kompetensiyalarni egallashi lozimligini aniq belgilab olish kerak bo’ladi.
lingvistik, nutqiy, mustaqil va ijodiy fikrlash, pragmalingvistik singari
69
kompetensiyalarni shakllantirish vazifasini qo’yadi.
O’quvchining nutqiy kompetensiyasi muayyan til imkoniyatlaridan
amalda foydalanish malakasidir. Nutqiy kompetensiya o’quvchilarning fonetik,
leksik, morfologik, sintaktik sohalarga oid bilimlarni o’zlashtirishi va ulardan
nutqiy vaziyatga muvofiq o’rinli foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishiga qarab
belgilanadi. Til kompetensiyasiga psixologik nuqtai nazardan ikki asosiy
tarkibiy qismdan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Ular shaxsning aloqa-
aralashuv va faoliyat jarayonida olgan til haqidagi bilimlaridir. Nutqiy tajriba
ona tilini amaliy bilish, oilada, ko’cha-ko’yda, jamoat joylarida boshqalardan
eshitish orqali maydonga keladi. Til haqidagi bilim maxsus dastur asosida ta’lim
muassasalarida o’qitish orqali shakllantiriladi. Imo-ishora, mimika singari
paralingvistik vositalar ham nutqiy tajriba asosida o’zlashtiriladi. So’zlovchi til
haqidagi bilim asosida nutqiy faoliyatga kirishsa-yu, lekin nutqiy tajriba asosida
hosil bo’ladigan bilimga yetarli ega bo’lmasa, uning lingvistik kompetensiyaga
to’liq ega emasligi bilinib qoladi.
Nutqiy kompetensiya – notanish matnni ifodali o’qiy olish, o’zgalar
fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og’zaki bayon qila olish, fikrni
yozma ravishda izchil ifodalay olish darajasi hisoblanadi.
24
Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 amali bo’yicha: tinglab
tuShunish bo’yicha (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi
asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish);
gapirish bo’yicha (monologik, dialogik og’zaki nutq turlarida o’z shaxsiy
qarashlari va fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish
ko’nikmalarini rivojlantirish); o’qish bo’yicha: mavzuga oid materiallarni,
adabiy-badiiy matnlarni, ommabop materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va
elektron xatlarni) o’qish; yozish bo’yicha (diktant, bayon, insho yoza olish,
ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishni bilish).
Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish uchun boshlang’ich ta’limdanoq
24
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi,Filologiya va zamonaviy pedagogic
texnologiyalar.: “Namangan”nashriyoti,.2016.–B.42
70
o’quvchilarga turli mavzulardagi matnlar bilan tanishtirish kerak. O’quvchilar
uchun notanish bo’lgan matn 3 marta o’qib eshittiriladi, o’quvchilar matn
mazmunini eslab qolib, u haqda ma’lumot berishlari, og’zaki tarzda aytib
berishlari lozim. O’quvchi og’zaki tarzda gapirishi uchun fonetika,
leksikologiya, morfologiya, punktuatsiya kabi tilshunoslik bo’limlarini yaxshi
bilishi, nutq so’zlaganda xatolarga yo’l qo’ymasligi lozim. Buning uchun
o’qituvchilardan tilshunoslik bo’limlarining har birini chuqur o’rgatilishi talab
qilinadi.
Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarida nutq
madaniyati fanining o’tilishi o’quvchi nutqini rivojlanishi uchun eng asosiy
vazifani o’taydi.
Ona tili va adabiyot darslarida o’quvchilarning og’zaki va
yozma nutq malakalarini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish,
o’quvchilarning darsdagi faolligini oshirish uchun nutq faoliyatini shakllantirish
eng asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: