiy odam yuborib, «kechasi kelinglar, darvozani 
ochib berurmiz», deganlar. Boburning bir dasta botir navkarlari G‘ori Oshiqon oldidan 
qal’aga oshib o‘tganda, xiyonatchilar ularni dushmanlariga tutib berganlar. 
— Biz emas! Tutib berganlar qochib ketmishlar! — yig‘lamsirab qichqirdi mahbuslardan 
biri. 
Ammo uning so‘ziga hech kim e’tibor bermadi. Farmoni oliyga binoan jallod ularning 
qo‘llarini or-qalariga bog‘lab, maxsus chuqur oldiga cho‘kkalatib qo‘ydi-da, bo‘g‘izlariga 
xanjar tortdi. Qatl etilganlarning issiq qoni maydonning toshlariga sachrab, sovuqda 
hovur chiqarib bug‘lanar edi.
Kechasi bo‘ralab yoqqan qor buning hammasini bekitib, borliqni oppoq qilib ketdi. Ertasi 
kuni tushdan havo yumshab, gumbazlarning qorlari erib tusha boshladi. 
Peshin namozidan keyin Bobur mirzo otlanib Samarqand rastalarini aylanishga chiqdi. 
Yonida eshik og‘a Qosimbek, Ahmad Tanbal va Xonquli degan yana bir bek orqaroqda 
navkarlar bilan kelishmoqda. Shaharning qayerida nima borligini yaxshi biladigan sa-
marqandlik keksa shoir Javhariy ularga yo‘l ko‘rsatib, oldinda boryapti.
Ulug‘bek qurdirgan ulkan gumbazli xonaqodan o‘tganlaridan keyin Javhariy kunchiqish 
tomondagi ko‘chani ko‘rsatdi. 
— Amir Alisher Samarqandga kelganlarida mana shu ko‘chadan ko‘p o‘tar edilar. Mazkur 
ko‘chaning oxirida Alisherbekning ustozlari faqih Abdullays istiqomat qilur edi. Uylari hali 
ham bor. 
— Siz Mir Alisherning suhbatlarida bo‘lganmisiz? — so‘radi Bobur. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish