Bobil dini. Bobilda ilm fan, yozuv



Download 31,44 Kb.
bet2/4
Sana16.01.2022
Hajmi31,44 Kb.
#372037
1   2   3   4
Bobil madaniyati — qadimda (miloddan avvalgi 4—1-ming yillik) Mesopotamiya (hozirgi Iroq hududi)da yashagan va Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya kabi yirik davlatlar barpo etgan xalqlar — shumerlar va akkadlar, bobilliklar va ossuriyaliklar madaniyati; bir tomondan yuksak darajada taraqqiy etgan ilm-fan, adabiyot va sanʼat hamda boshqa tomondan diniy mafkuraning ustuvor boʻlganligi bilan ajralib turgan.

Bu xalqlarning moddiy madaniyati nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Biroq tosh qurollar faqat miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlariga kelgandagina uzil-kesil isteʼmoldan chiqqan. Metallurgiyada 3-ming yilliqda quymachilik, temirchilik, zarbchilik, oltin va kumush simlar tayyorlash, nafis zargarlik usullari maʼlum boʻlgan. Asosiy qurilish materiali xom gʻisht (guvala) va maʼlum darajadagina pishiq gʻisht hisoblangan; binolarni gumbazli qilib qurish, yerning zaxini qochirish, zovurlar ochish va boshqa usullar maʼlum boʻlgan, lekin unchalik rivojlanmagan. Keyinroq texnika taraqqiyoti kurtaklari sezilarli darajada burta boshlagan. Harbiy texnika takomillashgan — aravalarda jang qiladigan qoʻshinlar (2-ming yillik boshida), mis sovutlar (2-ming yillik oʻrtalaridan), otliq askarlar, qilich, mustahkamlangan harbiy istehkomlar, qamal qilish qurollari — oʻtkir uchli xoda (taran)lar paydo boʻlgan, tosh koʻpriklar, charm meshlardan qalqma koʻpriklar qurilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Ossuriya va Bobilda temir qurolyarogʻlar paydo boʻldi, hunarmandchilikda olmos parma ishlatila boshlandi. taxminan 2 va 1 ming yillik oʻrtalarida yangi sugʻorish texnikasi — charxpalaklar va charm paqirli "uzluksiz" arqon suv chiqargichlar paydo boʻldi. Miloddan avvalgi VII-asrda Ossuriyada dastlabki tosh quvur (akveduk) qurildi. Ossuriyaning oʻziga xos adabiy yodgorliklari bizgacha deyarli yetib kelmagan. Faqat Bobil adabiy janrlariga oʻxshatma tarzda doston. madhiya va ibodat matnlari uchraydi; bularning baʼzilari podshoh Ashshurbanipal tomonidan yozilgan. Ossuriya adabiyotining mustaqil janri podshoh annallari hisoblanadi. Bularning baʼzilari ritmik nasr namunasi sifatida jang manzarasini jonli, rangbarang boʻyoqlarda ifoda etadi: Sargon II ning (miloddan avvalgi 714 yilda) Urartuga qilgan yurishi haqida Nabushallimshununing maʼbudga yozgan xati bunga misol boʻla oladi. Miloddan avvalgi VII-asrda Ossuriya davlati tugatilgach, biror arzigulik adabiyot namunasi yaratilmagan. Koʻhna Bobil, shuningdek qisman shumer koʻhna adabiy yodgorliklari (asosan diniy mavzudagi) miloddan avvalgi 1-asrgacha jonli oromiy tilits" qayta koʻchirib kelingan. Annallar, yilnomalar va bashoratlardan tashqari koʻhna Ikki daryo oraligi xalklarining barcha adabiyoti sheʼriy asarlardir.

Qadimgi dunyo badiiy madaniyatida miloddan avvalgi 4—1-ming yilliklardagi Mesopotamiyaning qabila va xalqlarining nafis sanʼati muhim oʻrin tutadi. Mesopotamiyada Qadimgi Misrda boʻlgani singari meʼmorlik, haykaltaroshlik, sanʼatlar uygʻunligi, inson va atrof muhit tasvirining keyingi davrlarga xos boʻlgan koʻpgina turlari ilk bora shakllanib taraqqiy etdi.

Mesopotamiyadagi qadimiy badiiy yodgorliklar (loydan qoʻlda yasalgan diniy boʻyama sopol idishlardagi bir xil qolipdagi geometrik naqshlar va uslublashtirilgan qush, hayvon va inson tasvirlari; loydan yasalgan haykallar) miloddan avvalgi 5—4-ming yillikka oid. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning oʻrtalaridan kulollik charxi paydo boʻldi, devorlari baʼzan rangbarang loy qalpoqchalar shaklida geometrik koshinkori naqshlar bilan bezatilgan ibodatxonalar qurilishi rivojlandi (Urukdagi xom gʻishtdan ishlangan baland supa ustiga qurilgan tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli "Oq ibodatxona"). JamdatNasr davri (miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri — 3-ming yillik boshlari)da mukammal haykaltaroshlik rivojlandi (Urukdan topilgan ayol boshi; miloddan avvalgi 3-ming yillik, Iroqmuzeyi, Bagʻdod). Mesopotamiya boʻrtma haykaltaroshligi shakllandi (Urukdagi yuzasi hoshiya qavatlarga maishiy lavhalar inson va hayvonlarning shakllari bilan bir maromda almashinib takrorlanuvchi yassi boʻrtma tasvirli idish, Iroq muzeyi, Bagʻdod), toshga naqsh oʻyish sanʼati (gliptika) yuksak darajada rivojlandi.

Shahardavlatlar tashkil topgan davrda (miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlarida) sanʼatda shartlilik va qoidaga amal qilishlik belgilari rivojlangan. Shumerning yuksalish davrida podshoh hokimiyati va kohinlar taʼsirining kuchayishi ibodatxonalar meʼmorligi rivojida muhim rol oʻynadi. Maʼbudlarning buyukligini taʼkidlashga intilish meʼmoriy inshootlarning ulugvor geometrik sodda tuzilishida namoyon boʻldi. Toʻgʻri toʻrtburchak (murabba) tarhli ibodatxonalar poydevori baland (binoni zax bosishdan saklash uchun) maxsus hosil qilingan tepalikka xom gʻishtdan qurilgan. Shumerning ilk sulolalariga oid ibodatxona meʼmorligiga koʻppogʻonali minora — yuqorisida "Maʼbud uyi" boʻlgan zikkuratlar kiradi. Urdagi zikkurat (miloddan avvalgi 22—21-asrlar) uchta ustmaust oʻrnatilgan kesik piramidadan iborat: zikkurat peshayvoni tashki zinapoyalar bilan oʻzaro bogʻlangan, qatlamlari turli ranglarga boʻyalgan. Shumerning yassi tomli va tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli, atrofi baland devor bilan oʻralgan hovlili turar joy binolari keyinchalik ibodatxonalar va saroylar meʼmorligiga taʼsir etgan.

Shumerning mayda shakllar haykaltaroshligi (maʼbudga siginayotgan tosh va jezdan ishlangan haykalchalar) sodda va boʻlinmas shakllardan iboratligi bilan ajralib turadi. Urdagi "podshohlar" maqbarasidan chiqqan buyumlar — naqshinkor qalpoq (dubulgʻa), toj va xanjar, uning qini naqshlar bilan nafis ishlangan, oltin va lojuvarddan ishlangan hoʻkiz boshi jonli ifodalangan (arfa bezagi).

Mesopotamiyaning Akkad sulolasi hukmronligi ostida birlashgan davriga oid (mil av. 24—22-asrlar) uncha koʻp saqlanmagan yodgorliklarda hukmdor kultining kuchayganligi aks etgan. Boʻrtma tasvirlarda shartli uslubni saqlagan holda mujassamot, shakllar hajmi, atrof muhitni koʻrsatishda koʻproq erkinlikka intilishga harakat qilingan (urush lavhalari tasvirlangan podshoh Naramsin tosh stelasi, Luvr, Parij; ov manzarasi aks ettirilgan silindrsimon muhr — hammasi miloddan avvalgi 23-asr). Mukammal haykaltaroshlikda — portret shaklini yaratishga intilish (Nineviyadagi jezdan ishlangan hukmdor boshi; miloddan avvalgi 23a, Iroq muzeyi, Bagʻdod) jezga badiiy ishlov berish usuli — rixtagarlik, kandakorlik sanʼati yuqori choʻqqiga koʻtarilgan. Akkad sanʼati anʼanalari Lagash shahri portret sanʼatida saqlangan (hukmdor Gudea haykali, miloddan avvalgi 22-asr, Luvr, Parij).

Ur davlatining III sulolasida (miloddan avvalgi 22—21-asrlar oxiri), kohinlarning byurokratik tuzumi sharoitida badiiy ustaxonalarda ishlangan shakllar soxtaligi bilan ajralib turadigan boʻrtma tasvirlarda maʼbudlarga sajda qilish sahnalari aks etgan. Bobil shahrining yuksalish davriga oid (miloddan avvalgi 18-asr) yodgorliklar oz saqlangan: podshoh Hammurapi qonunlari toʻplami bitilgan diorit yodgorlik toshining yuqori qismida Shamash maʼbudiga sajda qilayotgan podshohning boʻrtma tasviri (Luvr, Parij); Maridagi saroy devoridagi bezaklarda diniy mavzular, maʼbudlar tasviri va boshqa aks ettirilgan.

Mesopotamiya sanʼati rivojining yangi bosqichi Ossuriyaning yuksalishi bilan bogʻliq. Ossuriya sanʼati Akkad va xettlar madaniyati taʼsirida asosan miloddan avvalgi 2-ming yillikda shakllangan (Kar-Tukulti-Ninurta shahri saroyidagi boʻrtma tasvirlar, miloddan avvalgi XIII-asr). Ossuriya sanʼatining rivojlangan davri Ossuriya harbiy davlatining kuchqudrati yuksalishi davriga toʻgʻri keldi (miloddan avvalgi IX—VII-asrlar). Uning asosiy mavzusi urushlar, gʻolib podshohni ulugʻlashdan iborat boʻlgan. Shaharlarning doimiy loyihasiga kiritilgan Ossuriya podshohlari saroylari tarhi toʻgʻri toʻrtburchak tepalikka qurilgan qalʼa koʻrinishida boʻlib, undagi koʻplab xonalar, ichki hovli atrofida assimmetrik joylashtirilgan. Hashamatli baland ravoqli peshtoq — darvozasining ikki yon tomonidagi minoralar asosida mahobatli homiyhimoyachi (odam boshli qanotli hoʻkiz) boʻlgan. Saroy majmualari toʻgʻri burchakli ibodatxona xonalari va zikkuratlar (DurSharrukindagi Sargon II saroyi, hozirgi Xorsobod; miloddan avvalgi (712—707)ni oʻz ichiga olgan. Saroylar tashqi bezagida asosiy oʻrinni ganch va ohakdan ishlangan boʻrtma tasvirlar, afsonaviy maxluqlar, jang va ov sahnalari, saroy hayoti egallagan. Miloddan avvalgi IX-asrga oid izlarga joylashgan boʻrtma tasvirlar (Kalxudagi Ashshurnasirpal II saroyi, hozirgi Nimrud, miloddan avvalgi IX-asr)da kiyimlardagi naqsh bezaklari qunt bilan bajarilganligi koʻzga tashlanadi. Insonning jismoniy kuchqudratini madh etishga intilish, inson mushaklarini boʻrttirib koʻrsatib, shakllarning basavlatligida ifodalangan. Miloddan avvalgi VIII—VII-asrlar boʻrtma tasvirlari bilan erkin toʻldirilgan devorlar sathida, hikoyanavislik, hayotiy sahnalarni, tabiat manzaralari, kengliklarni koʻproqaks ettirishga intilish kuchaydi (Nineviyadagi Sinaxerib saroyi boʻrtma tasvirlari, hozirgi Kuyunjik, miloddan avvalgi 705—680). Miloddan avvalgi VII-asr boʻrtma tasvirlarda hayvonlarni real tasvirlash yuksak choʻqqiga koʻtarildi, obrazlarning taʼsirchanligi va joʻshqinligi kuchaydi (Nineviyadagi Ashshurbanipal saroyidagi "Jon berayotgan ona sher" boʻrtma tasviri, miloddan avvalgi VII-asr). TilBarsib (hozirgi TelAxmar, miloddan avvalgi VII-asr) saroyida saqlangan devoriy bezaklar boʻrtma tasvirlarga uslub jihatdan yaqin, tekis va rangbarang bezaklari bilan ajralib turadi.

Ossuriya saroylari bezagida, shuningdek rangbarang sirlangan gʻishtlardan ishlangan frizlar va metall bezak buyumlar hamda boʻrtma tasvirlarda qoʻllanilgan (Balavatdagi jez qoplangan darvoza, miloddan avvalgi IX-asr, Britaniya muzeyi, London). Ossuriyaning meʼmorlik bilan bogʻliq nodir mukammal haykallariga mahobatlilik, dabdabali sokinlik va yaxlitlik xos (Ashshurnasirpal II haykali, miloddan avvalgi IX-asr, Britaniya muzeyi, London). Amaliy sanʼat yuksak darajada rivojlandi — silindrsimon muhr tayyorlash, badiiy toʻqimachilik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, metallga ishlov berish va boshqa

Ossuriya davlati tugatilgandan keyin (miloddan avvalgi VII-asr) Bobil sanʼati qisqa muddatli rivojlanishni boshidan kechirdi (miloddan avvalgi VII—VI-asrlar — "Yangi Bobil" davri). Bobil shahri ansambli murakkab mudofaa tizimi, keng va toʻgʻri koʻchalari, Navuxodonosor II saroyi, Esagil ibodatxonasi majmuasi va 90 m li Etemenanka zikkurati bilan oʻziga xos ajoyibdir. Bobilni Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi (miloddan avvalgi 538) va keyinchalik Salavkiylar davlati tarkibiga kirishi (miloddan avvalgi 4-asr oxiri) natijasida Bobil madaniyatida fors, keyinchalik ellinistik sanʼat taʼsiri seziladi. Oʻz navbatida Bobil sanʼati Eron va Parfiya sanʼati rivojiga taʼsir koʻrsatgan




  1. Download 31,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish