Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna olishda foydalaniladi (2- rasm). Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog’och g’ilofda saqlanadi. Silindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o’rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo’lingan (2-rasm). Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to’g’ri keladigan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog’och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tushiriladi. So’ngra tirsak yordamida ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to’g’ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan to’lganidan so’ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Кeyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qo’yilgan qop matosi yoki brezentga to’kiladi

Silindr shupining qulayligi shundaki, uni qo’llash paytida bir vaqtning o’zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, bu esa o’z yo’lida namunada uringan donlar foizning ko’payishiga sabab bo’ladi. Кonus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so’ng o’rtagi va eng keyingi navbatda quyidagi qatlamdan olinadi. Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to’rt nuqtasidan olinadi, buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo’lishi shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi.

Namuna qismlarining umumiy og’irligi 1 kg dan kam bo’lmasligi kerak. Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagonlarda don ortiladi, ikki o’qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm masofada) va vagonning o’rtasidan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 sm gacha chuqurlikda, o’rtagi qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yaqin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To’rt o’qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni ustidan 11 nuqtada, ya’niy vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o’rtasidan, shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma).