Boborahim
Mashrab
Boborahim Mulla Vali oʻgʻli
yoki taxallusi boʻyicha
Boborahim Mashrab
(1640 yoki 1653 yoki
1657-yil,
Namangan
– 1711-yil
Balx
) – oʻzbek
shoiri
va mutafakkiri,
tasavvuf
adabiyotining
yetuk namoyondasi.
Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqigan. 1665-yilda
Qashqarga
Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini
yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot
kechiradi. Balx hokimi
Mahmudbiy
qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi.
Mashrab nomi XVIII XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr
etiladi (masalan,
Bade Samarqandiyning
„Muzokir ul-as'hob“ida
). Ammo ularda shoir hayoti
va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan
adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab,
devon
yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai
Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma
va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon
tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda
bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik
oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar,
Boborahim Mashrab
Tavalludi
1640-yil (yoki 1653, 1657)
Namangan
Vafoti
1711-yil
Balx
Millati
oʻzbek
Sohasi
shoir
Mashhur ishlari
„Qissai Mashrab“
,
„Koshki“
,
„Oʻzum“
,
„Qolmadi“
Dini
Islom
sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy
Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u
haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi
qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek,
yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy
ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi asarlarda ham Mashrab haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi:
„Tazkirat ul-avliyo“ (Majzub Namangoniy),
„Tazkirai qalandaron“ (Is'hoq Bogʻistoniy),
„Muzakkiri as'hob“ (Maleho Samarqandiy),
„Muntaxab ut-tavorix“ (Hakimxon Toʻra),
„Ansob us-salotin“ (Mirzo Olim).
Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba –
„Qissai Mashrab“dir
(boshqa
nomlari
„Shoh Mashrab“
,
„Devonai Mashrab
). Uning koʻpgina qoʻlyozma va toshbosma
nusxalari mavjud.
Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani borasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud.
Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip
yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan So'fi
Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim oladi, so'fiy tariqatlar boʻyicha
bilimini oshiradi,
forsiy tilni
oʻrganadi.
Taxminan, 1665-yillarda
Mulla Bozor Oxund
tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga
ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik
Hidoyatullo Ofoq Xo'ja eshon
huzuriga boradi. Shoir
adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi
Ofoq Xo'ja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yaratilgan. Ofoq Xo'ja shaxsiy xislat-
fazilatlarini madh etuvchi, uni „pir-u rahbar“ deb tan oluvchi bayt-misralar mujassam boʻlgan
gʻazal va muxammaslar ham („Koshki“, „Oʻzum“ radifli gʻazallar, „Qolmadi“ radifli muxammas)
shu muridlik yillari mahsulidir.
Mashrab taxminan 1672–1673-yillarda
Ofoq Xo'ja
dargohini tark etadi. Qissalarda qayd
etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizaklarning biriga koʻngil qoʻygani, sevib-
sevilgani sabab boʻlgan. Ammo Mashrabning ogʻir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir
bilan murid oʻrtasida jiddiy gʻoyaviy ziddiyatlar boʻlgan deyilsa, haqiqatga muvofiq boʻladi.
Hayoti
Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda
darbadarlikda oʻtkazadi. Qoʻnimsiz hayotga yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan
shugʻullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulm-u sitam ostidagi oh-u nolasi shoir qalbini
larzaga soladi („Dili tigʻi sitamdin pora boʻlgʻon xalqni koʻrdum“…).
Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlib, oʻsha davr hayoti,
jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, u baʼzi ruhoniylarning
kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxoʻr mulkdorlar va johil amaldorlarning
zoʻravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qoʻldan qoʻlga, ogʻizdan
ogʻizga oʻtib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror qishloq yoki
shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kambagʻal xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish
bilan qarshi olgan. Shoir qoʻnimsiz hayotining soʻnggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va
mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yoʻqotish payiga tushadilar. Shu teskarichi
guruhlarning rasmiy fatvosi va
Mahmudbiy
qatagʻonning hukmi bilan dorga osiladi.
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas.
Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod
egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq ijtimoiy
mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning
chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida
yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.
Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va
goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida
gʻazal
,
mustazod
,
murabba
,
muxammas
,
musaddas
,
musabba
,
masnaviy
,
ruboiy
,
taʼrix
kabi janr turlarida bitilgan yetuk
namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab, avvalo, mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va
jarangdor mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba' hamda xalq gʻam-u hasratiga
hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ chiqargan.
Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiqlaridek sodda va jarangdor, joʻshqin va
taʼsirchandir.
Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir
mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir.
Mumtoz sheʼriyatda murabba' turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab
ijodining oʻrni katta.
Ijodi
Mashrabning romantik koʻtarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba
turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning gʻazal,
mustazod va murabba'larida ishq-muhabbat vafo-sadoqat mavzui yetakchi oʻrinda tursa,
muxammas va musaddaslarida chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va
hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz
keltirayotgan jabr-u jafosidan shikoyat, taʼqib-tazyiqidan norozilik dardli, ammo qatʼiy va
keskin ifodalanadi.
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng
tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohang-taʼkidlari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir
sheʼrlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi
uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar
kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi.
Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi
keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Nodira
,
Huvaydo
,
Qoriy
,
Furqat
,
Hamza
kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan.
Mashrab qoldirgan adabiy meros toʻla aniqlanib, oʻrganilgan emas. Baʼzi tadqiqotchilar juda
koʻp sheʼriy hikoyat va gʻazallarni oʻzida jamlovchi
„Mabdai nur“
nomli yirik asarni shoirga
nisbat beradilar. Shoir merosi, asosan,
„Qissai Mashrab“
asari orqali yetib kelgan. Asarda
Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.
„Mabdai nur“
va
„Kimyo“
asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda
„Mabdai
Nur“
(Jaloliddin Rumiy
„Masnaviyi maʼnaviy“siga
sharh) Boborahim Mashrabning asari
sifatida chop etildi.
Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; oʻzbek
adabiyotshunoslari
Izzat Sulton
, V.Zohidov, I.Moʻminov,
Gʻafur Gʻulom
, A.Hayitmetov,
V.Abdullaev, A.Abdugʻafurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari
bor. Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna
asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990).
Mashrab ijodini oʻrganish
Xotira
Oʻzbekistonning
turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bogʻlari va kinoteatrlar,
maktab va kutubxonalar, koʻchalar va jamoa xoʻjaliklari bor. Afsuski, 2019-yilda Toshkentda
tashkil qilingan shoirlar xiyobonida boshqa shoir va yozuvchilar qatorida Mashrabga haykal
qo'yilmadi.
Boborahim Mashrab. "Mehribonim qaydasan". -T.: 1990;
Mashrab. "Mabdai Nur". -T.: 1994;
Muhsin Zokiriy, Boborahim Mashrab, T., 1966; Abdugʻafurov A., Erk va ezgulik kuychilari, T.,
1979.
M.Zokirov. Mashrab. -T.: 1967;
Fitrat.
„Mashrab“
.
„Tanlangan asarlar“
. 2-jild. – T.: Maʼnaviyat, 2000.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Boborahim_Mashrab&oldid=25
08011
" dan olindi
Nashr qilingan asarlari
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
Iroda Ikromovna
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |