Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
bir lahza havoda muallaq bo‘lib qoldi, keyin pastga tushib ketdi. Oyoqlari yerga «tap» 
etib urildi. Ammo u qo‘llarini egardan bo‘shatmadi — bo‘shatsa yomon yiqilishini sezib
jon-jahdi bilan yopishdi. Bilaklari chindan ham kuchli ekan, shunday og‘irlikka bardosh 
berdi. Faqat navkar otini to‘xtatib olguncha Boburning oyoqlari yerni tirnab sudralib 
bordi-yu, bejirim ipak sallasi boshidan uchib ketdi. 
No‘yon Ko‘kaldosh yordamga yetib kelganda Bobur o‘zini o‘nglab oyoqda turar, biroq 
rangi juda oqarib ketgan edi. No‘yon otdan sakrab tushdi va Boburga sallasini olib 
bermoqchi bo‘ldi. Ammo Bobur tuproqqa tushgan sallaga qaragisi ham kelmadi. Qamchi 
hamon tishida edi, uni qo‘liga oldi, navkar yetaklab kelgan bo‘z otga indamay mindi. 
So‘ng otiga qamchi bosib, chorbog‘ daraxtlari orasidan ot choptirib ketdi. 
No‘yon uning ketidan vahima bilan tikilganicha qoldi. Hammayoq dov-daraxt, ariq. 
Otliqlar yuradigan katta yo‘l chorbog‘ning narigi chetidan o‘tadi. Bobur esa to‘g‘riga 
ketgan tor so‘qmoqdan, qalin daraxtlar orasidan yelday uchib boryapti! Ot ariqdan 
sakrab o‘tayotganda Boburning boshi ariq bo‘yida o‘sgan o‘rikning katta bir shoxiga 
uriladigan edi. Ammo u otning bo‘ynini quchoqlab, pastga shunday egildiki, o‘rik 
novdalari orqasini ishqalab o‘tdi. Pishgan o‘riklardan bir qanchasi uzilib, ariqdagi suvga 
«cho‘lp-cho‘lp» etib tushdi. 
— Sen nega otni mahkam tutmading, avbosh! — deb No‘yon navkarni so‘kdi. — 
Hammamiz amirzodaning qahriga qoldik! Bizdan xafa bo‘lib ketdilar! 
Bobur bog‘ to‘ridagi muhtasham ko‘shk oldiga borib, otini to‘xtatdi. Xizmatkorlaridan biri 
shoshilib kelib otning jilovidan olar ekan, Boburning yolg‘iz va bosh yalang qaytganidan 
taajjubga tushdi. Ko‘shkda Boburning buvisi Eson Davlat begim uni kutib o‘tirgan bo‘lsa 
kerak. Agar hozir u Boburning qay ahvolda qaytganini ko‘rsa-yu, nimalar bo‘lganini 
bilsa, mulozimlar ham, navkarlar ham jazo olishi aniq. Chunki podshoh hazratlari 
Boburni ko‘z qorachig‘iday asrashni Eson Davlat begimga topshirib, chorbog‘ va qasrni 
hamma xizmatkorlari bilan uning ixtiyoriga berib qo‘ygan. 
Mulozim va navkarlar qo‘rqa-pisa ko‘shkka yaqinlashayotganlarida marmar hovuzdan 
beridagi behi shoxiga qantarib qo‘yilgan bo‘z otga ko‘zlari tushdi. Bobur hovuz bo‘yidagi 
tillakori shiyponga kirganini sezishib, shu yerda sekin otdan tushdilar. No‘yon Ko‘kaldosh 
Boburning sallasini changdan tozalab, qo‘lida avaylab olib kelmoqda edi. Shu payt 
shiypon ichidan boshiga bo‘rk kiygan Bobur chiqdi. Oti hurkkan navkar o‘zini Boburning 
oyog‘i tagiga tashlab, uzr so‘rashga chog‘landi. 
No‘yon Ko‘kaldosh sallani nodir sovg‘aga o‘xshatib avaylab ko‘tarib kelayotgani Boburga 
birdan juda kulgili tuyuldi. Undan qahrli dashnom kutib bosh egib turganlar to‘satdan 
kulgi tovushini eshitib, hayrat bilan bosh ko‘tardilar. Bobur bolalarcha zavq bilan 
gavdasini orqaga tashlab, xandon urib kular edi. No‘yon Ko‘kaldosh ham qo‘lidagi sallaga 
endi boshqacha ko‘z bilan qaradi va kulib yubordi. Boshqalar ham yelkalaridan tog‘ 
qulab tushganday yayrab kular va jilmayar edi. Bobur kulgidan to‘xtab, oti hurkkan 
navkarga yuzlandi: 
— Sizda ayb yo‘q edi... 
Navkar undan katta bir in’om olganday astoydil minnatdor bo‘lib ta’zim qildi. Bobur 
No‘yonga tayinladi: 
— Katta onam bilmasinlar. 
— Muddaomiz o‘zi shu, amirzodam, — kuldi No‘yon va boshqa mulozimlarga 
sirdoshlarcha ko‘z qisib qo‘ydi. 
Shunday paytda ko‘kaldosh va tengdoshlar o‘zlarini taxt vorisiga xizmat qilib yurgan 
yosh mulozimlar deb emas, uning sirlariga sherik bo‘lgan yaqin do‘stlar deb bilishar va 
bundan ko‘ngillari o‘sib, Boburga mehrlari oshar edi. 
Ko‘shkdan chiqib kelgan savdar Bobur qarshisida qo‘l qovushtirib, ichkarida mudarris uni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish