Bob. Fuqarolik jamiyatining


Jamoat birlashmalari va tashkilotlarining fuqarolik jamiyati yaratishdagi o’rni, ahamiyati



Download 69,46 Kb.
bet5/6
Sana27.06.2022
Hajmi69,46 Kb.
#710175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ish

Jamoat birlashmalari va tashkilotlarining fuqarolik jamiyati yaratishdagi o’rni, ahamiyati
Fuqarolik jamiyati – insoniyat sivilizasiyasining nodir kashfiyoti. U yuksak madaniyatga asoslangan demokratik taraqqiyotning oliy shakli bo’lib, o’ziga xos ijtimoiy erkin makondir. Bu makonda odamlar bir-biridan va davlatdan mustaqil holda o’zaro hamkorlikda aloqada bo’lishadi.
Fuqarolik jamiyatining asosi bu – tamaddunlashgan, faoliyatda ongli va erkin, to’laqonli huquqqa ega individdir. Demak, jamiyat mohiyati va sifati, eng avvalo, unda yashovchi shaxslarning teran insoniy fazilatlariga – komil madaniyatiga bog’liq. Ana shu tariqa fuqarolik jamiyatining shakllanishi bevosita shaxsning individual ozodligi va erkinligiga, qadr-qimmatiga bog’liq44.
Gap shundaki, jamiyat turli individlarning oddiy majmui, jamoasi emas. Jamiyat – murakkab ijtimoiy organizm. U odamlarning o’zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Uldar hayoti, eng avvalo, ishlab chiqarish, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari va ularning o’zaro almashinuvi bilan bog’liq muayyan mushtarak tashkilot – institutidir.
Jamiyat – oilaviy qavm-qarindoshlik, ijtimoiy guruh va qatlamlar, sinfiy munosabatlar aloqalaridan iborat murakkab dinamik tizimdir.
Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar ustuvor bo’lgan individlar mushtarakligi, birligidir.
Bu munosabatlar ijtimoiy tashkilotlar orkali belgilanadi. Ijtimoiy tashkilolarga nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalar, o’z-o’zini boshqarish organlari tashkil etadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini – o’zi boshqarish va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlariyu manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyat muhim, asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat tashkilotlarini chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi45.
Mamlakatda XXI asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlarida kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
- birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
- ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
- uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi, yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;
- to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish;
- beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish;
- oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo’llab- quvvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya’ni davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini shrganish talab etiladi. Ijtimoiy – siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar guruhlarning siyosiy ehtiyojlari hamda manfaatlarini uyg’unlashtirish,ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchaydi.
Ma’lumki, manfaatlar – individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti – harakatlarini belgilovchilardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs “Hoqimiyatga intilish inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi – shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir”46, deb ko’rsatgan edi. Gegel esa: «Inson o’z ozodligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat – men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimizning subektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bo’lish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishi lozim»47, deb ko’rsatgan edi.
Demokratik fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri jamiyatdagi xususiy munosabatlarning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lishidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlanganidek, bunday jamiyatda: davlat xalqning irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi; davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda); davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi (7-modda); davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi (14-mod- da); davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar (15-modda); O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan bog‘liqdir (19-modda); davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi (58-modda); diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi (61-modda).
Ushbu konstitutsiyaviy normalar,birinchidan,davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni aniq belgilab beradi; ikkinchidan, ularning bir-birining faoliyatiga aralashmasligini mustahkamlaydi; uchinchidan, ularning bir-biriga bog‘liqlik tomonlarini ham aniq ko‘rsatib beradi; to‘rtinchidan, demokratik fuqarolik jamiyatida davlat ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini belgilaydi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgarligining Konstitutsiya normasida mustahkamlab qo‘yilganligi davlat va uning organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va uni amalga oshirish tizimini hamda mexanizmini rivojlantirishning bevosita huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi48.
Jamiyatni modernizatsiyalashning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy madaniyatini yuksaltirish, unga demokratik erkinliklarning mazmun va mohiyatini to‘g‘ri tushunib olish hamda uni amalda qo‘llash imkoniyatlarini yaratib berishdan iboratdir. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, siyosiy madaniyat, avvalo fuqarolar, davlat idoralari va uning mansabdor shaxslari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari hamda o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining Konstitutsiya va qonunga bo‘ysinishidan boshla- nadi. Shuning uchun ham biz o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan adolatli fuqarolik jamiyatida nafaqat aholi siyosiy-huquqiy bilimining oshishi, siyosiy ongining yuksalishi, balki, birinchi navbatda, barcha darajadagi mustaqil hokimiyat tarmoqlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faoliyati samaradorligining ortishiga ham alohida e’tibor qaratishimiz kerak49.
Demokratik jamiyatning muhim belgilaridan biri, bu – ko’ppartiyaviylik bilan bir qatorda o’z a’zolarining yuksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar guruhlarining mavjudligi, ularning jamiyat va davlatning barcha institutlari bilan o’zaro teng huquqlilik asosida faol munosabatda bo’lishidir. Siyosiy partiyalar o’z o’rinda nodavlat notijorat tashkilotlarning turli manfaatlarini birlashtiradi, o’zida ifoda etadi. Bu bilan birga, o’z manfaatlari yo’lida bu guruhlardan foydalanish va hamkorlik qiladi.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingan dastlabki yillardan boshlab mamlakat prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib, nodavlat, notijorat tashkilotlarini demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e’tibor berib kelmoqda. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov mamlakat taraqqiyoti to’g’risida so’zlar ekan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlarini quyidagicha ifodalaydi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»50.
Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o’laroq, 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmui mamlakatimizda demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan. Ayniqsa, Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida qabul qilingan
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida»gi Konstitusiyaviy Qonunning 2-moddasiga binoan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari quyidagicha ifodalandi:
- qonun ustuvorligi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o’rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash;
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash;
- siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
- nodavlat, notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash;
- fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini har tomonlama mustaqkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o’tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish».
Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitusiyaning g’oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMTning «Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi», asrlar mobaynida ilg’or va etakchi mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan milliy va sharqona davlat hamda jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an’analarini o’zida mujassamlashtirdi.
Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida uning muhim institutlaridan biri bo’lgan nodavlat, notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslar yaratildi. Konstitusiyaning alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan bobi respubliqada fuqarolik jamiyati va ko’ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihatlardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va tushunchalarga huquqiy aniqliklar kiritildi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta’riflana boshlandi. Ayniqsa, konstitusiyaning 58 moddasidagi «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun keng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi»51, 34 moddadagi «O’zbekiston Respublika fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalarida, ommaviy axborotlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas», degan fuqarolik jamiyat mustaqilligini ta’minlashga doir huquqiy prinsipning e’tirof etilishi respublikadagi jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlik mobaynida tajribalaridan va sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini bildiradi. O’zbekistonda saylov tizimi uchun konstitusiyaning «saylov tizimi» deb nomlangan bobidagi 117 moddaga binoan respublika «fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar»52.
Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’lgan saylovlarda siyosiy partiyalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari – vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan parityaviylik tizimini qaror toptirishdir.
Faqat ko’ppartiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me’yorlarini belgilab bormoqda.
Mamlakatda nodavlat, notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta’minlash, shuningdek ularni fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta’minlash maqsadlarida davlatning «kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi. Unga ko’ra, avvalambor, hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o’tkazishga qaratilgan. Mavjud qonun va huquqiy hujatlarini bir tizimga keltirish va ularga qo’shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish lozim53.
Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkindashtirish masalalari mazkur siyosiy dastur qabul qilingandan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan “O’zbek modeli” asosida jamiyatni har tomonlama isloh etishning asosiy yoo’nalishi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga qaratildi. Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy guruhlarning xilma – xil ehtiyojlari va manfaatlarini o’zida ifodalashga, ularni hayotga tadbiq etishga qaratilgandir. O’z o’rnida, nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy institutlar bevosita yoki bilvosita siyosiy hokimiyatning amal qilishga hissa qo’shadi yoki bu jarayonlarda ishtirok etadi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati natijasida jamiyat siyosiy tizimi kengliklarida jamiyatning iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotiga mansub bo’lgan turli – tuman ijtimoiy tabaqalar manfaatlari o’zaro ziddiyatlashuvi natijasida rivojlanish ro’y beradi. Shuningdek, bu jarayonlar turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning o’ziro kelishuvi, hamkorligiga imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi o’tish davri va demokratik mezonlar har bir siyosiy partiyani mustaqil institut sifatida o’z ijtimoiy bazasi bo’lgan ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va dunyoqarashlariga mos harakat dasturlariga egi bo’lishi, siyosiy plyuralizmni shakllantirib, turlicha qarashlar raqobati va munosabati asosida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun zamin tayyorlashini talib etmoqda.
Fuqarolik jamiyati bilan davlat nisbati uzviyligi o’laroq, xalq hayoti va faoliyati fuqarolik jamiyatiga xos qo’yidagi tizim asosida kechadi:

Hozirgi kunda deyarli barcha jamoat tashkilotlari mamlakatni demokratik yo’nalishda rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida qaramoqdalar. Jamoat tashkilotlariga birlashgan fuqarolar ular orqali o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar. Bunday sharoitda jamoat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat ishlarini amalga oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda.


Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldiga muayyan maqsad va vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida, jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z- o’zidan uning o’zgacha mohiyat kasb etishiga olib keladi. Binobarin, jamoat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga aylanib bormoqda. Bunday sharoitda ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda namoyon bo’lishi obyektiv xususiyatga egadir.
Jamiyatdagi qarama-qarshi kuchlar va harakatlar, turli manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni barqaror ta’minlaydigan mexanizmni barpo etish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish ham jamiyatni modernizatsiyalashning asosiy muammolaridan biridir. Iqtisodiy sohada turli shakllardagi mulklarning vujudga kelayotgani va ularning qonun oldida tengligi hamda davlat tomonidan teng muhofaza qilinishi jamiyatda har xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning shakllanishini taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turli mulk shakllarining vujudga kelishi va ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga muvofiq holda manfaatlari o‘zaro mos kelmaydigan qarama-qarshi kuchlar hamda harakatlarning ham paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda «Adolat» sotsial demokratik, «Milliy tiklanish» demokratik, «Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik» va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyalarining faoliyat yuritayotgani ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllan- ganidan dalolatdir. Mamlakatimiz siyosiy maydonida tobora mustahkam o‘rin egallayotgan va xalqimiz o‘rtasida o‘ziga e’tibor tortayotgan, aholimizning ma’lum ijtimoiy guruhlari manfaat va intilishlarini ifoda etishga qodir bo‘lgan partiyalarga davlat rahbari lavozimiga nomzodlarni ko‘rsa- tish huquqi berilishi, o‘z navbatida, barcha demokratik norma va talablarga to‘liq javob beradi54.

Download 69,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish