Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
podshohning mulozimlaridan deb o‘ylamoqda edi. Bobur o‘zini tanitgisi kelmay: 
— Ha, — dedi. 
Cho‘pon irg‘ay tayog‘iga keng ko‘kragini tirab, Boburga sinovchan nazar bilan tikildi: 
— Podshongga juda sodiqmisen? 
Bobur miyig‘ida kulib: 
— Men o‘zimga sodiq bo‘lsam bas, — dedi. 
— Podshong ham seni yomon ko‘rsa kerak-da, xor qilib qo‘yibdi. 
Endi Bobur cho‘ponning yuziga tikilib qaradi. Betiga hali ustara tegmagan yigirma 
yoshlardagi yigit. Lekin chuqur ko‘zlari qirq-ellik yoshga kirgan va ko‘p g‘am chekkan 
odamnikiday so‘lg‘in, keksanamo. 
— Podshohimni muncha ko‘p so‘roqlading, biron arzing bormi? — dedi Bobur kulimsirab. 
Cho‘pon qovoqlarini uyib: 
— Men uni mana shu tog‘da yakkama-yakka uchratmoqchimen, — dedi. 
— Agar uchratsang... Ne gaping bor? 
Cho‘pon yigitning ko‘zlari g‘azab bilan qisildi: 
— Otam bilan akamning boshini ne qilgan, shuni so‘rab bilmoqchimen. 
— Boshini? Bobur-a?! Sen... sen kimsan o‘zing? 
— Chagraklardanmen! 
Bobur Andijon tog‘larida yashaydigan chorvador turkiy qabila — chagraklarni eslab 
hayrat bilan so‘radi: 
— Bu yerda ham chagraklar bormi? 
— Biz bu yerga O‘sh tomonlardan qochib kelganmiz. Men o‘shanda o‘n to‘rt yashar bola 
edim. Bobur kelib otam bilan akamning qo‘ylarini, yilqilarini tortib olmoqchi bo‘lgan. 
Cho‘ponlar: «Bermaymiz!» deb g‘alayon qilgan. Keyin Bobur hammasini o‘ldirib, 
boshlarini kesib ketgan. Onam bilan borsak, o‘n besh-yigirmata o‘lik yotibdi. Boshlari 
yo‘q. Tanasidan tanib olish qiyin bo‘larkan. Onam dam u tanani quchoqlab yig‘laydi, dam 
bu tanani... 
Bobur O‘shning janubida bundan olti yil avval Ahmad Tanbalning qonli xurjunidan 
lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushgan kallalarni yana ko‘z oldiga keltirdi. O‘shanda 
uni seskantirib yuborgan yoshgina yigitning kallasi va ustara tegmagan yuzi ko‘z oldida 
qaytadan gavdalandi. Mana bu turgan cho‘ponning yuzi Boburga birdan o‘sha yuzni 
eslatdi-yu, kesik bo‘yinning qon aralash go‘shtlari xayolida takror paydo bo‘lib, borlig‘ini 
dahshatga keltirdi. U cho‘ponga sarosima ko‘zlar bilan qarab: 
— Ahmad Tanbal o‘ldirgan! — dedi. — Sulton Ahmad Tanbal! 
Cho‘pon tayog‘ini ko‘kragidan olib, Boburga yaqinroq keldi: 
— Sen o‘sha boshlarni ko‘rganmiding? 
— Ha, yaylovda... O‘shning yaylovida Ahmad Tanbal o‘sha boshlarni keltirib ko‘rsatgan. 
Bunga olti yil bo‘ldi... Cho‘ponlar g‘ulu ko‘tarib, navkarlardan uch-to‘rttasini 
o‘ldirmishlar. Tanbal o‘shaning qasdiga bosh kesib kelgan edi! 
— Tanbal emas! Menga ko‘rgan odamlar aytgan! Otamning boshini Bobur kesib ketgan! 
— Odamlar yolg‘on aytmishlar! Men... aniq bilamen. Bobur norasida o‘smir edi. Toqqa 
Sulton Ahmad Tanbal borgan! 
Bobur o‘zini oyoqlayotgan odamga o‘xshab shoshilib gapirayotgani uchun cho‘pon yigit 
endi undan gumonsiradi. Zug‘um qilib: 
— Sen o‘zing kimsen? — dedi. — Bobur sening kiming? 
Bu savol Boburning etini junjiktirdi. Go‘yo cho‘pon hozir undan otasining xunini talab 
qiladigandek tuyuldi. 
Egasining ovozidagi g‘azab va tahdidni payqagan itlar birdan irillab, Boburga 
tashlanishga tayyorlanishdi. Bobur o‘rnidan sapchib turdi. Qo‘li beixtiyor belidagi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish