Boborahim Mashrab



Download 237,62 Kb.
bet3/4
Sana20.10.2022
Hajmi237,62 Kb.
#854517
1   2   3   4
Bog'liq
Mashrab

Shahar va qishloqlar ezilgan ommasining gʻamu hasratlarga toʻla kulfatli hayotini badiiy tasvirlash xalqchil shoir ijodida yetakchi mavzulardan biri boʻlgan. Doimo xalq ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu-intilishlaridan yaqindan xabardor boʻlgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat bilan tasvirladi, nihoyatda sodda, ravon, ammo mazmunan zalvorli misralarda samimiy hamdardlik va yurakdan achinish tuygʻularini taʼsirchan ifodaladi. Sheʼrlaridan birida “Azaddin men dili gʻamgin xaloyiq xaylini sevdim!” deb yozgan shoir boshqa bir oʻrinda “Oʻzimdek xonavayronlarni koʻrsam zor yigʻlarman!” deya ezilgan ommaga toʻla xayrixoh ekanligani alohida taʼkidlaydi.

Mashrab she’riyatining so’fiyona ruhi uning „Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» satri bilan boshlanadigan g’azalida, ayniqsa, yorqin ko’rinadi:

Mashrab she’riyatining so’fiyona ruhi uning „Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!» satri bilan boshlanadigan g’azalida, ayniqsa, yorqin ko’rinadi:

Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! ,

Bo’lmasa qoshimda jonona, bu jonni na qilay?!

Xok — tuproq. Ruhi ravon — inson ruhi. Ruhning nimaligini tushuntirish o’ta mushkulligi Qur’oni Karimda ham qayd etilgan. Barcha odamlarning otasi Odam Ato tuproqdan yaratilgan. Demak, hammaning, jumladan, shoirning tani ham tuproqdan. Shoirga nafaqat tuproqdan bo’lgan tan, balki undan ko’p bor yuksak bo’lgan ruh ham kerak emas. U qoshida jonona (jonona deyilganda, xudo ko’zda tutilayapti)ni ko’rmas ekan, jonni ham, ruh deganlarini ham hech deb biladi. Ikkinchi baytda, shoir yanada shakkokroq ko’rinadi:

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?

Ibrohimdin qolg’on ul eski do’konni na qilay?!

Makkaga, uni „baytulloh» — Allohning uyi sifatida tavof qilgani boriladi. Mashrab bunga ko’nmaydi. U Makkaga yori bilan, boda bilan bormoq istaydi. Shoirning o’z mantig’i bor, albatta. Yor Allohdir. Boda — uning ishq-u muhabbati. U bundan boshqa hech narsani tan olmaydi. Shoir uchun Allohsiz Ka’ba „Ibrohimdan qolgan eski do’kon» ekani shundan.


Download 237,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish