Bobil dini. Bobilda ilm fan, yozuv



Download 31,44 Kb.
bet3/4
Sana16.01.2022
Hajmi31,44 Kb.
#372037
1   2   3   4
Bobil dini. Ikki daryo oraligʻida yashagan qad. xalqdarning d i n i izchil aqida tizimidan emas, balki ayrim mahalliy maʼbudlarga sigʻinishdan iborat edi. Ammo bu hol boshqa maʼbudlarga sigʻinishni istisno etmasdi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazkur din muhim oʻzgarishlarga duchor boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda shumerlar dinida ayniqsa ayrim jamoalarning homiylari boʻlmish maʼbud va maʼbudalarga sigʻinish kuchayadi, bular, odatda, oʻsimlik dunyosi hamda sugʻorma dehqonchilikning ham maʼbudlari edi. Quyosh maʼbudi — Utu, Oy maʼbudi — Zuen (Nanna), Osmon maʼbudi — An, muhabbat va Venera (Zuxra) yulduzi maʼbudasi — Innin (Inanna), yer osti suvlari maʼbudi, donolik va madaniy ixtirolar homiysi — Enki kabilarga hamma joylarda sigʻinilsada, ularning oʻz jamoa markazlarida ham ibodat qilinardi. Enlil maʼbudi — eng oliy maʼbud hisoblanar, Enlil, An va Enki ulugʻ maʼbudlar uchligini tashkil etardi. Oʻsimliklar dunyosi, shuningdek chorvachilik sohasining oʻlib boruvchi va qayta tiriluvchi maʼbudlari — Dumuziabzu (Tammuz) va boshqalarga topinish ham, shumerlar hayotida zoʻr ahamiyatga molik ibodat deb sanalardi. Shumerlar oʻlimdan keyingi dunyoni qopqorongʻu yer osti shahari deb tasavvur etishardi. Bu zulmat shahrida Ereshkigal maʼbudasi (yoxud Nergal maʼbudi) hukmronlik qilarmish. Yaxshilik va yovuzlik ruxdariga ishonish ham keng tarqalgan edi.

Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida yagona mustabid davlat mustahkamlana bordi. Shu tufayli mahalliy maʼbud va maʼbudalarga sigʻinish oʻrnini butun mamlakat uchun umumiy boʻlgan maʼbudga topinish egalladi. Diniy tizimda kishilar maʼbudlarga qurbonlik keltiruvchi qullar darajasiga tushib kolli, shohlik hokimiyati esa ilohiy kuch deb eʼlon qilindi.

Ikki daryo oraligining somiy (akkad) aholisi dastlab oʻz qabila maʼbudlariga sigʻinardi. Ammo miloddan avvalgi 3-ming yillik oʻrtalariga kelib Ikki dare oraligida yashovchi somiylar dinida ham shumer maʼbudlari hukmronlik kila boshladi. Maʼbudlarning bir qismi shumer maʼbudlariga xos nomlar bilan bir qatorda yoxud ular oʻrniga somiycha nomlar bilan ham atalardi (Enlil — Bel, Innin — Ishtar, Utu — Shamash, Enki — Ea, An — Anu, Nanna — Sin va h. k.).

Bobil ravnaq topgan davrda (miloddan avvalgi 18-asr) mazkur shaharning homiy maʼbudi Marduk — oliy maʼbud deb eʼlon qilingan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda ayrim maʼbudlarning samoviy jismlar bilan tenglashtirilishi negizida astral eʼtiqrdlar rivojlandi. Shim.sharkiy Ikki dare oraligida, Ossuriyada ayni shu umumiy maʼbudga sigʻinish keng tarqaldi, bunga ayrim mahalliy (xurriy va boshqalar) maʼbudlarga topinish ham qoʻshildi, ammo Ossuriya bosh shahrining homiysi — Ashshur oliy maʼbud hisoblanib, u shahar nomi bilan shunday deb atalardi. Oliy maʼbud (Enlil, Marduk yoki Ashshur) bilan bir katorda 7 yoki 12 ta bosh maʼbud ham tan olinardi.

Qabila boshligʻiga jamoa hayotiy kuchqudratining timsoli sifatida sigʻinishga asoslangan tasavvurlar ham saqlanib qolgandi. Bobilda har yili marosim oʻtkazilib, unda podshoh oʻrnini vaqtinchalik kambagʻal bir kishi yoxud qul egallar, uni bosh kohin uribsavalab qoʻyardiki, bu udum ham keksayib, kuchdan qolgan qabila boshligʻinioʻldirish marosimining qoldigʻi edi. 2—1-ming yillnkda gunoh va tavbatazarru tushunchasi keng tarqaladi, ammo bu ham asosan marosim tarzida qabul qilinardi. Kohinlik kasb sifatida Ikki daryo oraligʻida juda erta — 4-ming yillikdayoq vujudga keldi. Hukmdor (podshoh) — kohin hisoblanardi. Ibodat rusumlarini oʻtkazish maqsadida miloddan avvalgi 4-ming yillikda jamoa ehrom xoʻjaliklaridan maxsus katta ehrom xoʻjaliklari ajralib chiqdi, keyinchalik ular podshoga qarashli xujaliklarning tarkibiy qismlariga kiritildi.



Ikki daryo orasidagi xalqlarning miloddan avvalgi 3-ming yillik 1-yarmidagi adabiyoti deyarli ogzaki boʻlgan. Miloddan avvalgi XIX—XVIII-asrlarga taalluqli yozma manbalar orqali bizga qadar yetib kelgan shumer epik qoʻshiqlari aynan oʻsha davrlarga mansub boʻlsa kerak. Uruk shahri qahramonlari — Enmerkar, Lugalband, Gilgamesh va boshqa haqidagi bir turkum qoʻshiklarda baʼzi tarixiy maʼlumotlar ham uchraydi. Ilonlar kushandasi Lugalband, Innin maʼbudasining majnuntoli va boshqa haqidagi qoʻshiqlar esa mifologik tavsifga ega. Maʼbuda Inninning doʻzaxga tushishi haqidagi eʼtiqodiy epik qoʻshiq arxaikligi bilan ajralib turadi. Oltin davr, madaniy kashfiyotlarning vujudga kelishiga bagʻishlangan etiologik epik qoʻshiqlar ancha keyingi davrlarga mansub. Miloddan avvalgi XXIV—XXI-asrlar podshohlar Sargon va Naramsinlarning koʻrsatgan qahramonliklari, yurishlari haqidagi shumer hamda akkad tilida kuylangan tarixiy — qahramonlik eposlari keng shuhrat topgan davr boʻldi. Shohlarni axloqsizlik va nopoklikda ayblovchi, umuman podshohlar hukmronligiga qarshi ruhdagi axloqiydiniy dostonlar ham ularga bagʻishlangan. Gilgamesh haqidagi epik dostonda (baʼzi manbalarda miloddan avvalgi 26-asr deb, baʼzilarda esa 22-asr deb koʻrsatiladi) fojiaviy inson taqdiri va abadiyatga yetkazuvchi chorani izlash yoʻlidagi urinish yuksak badiiylik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi XXII-asrdan boshlab baʼzi rasmiy uyma yozuvlar (shumer tilida bitilgan Gudeya ehromi qurilishi haqidagi va podshoh Utuxegalning kutiylar toʻdasi ustidan kozongan gʻalabasiga bagʻishlangan bitikdoston) vujudga kela boshlaydi. Miloddan avvalgi XVIII-asrga va undan keyingi davrlarga oid yozma manbalardan maʼlum boʻlgan koʻpgina pandnasihat tarzidagi adabiyotlar ham miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirlariga mansubdir. Muallifi. Shuruppak va uning oʻgʻli Ziusudr deb taxmin qilinayotgan hikmatli oʻgitlar ana shunday adabiyotlar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, haqiqiy insoniy musibatlarni ifoda etuvchi tavbatazarrular, marsiyalar, shuningdek shumerlarning 2 ta ajoyib toʻy hamda 2 ta dafn marosimi qoʻshiklari diqqatga sazovordir. Akkad mumtoz adabiyotining shakllanishi miloddan avvalgi XVI—XII-asrlardagi kasidachilik adabiyoti davriga toʻgʻri keladi: 7 ta qoʻshiqdan iborat falakiyotga oid doston (huvillagan boʻshlikdan (xaosdan) olam yaralishiga, xudolarning keksa va yosh avlodlari kurashiga bagʻishlangan) shu jumladandir. Mavjud borliqqa ishonchsizlik, hatto tanqidiy koʻz bilan qaraluvchi "Nippurlik qashshoq" kabi dostonlar ham yuzaga keladi.


  1. Download 31,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish