FARG`ONA SHAHAR
6-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABIDA
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING
534-YILLIGIGA BAG`ISHLAB O`TKAZILGAN
“BOBUR DAHOSIGA EHTIROM”
NOMLI TADBIR
SSENARIYSI
(Sahna chiroyli bezatilgan. Sahnaning yuqori qismida Zahiriddin Muhammad Boburning portreti ilangan. Stol ustida bobomizning asarlari, bukletlar hamda sovrinli o’rinlarni olgan devoriy gazetalardan namunalar burchagi tashkil qilingan).
Tadbir boshlanishi bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh va shoir” mavzusidagi slayd namoyish etiladi. Slayd tugashi bilan 5-“G” sinf o’quvchilari ijrosida “Boburning tug’ilishi” sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
Boshlovchi: Kim ko’ribdi, ey ko’ngil,ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Ha, ushbu g’azalni eshitganimiz on ko’z oldimizga temuriylar avlodining is’tedodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari namoyon bo’ladi. Hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda jahon adabiyotida o‘zining “Boburnoma”, “Xatti Boburiy” kabi mukammal asarlari, go’zal g’azal va ruboiylari bilan mashhur bo’lgan Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlangan “Bobur dahosiga ehtirom” nomli tadbirimizni havola etamiz.
Tadbirimizni ochib berish uchun so’zni maktabimiz MMIBDO’ Abdullayeva Mohiraxon Jamoldinovnaga beramiz. (So’zga chiqadi)
Sahnada Bobur siymosi gavdalanib, “Yaxshilig” g’azalini o’qiydi, sahna chekkasida bir o’quvchi dutorda bu g’azalga hamohang ravishda kuy chaladi.
Boshlovchi:
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shulesen-u ul shulaga men kuldurmen.
Nisbat yo’q deb hech intijob aylamakim,
Shahmen elga vale senga quldurmen.
O’zbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri Z.M.Bobur o’zining qisqa va murakkab hayoti davomida sermahsul ijod qilgan buyuk istedod sohibi edi. Kelinglar shoir ijodidan lavhalar tinglaymiz.
Ruboiylar va hikmatli so’zlarga navbat beriladi.Shundan so’ng, 5-“B” sinf qizlari raqs ijro etadilar.
6-“A” sinf o’quvchilari “Hidi, tilimi, tami” nomli hikoya asosida sahna ko’rinishi ijro etadilar.
Oshiq o’lgach, ko’rdim ul shamshod qaddin yuz balo,
Olloh,olloh, ishq aro mundoq balolar bore mish.
Shoir, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, Vatanga muhabbat, insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan ajoyib ash’orlar bitdi. Hozir shunday g’azallardan namunalar tinglaymiz.
7-8-9-sinf qizlari Bobur g’azallaridan namunalar tinglanadi. G’azallardan so’ng 5-“G” sinf qizlari Bobur hazratlarining “Balodur” radifli g’azali asosida raqs ijro etadilar. Ushbu raqsdan so’ng 2-3-4-sinf o’quvchilari shoh va shoir bobomiz hayoti, ijodiga oid ma’lumotlar hamda bobomiz haqida yozilgan she’rlardan namunalar tinglaymiz.
7-“V” sinf o’quvchilari Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan olingan parcha asosida sahna ko’rinishi ijro etadilar.
Boshlovchi: O’zining qisqa 47 yillik umri davomida naqadar buyuk ishlarni amalga oshirgan, qudratli davlat barpo etgan, ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan bobomiz bilan qancha faxrlansak arziydi. Uning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Bu kun uning haykali poyiga anvoyi gullar yashnab turibdi. Ulug’ sarkarda, iste’dodli shoir Z.M.Bobur ijodiga bag’ishlangan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |