Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
volidangiz Shohbegim menga so‘zlab berdilar. 
— Ha, ona tomondan bobomiz Shoh Muhammad hazratlari buyuk yunon podshosi 
Iskandar Zulqarnaynning Pomirda qolib ketgan avlodlaridan ekanlar. Rahmatlik otamiz 
Yunusxon Shoh Muhammad hazratlari bilan Badaxshonda tanishgan ekanlar. 
— Qarang, xon hazratlari, xudo suygan bandasiga qo‘sha-qo‘sha qilib berar ekan-da! 
Hali kelajakda Badaxshon ham sizga meros bo‘lib qolg‘ay. Toshkentu, Andijonu 
Farg‘onalar sizga buyuk Chingizxondan merosdir. Inim Ahmadbek Farg‘ona vodiysida 
orttirgan boyligini to‘qqiz tuyaga yuklab, sizga in’om qilib yuborgani shu boisdandir. 
Oltinu javohir, kimxobu atlas... 
— Ko‘rdim! Ahmadbekning saxovati durust. Lekin u haligacha norasida bir temuriyzoda 
Jahongir mirzo xizmatida yurgani g‘alati. 
— Bu hammasi noilojlikdan, xon hazratlari. Qani edi, siz katta o‘g‘lingiz Xonikaxonni inim 
Ahmadbekka yordamga yuborsangiz. Birgalashib temuriyzodalarni daf’ qilsak. Ana unda 
Farg‘ona vodiysi sizning o‘g‘lingizga tobe’ bo‘lg‘ay. Ahmadbek to o‘lguncha sizgayu, 
o‘g‘lingizga sodiq xizmat qilg‘ay. 
— Mana bu reja haqida o‘ylab ko‘rsak bo‘ladi, — dedi Mahmudxon. — Boburga avom 
xalq tarafdor bo‘lib isyon ko‘targani, bizning odamlarni vodiyning shaharu qishloqlaridan 
quvib chiqargani menga yoqmaydi! 
— Siz ming bora haqsiz, xon hazratlari! Mening inim Ahmadbek o‘sha avomlarning yo‘lini 
to‘sib turibdir. Agar Ahmadbek mag‘lub bo‘lsa, bu isyonlar shunday tog‘dan oshib, 
Toshkentga yetib kelishi muqarrar! Bu yerda ham temuriylar davrini qo‘msab yurgan 
alam-zadalar oz emas. Buni xufiyalar axborotidan ham bilursiz. Xudo ko‘rsatmasin, agar 
ichkarida pusib yotgan g‘animlaringiz bosh ko‘tarsa, naryoqdan Bobur Amir Temurning 
qilichini yalang‘ochlab kelsa... 
— Yo‘q, yo‘q, bunga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak! Ayting-chi, Ahmadbek Farg‘ona 
vodiysini bizning davlatimiz tarkibiga qo‘shmoqchi ekani — shunchaki gapmi yoki asosi 
bormi? 
— Asosi bor! Mana, Ahmadbek o‘z ilki bilan sizga maktub yozgan! Agar uni hozirgi xavf-
xatardan saqlab qolsangiz, inim umrbod sizning xizmatingizni qilgusidur. Andijonu Axsini 
temuriylar nomidan emas, sizning nomingizdan idora etishga so‘z bergan! 
Mahmudxon Ahmad Tanbalning imzosi qo‘yilgan va muhri bosilgan maktubni o‘qib 
ko‘rdi-da, o‘zining maxsus qog‘ozlari saqlanadigan juzdonga solib qo‘ydi. 
Xonning yon berayotganini sezgan Tilba Sulton qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iltijo qildi: 
— Xon hazratlari, o‘n besh ming lashkaringiz ko‘pdan beri kuch yig‘ib yotibdir. Katta 
o‘g‘lingiz Xonikaxon ham yigit bo‘lib qoldi. Ulkan g‘alabalarga erishgilari kelur... 
— Qish kunida o‘n besh ming qo‘shinni boshqarish oson emas. Farmon hozirlang, 
Xonikaxon olti ming lashkar bilan harbiy yurishga otlansin. Ammo bu yurishning butun 
mas’uliyati sizning zimmangizga tushadir, janob eshik og‘a! 
— Boshim bilan javob berurmen, xon hazratlari! 
— Ana shu so‘zlaringizni ahdnoma tarzida yozib, imzo cheking! 
— Bosh ustiga! 
Mazkur ahdnomaga binoan Mahmudxonning olti ming kishilik qo‘shini Ahmad Tanbalni 
qutqarish uchun Archakent dovonidan oshib, Kosonsoy atroflariga bos-tirib keldi. 
_______________ 
* S a m u r — sobol. 
* J ye t ye — bosqinchi, talonchi demakdir. 
* Shayboniyxon va Mahmudxon munosabatlari Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidi» kitobida keltirilgan.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish