II Bob “O’zagroservis” AJ boshqaruvida kadrlar salohiyatidan foydalanishning tahlili. 2.1. “O’zagroservis”AJ faoliyati tavsifi va tahlili «O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PF-4857-sonli ―O‘zagrotexsanoatxolding‖ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi Farmoni va 2016 yil 17 noyabrdagi PF-2658-sonli ―O‘zagrotexsanoatxolding‖ aksiyadorlik jamiyatini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 24-noyabrdagi 06-k-PO-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan3.
Jamiyatning firma nomi
«O‘zagroservis» AJ
Jamiyatning manzili:-joylashgan yeri
Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 4A-uy
Pochta manzili
Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 4A-uy
Jamiyatning elektron pochta manzili
info@uzagroservis.uz, uzagro@uzagroservis.uz
Jamiyatning rasmiy korporativ vebsayti
www.uzagroservis.uz.
3-rasm “O’zagroservis”AJ nomi va manzili. Jamiyatning ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyatning ustav kapitali 53 130 253 600 (ellik uch milliard bir yuz o‘ttiz million ikki yuz ellik uch ming olti yuz) so‘mni tashkil qiladi. U har birining nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 531 302 536 dona oddiy aksiyalarga bo‘lingan. Jamiyatning ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalar Jamiyat tomonidan ushbu ustavda belgilangan e‘lon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtiriladi. Jamiyat ustav kapitalini oshirish maqsadida joylashtirilgan
aksiyalarigaqo‘shimcha ravishda chiqarishi mumkin bo‘lgan e‘lon qilingan
30
a ksiyalari miqdori -nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 800 000 000 dona oddiy aksiyalardan iborat. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan foyda olishdir. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko‘rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
— qishloq xo‘jaligi texnikalari va ular uchun extiyot qismlarga bo‘lgan talabni o‘rganish xamda sifat talablari belgilangan xolda talabnomalarni ishlab chiqarishga, asosan maxalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga, shuningdek import orqali keltirish uchun joylashtirish;
— qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga servis va mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatishda yagona texnikaviy siyosatni yuritishi, mashina-traktor parklarini birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi uskunalar bilan ta‘minlanish darajasini oshirish;
— qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmati ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, fermer xo‘jaliklariga va boshka qishloqxo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turi ko‘paytirish, sifati va darajasini oshirish yo‘nalishida ishlarni olib borish; ―O‘zagroservis‖ AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan extiyot qismlar, detallar va uzellarni distribyuterlik, dillerlik va boshqa shartnomalar asosida sotilishini tashkillashtirish;
32
Aksiyadorlarning