GERMANIYA
Mamlakatning maydoni — 356955 kv. km, aholisining soni — 83 million 870 ming kishi*. Poytaxti — Berlin. Urbanizatsiya darajasi 87a. Aholisining 95% — nemislar,
2 — turklardan iborat. Savodxonlik darajasi — 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi — l trillion 452,2 milliard AQSH dollari bo‘lib, kishi boshiga 17944 dollar. Bu mamlakat transport sohasining rivojlanishi bo‘yicha G‘arbiy Yevropada birinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik aeroport — Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Bu shaharda yiliga ikki marta yirik xalqaro savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Daryo transporti ham (asosan Reyn daryosi bo‘yicha) yaxshi rivojlangan shaharlarda yirik otellarning soni juda ko‘p. Qishloq mintaqalarida kichik oteli va kafelar
«gastshtete»lar mashhur. Shimoldagi eng yirik shahar
— Gamburg bo‘lib, turistlarning asosiy qismi shu yerga keladi. Gamburg milodiy IX asrda vujudga kelib, shaharning nomi «•o’rmon qal’asi» ma’nosini anglatadi. Hozirgi vaqtda Gamburg mamlakatning yetakchi sanoat markazi bo‘lib hisoblanadi. Gamburg yiliga 15 mingdan ortiq kemalarni qabul qiladi. Lyubek va Kil — qadimgi go‘zal shaharlardan bo‘lib, bu yerdagi ibodatxonalar juda mashhur. Bu shaharlar markazidagi o‘rta asrlar davriga oid tarixiy yodgorliklar kishining diqqatini o‘zigajalb qiladi. Shtutgart shahri buyuk shoir va olim Shiller nomi bilan bog‘liq. Myunxen shahri o‘z vaqtida katoliklarning markazi bo‘lgan. Bu shaharning
* Mamlakatlarga tegishli ma’lumotlar (maydoni, aholisining soni va h.k.) «TypHcTHnecKH ii £tTJI£tC MH]3a» — C D hamda «Geografiya CD» manbalaridan olingan.
nomi ‹Myonx› — rohib, degan ma’noni beradi. Myunxenda saroy, monastir va ibodatxonalar ko‘p. Xalq liboslari hozirgacha katta ahamiyatga ega. Ovqatlanishda turli ko‘rinishdagi kolbasa, sosiska va umuman cho‘chqa go‘shtidan bo‘lgan mahsulotlar katta o‘rin tutadi. Nemis pivosi mashhur bo‘lib, Germaniyada ushbu ichimlikning bir necha yuz turi ishlab chiqariladi. Mahalliy aholi va turistlar orasida juda mashhur maxsus pivoxonalar
‹kneype › deb ata la di. Mamlakat ning shimolida protestantlar, janubida esa katoliklarning soni nisbatan ko‘proq. Katoliklarning milliy kiyimida ko‘k, qizil va yashil ranglarga katta ahamiyat beriladi.
Mamlakatda tranzit sayohatchilar ko‘p bo‘1ib, ayniqsa Polshadan shop-turga keladiganlarning soni anchagina. Shu bilan birga xorijda o‘z ta’tillarini o‘tkazuvchi nemislarning qismi ortib bormoqda. Nemislar, amerikaliklardan keyin, ta’til davrida eng ko‘p mablag‘ sarflovchi xalq hisoblanadi. 1991- yili jahon turistlari sarflagan pul miqdorining 13% nemislarga to‘g‘ri keldi. Asosiy dam olish mintaqasi esa O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari bo‘lib qolmoqda. Shveytsariya va Avstriyaga — 18,4 , Skandinaviya mamlakatlariga nemis turistlarining 5,1% qismi to‘g‘ri keladi. 1990- yili Germaniya birlashgandan keyin Ispaniya, Portugaliya, Turkiya va Kiprga boruvchi nemislarning soni ortdi. Olis turistik yo‘nalishlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi, Maldiv orollari, Shri-Lanka va Keniya nemis sayyohlarini o‘ziga jalb eta boshladi.
Germaniyaning o‘zida dam oluvchilarning soni
nisbatan kamligi narxlarning yuqoriligi bilan izohlanadi.
‹ Biznes-turlar» asosan Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Shveytsariyadan bo‘ladi. Mamlakat mada- niyatining o‘ziga xosligi milliy liboslarga bo‘lgan katta e’tiborida. Ayniqsa bayram va dam olish kunlari ko‘pgina germaniyaliklar milliy kiyimda yurishni xush ko‘radi1ar.
Qadimdan oilaviy hayotda uch «K› (Kirche, Kuche, Kinder — cherkov, oshxona, bolalar) asos hisoblanar edi.
Hozirda bu odat ancha o‘zgargan. Ayollar ijtimoiy va siyosiy hayotda borgan sari katta o‘rin egallamoqda. Sport ham germaniyaliklar hayotida sezilarli o‘rin egallaydi. Maxsus sport klublari — «fereyn›larning soni 50 mingdan ortiq. Bular 15 milliondan ortiq a’zoni birlashtiradi. Ayniqsa futbol, gimnastika, tennis va sportning yana bir qator turlari mashhur.
Germaniyada rojdestvo bayramidan tashqari, ‹masle- nitsa›, ‹pasxa› bayramlari ham nishonlanadi. Shuningdek bu yerda cherkov bayramlari — ‹kirmes»lar ham turistlarni jalb etishda katta ahamiyatga ega. Qishloq hududlarida qadimgi urf-odatlar asosida o‘tkaziladigan to‘ylar saqlanib qolgan. To‘y arafasi — ‹polterabend› deb atalib, juda quvnoq bo‘ladi. Odat bo‘yicha bu kuni ko‘plab idishlar sindiriladi. Germaniya shaharlaridagi eng yirik otellar: Gamburg shahri — ‹Norge» oteli, Gannover shahri — ‹ Entenfang› oteli, Dortmund shahri — ‹Dortmund» oteli, Kyoln shahri
— ‹ Park Plaza Xotel Kyoln› oteli, Bonn shahri
‹Eygner› oteli, Frankfurt shahri — «Kempinski Hotel Gravenbıyux», «Rezidens› otellari, Geydelberg shahri —
‹Vo‘ye1der», ‹Xo‘11ander Xo‘ff» otellari, Shtutgart shahri
— ‹Pannoniya›, ‹Vyortsur vaynstege», Berlin shahri
‹Shpri Bogen», ‹ Park Plaza», «Tempelxoff› otellari, Myunxen shahri — ‹Orbis» oteli, Drezden shahri
‹Elbflorens», ‹Pattis» otellari, Veymar shahri — ‹Porotin xoff», ‹ Russisher Xoff› otellari, Karlsrue shahri —
‹Rezidens» oteli, Potsdam shahri — ‹Sansusi› oteli.
Germaniyaning butun dunyoda shuhrat qozongan kurortlari qatoriga Baden- Baden, Visbaden, Bad- Reyxenxal va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |