Mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlashda darslik yaqindan yordam beradi. Darslikning 55- mashqi quyidagicha:
“Kichraytirish shakllarining qo‘llanishiga e’tibor bering.
Yigitcha, tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan. (O‘. Umarbekov).
Kundoshlarning eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi.(A.Qahhor)
O‘yinga mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan olti-yetti yashar qizaloq soy yoqalab kelayotgan kishiga ko‘zi tushib, shodon qiyqiradi: - Dadajon! Dadajon! (Erkin A’zam)
Iya, biz uning bobosi tengi bo‘lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? (Said Ahmad)
Mayli, kelib o‘tirsin – mana hovli, mana joy! Lekin manovi yetimchalaringni sudrab men qay go‘rga boray, ayt?! (Erkin A’zam)41
Mashqni quyidagi usulda amalga oshiriladi:
Yigitcha
|
qizaloq
|
Oygina
|
yetimcha
|
Kundosh
|
Dadajon
|
40 Ona tili: O‘rta ta’lim muassasalarining 10 -sinfi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. N.M.Mahmudov va boshqalar-Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,2017.Birinchi nashr.
41 Ona tili: O‘rta ta’lim muassasalarining 10 -sinfi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. N.M.Mahmudov va boshqalar-Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,2017.Birinchi nashr.
Bunda o‘quvchilar jadvalda berilgan so‘zlar orasidan mavzuga oid qo‘shimcha ishtirok etmaganini aniqlaydilar. Bunda o‘quvchilarning kichraytirish-erkalash qo‘shimchasi –gina bilan yuklama hisoblanmish –gina qo‘shimchasini farqlay olganliklari yoki aksi ekanligi aniqlanadi.
57-mashq: Erkalash shakllarining ijobiy yoki salbiy bahoda namoyon bo‘layotganini aniqlang.
Ha, endi, buvingnikiga ko‘chib ketadigan bo‘lsak, uyni tashlab ketamizmi, orqalab opketamiz-da, o‘g‘iltoy! (Sh.Boshbekov)
Gird-atrofini tomoshapechak qurshagan, qo‘g‘irchoqdek yasatig‘liq ayvonchasida bu dunyoning g‘am-u g‘urbatlaridan yiroq, mangu navqiron opaxonimiz desakmikan, onaxonimiz deakmikan (garchi buvimiz tengi bo‘lsa-da!) kaftlarini juftlashtirgancha, barmoqlarini qisirlatib, muqom bilan o‘yin tushmoqda. (E.A’zam)
Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, shuncha odam bekorga kelgani yo‘q! (E.A’zam)
Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. (T.Malik)
Sen shunaqa mo‘mintoyliging bilan hammani yengib kelgansan. Bu qiliq menga o‘tmaydi, bilib qo‘y (T.Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |