Yuguruvchi sprinterlarning anatomik-morfologik xususiyatlar. Qadamlar
uzunligi va surati orasidagi bogliklik tadqiq qilingan. Bu ko’rsatkichlar
sportchining bo’yiga,oyoqlari uzunligiga va yugurish tezligiga, qadam uzunligi
esa son mushaklarining yozilish kuchiga ham bog’liq.
Bu tadqiqotlarning eng muhum natijalardan bazilari.
17
Sprintda uncha yuqori malakaga ega bo’lmagan yuguruvchilarda natijani
asosan kuch qobiliyatlarini mashq qilish yo’li bilan qadamlar uzunligini oshirish
orqali yaxshilash mumkun.
Odatda, ayollarda erkaklarga nisbatan qadamlar suratini molik qilish
osonroq . Yuqori malakali sprinterlar qadamlar suratini saqlab qolgan holda
masofaning yakunlovchi fazalarida koordinastiyani yaxshilash yo’li orqalli o’z
natijalarini yaxshilab olishlari mumkun.
O’g’il bolalarda 10 yoshda maksimal qadamlar soni sekundiga 4,4 qadamni,
tashkil qiladi. Bu surat dunyoning eng yaxshi sprinterlari rivojlantira oladigan
suratdan juda kam farq qiladi.
Qadam uzunligini oshirish bo’qicha mashg’ulotlarni boshlash uchun
optimal vaqt jinsiy etuklik ( yigitlarda taxminan 15-17 yosh, qizlarda 13-15 yosh)
boshlangandan keyingi davirdir.
29-rasm. Seuldagi Olimpiya o’yinlarida 100 m.ga yuugirish vaqtida
o’lchangan ba’zi maksimal va minimal kattaliklarning taqsimlanishi.
Har xil bo’y uzunligiga vavazniga ega sportchilar,oyoqlar uzunligi
ko’rsatkichlari turlicha bo’la turib,qisqa masofalarga yugurishda katta natijalarga
erishadilar. Agar sportchilarning tana uzunligini tahlil qiladigan bo’lsak eng
baland sprinterlar - D.Karlos (AQSh) – 10,0s (193sm); S.Uilyams (AQSh) 9,9 s
18
(192sm); L. Krouford(Trinidad va Tobago)-10,6s (190sm); K.Lyuis (AQSh)-9,93s
(188sm); eng kichik uzunlikka ega sportchilar – A.Kornelyuk(Rossiya)-
10,0s(165sm) va Aira Merchison (AQSh)-10,1c. (156 km).Useyn Bolt (Yamayka )
- 9,58s (200 sm.)
Jahon rekordchisi va jahon chempioni (Berlin g’olibi) Useyn Bolt jahon
rikordini o’rgatish payitida(9,58s) quyidagi ko’rsatkichlarga ega edi:
Reakstiya vaqti -0,146s.
0-20m-2,89c 20m-2,89c
20-40m-1,75s 40m-4,46s
40-60m – 1,67 60m- 6,31s
60-80m – 1,61s 80m-7,92s
80-100m-1,66s 100m-9,58s
Useyn Boltning yuz metrdagi o’rtacha tezligi 37,76 km/soatga teng, 60-80m.
bo’lakda esa 44,71km/soatga etgan.
U.Bolt 1986 yil 21 avgustda Trelani shaharchasida (Yamayka) dunyoga
kelgan. Uning ota–onalari qishloq joyda kichik oziq-ovqat magaziniga egalik qilar
edilar.
Bolaligida U.Bolt kriket va futbol o’ynab, o’z vaqtini ko’chada o’tkazardi.
Engil atletika bilan u maktabda tanishdi, bu erda u qisqa masofaga yugurish
musobaqasida ishtirok etgan. 2001 yilda maktab o’quvchilari musobaqalarida 200
m.ga yugurishda egallangan ikkinchi o’rin uning sprintidagi birinchi g’alabasi
bo’ldi – 22,04s. 16 yoshida Yamayka Bosh vaziri uning iqtidorini e’tirof etib,
U.Boltni Texnalogiya Universitetiga taklif etdi va bu erda u mamlakatning eng
kuchli sprinterlari bilan mashq qilish imkoniga ega bo’ldi. Bu sportchining bo’yi
15 yoshda 196 sm bo’lgan, chamasi, shu davrdagi tez-tez jarohatlanishlar sababi
shundadir. Biroq uch yil ichida bu sportchi juda tez o’sdi -21,81sek.
15 yoshida,18 yoshida esa 19,93 sek. U 200m.ga yugurishda 20 sek.dan
kamroq natija ko’rsatgan birinchi o’spirin edi. 2003 yilda kuchli o’spirin
IAAFning “Umid” sovrini bilan taqdirlandi va ko’pginaAmerika Universitetlari
unga homiylik taklif qiladilar, biroq atlet yamaykada qolishni afzal ko’rdi.
19
Yamaykalik sportchi Pekinda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida g’ayri oddiy
muvaffaqiyatga erishdi.Sprint tarixida birinchi bar sportchi ikkala rekordi bilan
g’alaba qozondi.Ikkala vazifada ham yaqqol ustunlikka erishib g’olib bo’ldi.
Aniqlanishicha, 50 metrdan so’ng (aytishlariga qaraganda erkaklar yigitlardan
ajraladigan masofada) U.Bolt o’ta yuqori natijaga erishadi. U44km/soat tezlikka
yaqinlashadi .
Boz ustiga, bazi tekshirilmagan birzumlik tezlik natijalari hatto 48km/soat
raqamini ko’rsatdi.
U.Boltmasofada odatda 41 ta qadamni bajaradi,bunda masofa urtasida qadam
uzunligi 2,83m.ni tashkil qilgan, dunyoning kuchli sprinterlar masofaning 60
metridan so’ng yugurish tezligini asta-sekin kamaytirib yuboradilar, lekin Pekinda
U.Bolt ajoyib tarzda oldinga harakatlanib, hatto marra chizig’iga 10m qolganda
qo’llarini yuqariga ko’targan holda marra chizig’ini kesi o’tadi, bu real yakuniy
natija borasida bazi bahs – munozaralar keltirib chiqardi. Bazi mutaxassislarning
fikricha,yana 0,04sga yaxshiroq natija bo’lishi kerak edi. Pekindagi Olimpiya
o’yinlarida ajoyib muvoffaqiyatdan so’ng U.Bolt yilning eng yaxshi atleti deb
tan olindi (1-jadval ).
Shunday qilib,bo’yi uzunligi va tana vazni malumotlari bo’yicha sportchining
sprinterlik masofalariga layoqatini aniqlash juda qiyin. Lekin tana proporstiyasiga
qarab, oyoqlariga nisbatini etiborga olib bu ko’rsatkich sprinterlarda juda yuqori
va 54-55% qiymatiga etadi.
Masalan, K.Lyuisda u 55%ga teng (bo’yi-188sm,oyoqlari uzunligi=103sm).
Do'stlaringiz bilan baham: |