Kurs ishi muammolari: MTT da bolalar nutqini rivojlanishida tarbiyachi, ..
Kurs ishi obekti MTT da bolalar nutqini rivojlanishida tarbiyachining ta`siri.
Kurs ishi maqsadi: MTT da bolalar nutqini rivojlanishida va ..
Kurs ishi vazifasi: MTT da bolalar nutqini rivojlanishida tarbiyachi, …
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, nazariy qism, 2 bob 4 bo`lim, xulosa, va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I. BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 1.1. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga olib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg'or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya'ni mustaqil O'zbekistonda demokratik jamiyatning tolaqonli quruvchilari b`la olishlari tarbiyachiga bogliqdir. Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bolajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o`ganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bolgan metodlarini o‘zlashtirishi. bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim. Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so'zlarga o'rgatish. tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zarurligi; to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o'zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya'ni undoshlarning qattiqligi- yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri adabiy talaffuzni mashq qilishni nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor. Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi asoratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni etarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi mashg’ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g’ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim.
Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o'rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o`tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko'p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko'rinishidagi asoratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to'siq mamlakatimizda o'zga tilni o'rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi.
Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo'yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo`lmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o'zga tilni o‘qitishda birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida quyidagi vazifalar turadi:
eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish;
bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlami rus tilining orfoepik qoidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;
bolalar nutqining ifodaviyligini. yaxshi talaffuzni shakllantirish;
milliy shevaning oldini olish.
To`g‘ri talaftuz ko'nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug‘atni, ravon va grammatik to‘g ‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni-bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o'qitish (bolalarda qanday nutqiy ko'nikmalarni tarbiyalash), qanday o'qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o`qitish zarur (nutqni rivojlantirish-ning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi-maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Metodikaning asosiy vazifasi - ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko'nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o'rgatishning obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O'zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda hozirda mavjud boigan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o'z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko'chirgan holda
bolalarni ko'r-ko'rona tarbiyalaydi. U ko'p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko'rilmoqda, amaliyotning o'zi fan oldiga hali o'z yechimini topmagan muhim masalalarni qo'ymoqda.