Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
uning xizmatini qilgan. Faqat To‘xtamishxon Temur bilan dadil olishgan, ammo omadi 
kelmay yengilgan. Oltin O‘rda yer bilan yakson qilingan. Temur Mo‘g‘uliston xonlariga 
qarshi bir emas, yetti marta yurish qilib, Chingizxon avlodlarini Chig‘atoy ulusidan 
butunlay siqib chiqardi. Uning o‘g‘li Shohruh bilan nevarasi Ulug‘bek chingiziylarni 
Turonga yo‘latmay qo‘ydi. Mana endi, oradan yuz yil o‘tgandan keyin temuriylar davlati 
parchalanib, o‘zaro urushlardan batamom zaiflashdi-yu, sizu bizga omad keldi. 
— Gapingiz to‘g‘ri, janob Shohbaxtxon, Chig‘atoy ulusidan temuriylarni siqib chiqarib, 
chingiziylar hukm-ronligini qayta tiklash siz bilan bizning zimmamizga tushadir. Sayramu 
Turkistonlar ham ikki yuz yil davomida chingiziylar tasarrufida bo‘lgan. Keyin Amir 
Temur Yassaviy maqbarasini qurib, bu yerlarga ega bo‘lib oldi. Hozir ham Turkiston 
temuriylarga sadoqat saqlab turibdir. Men sizga uch ming kishilik sara qo‘shin beray. 
Bobongiz Abulxayrxonning mulkini temuriylardan qaytarib oling! 
— Minnatdormen, xon hazratlari! Turkistonni temuriylardan tortib olib, sizning 
davlatingiz tarkibiga qo‘shish — mening orzuyimdir! Siz barcha chingiziylarga rahnamo 
bo‘lgaysiz! Mening ezgu niyatim — sizning yo‘lboshchiligingizda chingiziylarning ulug‘ 
saltanatini qayta tiklamoqdir! 
— Mana bu niyat — tahsinga sazovor, janob Shohbaxtxon. Ammo zamonlar o‘zgardi. Siz 
bilan biz ham Chingizxon davridagi mo‘g‘ullar emasmiz. Islomni qabul qildik. Turkiy til — 
ona tilimizga aylandi. Mana, siz madrasada o‘qidingiz. Biz ham forscha, arabcha 
o‘rgandik. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy tutish, hayot tarzi — hammasi o‘troq turkiy 
aholinikidan farq qilmagani yaxshi bo‘ldi. Chunki bu hammasi bizning Turonzaminga 
otgan yangi ildizlarimizga aylandi. 
— Ammo o‘q ildizimiz — Chingizxon naslidan ekanligimizdir! — gap qo‘shdi 
Shohbaxtxon. 
— Ha, ana shu o‘q ildizni mahkam tuting, ammo Turonzaminga otgan yangi 
ildizlaringizdan ham oziqlaning! 
— Mening dilimdagi gapni aytdingiz, xon hazratlari. Men o‘z atrofimga Turondan ham, 
Dashti Qipchoqdan ham barcha turk-mo‘g‘ul qavmlarni yig‘moqdamen. Bularning biri 
qipchoq, biri nayman, biri qo‘ng‘irot, biri jaloyir, ammo hammalarini «o‘ziga-o‘zi bek — 
o‘zbek» degan chiroyli nom bilan atasam, ko‘pchiligiga ma’qul tushdi. Oralarida Qur’onni 
menchalik yaxshi qiroat qiladigan imomlari yo‘q. Shuning uchun hammalari meni 
«Imomi zamon!» deb tan olurlar! 
— Ko‘pchilikning boshini qovushtirish uchun nimayiki zarur bo‘lsa, hammasini qiling. Eng 
muhimi, ahillikdadir. O‘zaro urushlar temuriylarning boshiga yetmoqda. Siz bilan biz bir 
yoqadan bosh chiqarsak, Islom bayrog‘ini temuriylardan ko‘ra balandroq ko‘tarsak, 
barcha musulmonlar bizga ergashgay! 
— To‘g‘ri aytdingiz, hazratim! Hozir bobokalonimiz Chingizxonning mafkurasi bilan ish 
yuritib bo‘lmagay! Endi faqat islomning sunniy mazhabi bizga mos kelur. 
Mahmudxon Shayboniyxonning bu fikrini ham ma’qul ko‘rdi. Ularning maslakdosh 
ekanliklari, ayniqsa Shayboniyxonga qo‘l keldi. Mahmudxonning yordami bilan 
Shayboniyxon avval Turkistonni, so‘ng Buxoroni noshud temuriyzoda Sulton Ali 
mirzodan tortib oldi. Vaziyat yetilishi bilan Shayboniyxon Samarqandni ham egallaydi. 
Uning homiysi Mahmudxon bundan mamnun. 
Shayboniyxonga rahnamo bo‘lib butun Turonda, undan so‘ng Xurosonu Eronlarda ham 
Chingizxon avlodlarining shonu shuhratini, davlatu hokimiyatini qayta tiklash 
Mahmudxonning eng ulkan orzusidir. Buni yaxshi biladigan Tilba Sulton: 
— Ilohim, ana shu orzuyingiz tezroq ro‘yobga chiqsin, xon hazratlari! — deb 
tilyog‘lamalik qila boshladi. — Siz Sohibqiron a’zam Chingizxonning dahosini meros 
olgansiz. Ona tomondan Iskandar Zulqarnayn avlodlaridan ekansiz! Muhtarama 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish