REJA:
|
Boblar va paragraflarning nomlanishi
|
Betlar
|
Kirish
|
|
Birinchi bob Undosh fonemalar tavsifi
|
|
|
1.1 Labial undoshlar.
|
|
|
1.2 Til oldi va urta undoshi tavsifi.
|
|
|
1.3 Sayyoz til orqa undoshlari tavsifi.
|
|
|
1.4 Fonetik hodisalar.
|
|
Ikkinchi bob Unli va undosh fonemalar paradigmasi
|
|
|
2.1 Unli fonemalar paradigamasi
|
|
|
2.2 Undosh fonemalar paradigamasi
|
|
Uchunchi bob Undosh tovushlar tasnifi. Talaffuzi va imlosi
|
|
|
3.1 Undosh fonemalar va ularning tasnifi :
- Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;
- Hosil bo’lish (artikulatsiya) o’rniga ko’ra.
|
|
|
3.2 Undosh fonemalarning jadvali
|
|
Xulosa
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ruyxati
|
|
KIRISH
Fonema- (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalarni tanib olish va farqlash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy kismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farklaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Masalan: oʻzbek tilida Fonemasi yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli, portlovchi jarangli bulib Fonemalaridan farqlanadi. Fonema qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.
Fonemaning belgilari farqlovchi (differensial) va farqlamaydigan (integral) turlarga boʻlinadi. Farqlovchi belgilariga koʻra, Fonemalar oppozitsiyalar (zidlanishlar) hosil qiladi. Fonemalar farqlanadigan pozitsiya, yaʼni uni oʻz artikulyatsiyasi bilan aniq talqin etish uchun qulay sharoit kuchli pozitsiya, Fonema farqlanmaydigan, boshqa bir Fonema bilan mos tushib qoladigan pozitsiya, sharoit kuchiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada Fonema morfema va soʻzlarni farklash vazifasiga (semasiologik vazifaga) ega boʻladi, kuchiz pozitsiyada esa Fonema bunday vazifaga ega boʻlmaydi. Oʻzbek tilida unlilar oldidan kelgan undoshlar koʻpincha kuchli pozitsiyada (bola, mola, qozon, dor, gul), soʻz oxiridagi jarangli va jarangsiz Fonemalar kuchiz pozitsiyada (tob, sud, maqsad, bugʻ, barg) boʻladi. Kuchiz pozitsiyada Fonemaning variantlari yuzaga chikadi, kuchli pozitsiyada esa uning asosiy koʻrinishi oʻzining barcha farklovchi belgilari bilan namoyon boʻladi. Tafovuti, farqi birgina Fonemaga tayangan morfema va soʻzlar juftida Fonema ayniqsa aniq bilinadi (qoʻl—soʻl, chol— chal—choʻl). Fonemaning mavjudligi yoki yoʻqligi ham morfema va soʻzlarni farqlashi mumkin (darmon—armon, uni—unni).
Fonemaning farqlovchi belgilari juda xilma-xil, lekin har bir tilda ularning toʻplami cheklangan boʻladi. Mac, rus tilida undoshlarning qattiklik— yumshoklik belgisi farklovchi belgi hisoblansa, oʻzbek va fransuz tillarida bu belgi deyarli ahamiyatsiz, yaʼni farklovchi belgi emas. Muayyan bir Fonemani roʻyobga chiqaruvchi barcha tovushlar uning allofonlari (yun. allos — boshqa va ...fon) deyiladi. Ular Fonemaning variantlari oʻlaroq uning asosiy koʻrinishiga oʻxshamasligi mumkin.
Hozirgi termin maʼnosidagi "Fonema" tushunchasi, shuningdek, fonologiya nazariyasi birinchi marta 19-asrning 70—80 yillarida ruspolya k til shu nosi Boduen de Kurtene tomonidan ishlab chiqilgan. Fonema fonologiya va morfonologiyaiing oʻrganish obʼyektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |