Bob. Diplomatik huquqning xalqaro huquq tizimida tutgan o‘rni



Download 116,97 Kb.
bet12/18
Sana31.12.2021
Hajmi116,97 Kb.
#224154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI

Konsullik huquqi — davlatlar o‘rtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solishga xizmat qiluvchi xalqaro huquq institutlaridan biridir. uning normalari 1963 yilgi Vena konvensiyasida kodifikatsiya qilingan. Davlatlarning keng tarqalgan amaliyotlaridan biri xalqaro huquqning tegishli kridalarini aniqlashtiruvchi yoki ularga boshqacha shakl beruvchi ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining to‘zilishidir. Misol uchun, konsullik organlari deb nomlanuvchi konsullik muassasalari faoliyati doirasini belgilovchi konsullik vakolatxonasi joylashgan davlat hududi chegaralarini aniqlashga karatilgan konvensiyalar.

Konsullik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama asosda to‘ziladi. 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi universal ahamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. O‘zbekistan Respublikasi ushbu konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qilgan.

Konsullik huquqida konsullik masalalari bo‘yicha konvensiyalar va ikki tomonlama shartnomalar muhim urin tutadi. Shuningdek, konsullik organlari maqomi, funksiyalari, to‘zilipshni hamda xorijiy konsullik muassasalari huquqiy holatini belgilab beruvchi milliy qonunchilik qoidalari ham katta ahamiyatga ega.

Konsullik muassasalalari toifalari va xodimlari

Konsullik muassasalari — xorijiy davlat hududida joylashgan va o‘z davlati, uning fuqarolari va tashkilotlari manfaatlarini ximoya qilish bilan bog‘liq funksiyalarni amalga oshiruvchi davlatning doimiy tashqi aloqalar organi hisoblanadi.

Mustaqil konsullik muassasalari:



  • birinchidan, bosh konsullik;

  • ikkinchidan, konsullik;

  • uchinchidan, vitse — konsullik;

  • to‘rtinchidan, konsullik agentliklari kabi toifalarga bo‘linadi.

Diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari mudir tomonidan boshariladi. U konsul yoki bosh konsul deb nomlanishi mumkin.

Konsullik muassasalari toifalariga mos tarzda ular boshliklarining toifalari:



  • birinchidan, bosh konsullar;

  • ikkinchidan, konsullar;

  • uchinchndan, vitse — konsullar;

  • to‘rtinchidan, konsullik agentliklari aniqlanadi.

Davlat konsulxona mansabdor shaxsini vakil qilib tayinlashda o‘nta konsullik patentini takdim qiladi. Unga asosan qabul qiluvchi davlat mazkur shaxsga konsullik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat topshiradi. Ushbu hujjat ekzekvatura deb nomlanadi.

Konsullik aloqalarining o‘ziga hosligi shundaki, ular diplomatik munosabatlari o‘rnatilmagan holatlarda ham o‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin va xatto davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘zilishi ham ipso facto konsullik aloqalarining bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.

1963 yilgi Konvensiyada belgilangan konsullik funksiyalari ham o‘ziga hos. Konsulxonaning eng asosiy funksiyasi — konsulxona joylashgan davlatda (odatda konsulxona okrugi chegarasida) xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq ravishda vakil qilib yuborgan davlat va uning fuqarolari (yuridik va jismoniy shaxslari) manfaatlarini ximoya qilishdir.

Konsullik muassasalari:



  • Birinchi — hokimiyat organlariga konsullik muassasalari joylashgan davlatning iqtisodiy, savdo, ijtimoiy, madaniy va siyosiy xayoti to‘g‘risida axborotlar berib turish;

  • Ikkinchi — o‘z davlati fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlat qonun va odatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • Uchinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrug hududida o‘z davlati fuqarolarini hisobga olish;

  • To‘rtinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrugda joylashgan o‘z davlati fuqarolari, davlat organ va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, harbiy va fuqarolik kemalari hamda havo kemalariga, ularning ekipajiga amaliy yordam berish va konsullik faoliyatini amalga oshirish;

  • Beshinchi — pasport — viza faoliyatini amalga oshirish;

  • Oltinchi — fuqarolik holati dalolatnomalarini kayd etish idoralari funksiyasini bajarish, notarial harakatlarni amalga oshirish;

  • Yettinchi — konsullik legalizatsiyasi bilan shug‘ullanish, ya’ni konsullik muassasasi joylashgan davlat organlaridan chiqadigan hujjatlar imzolarini belgilash va ularning xakikiyligini va ushbu hujjatlarning shu davlat qonun va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlash;

  • Sakkizinchi — talab qilib olingan hujjatlar bo‘yicha shunday amallami amalga oshirish;

  • Tukkizinchi — konsullik muassasasi joylashgan davlatda voyaga yetmaganlar va to‘liq muomala layokatiga ega bo‘lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish;

  • Uninchi — sud va boshqa muassasalarda o‘z fuqarolari manfaatlarini yoklab chiqish va vakillar bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarini kurish;

  • Un birinchi — o‘z davlati tergov yoki sud organlarining topshiriklarini bajarish kabi funksiyalarni bajaradi.

Ma’lum bir xorijiy davlatda diplomatik vakolatxonaning yo‘qligi diplomatik funksiyalarni bajarishni konsullik muassasasiga yuklash amaliyoti umum tan olingan qoidaga aylangan.

Xalqaro huquq shuningdek, konsul tomonidan uchinchi bir davlat nomidan va uning manfaatlari yo‘lida ma’lum funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ham yo‘l kuyadi.

Konsullik muassasasi u joylashgan davlat hududida tegishli harakatlarni amalga oshirganligi uchun konsullik yig‘imlarini undirish huquqiga ega. O‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashmasliklari lozim.

Konsullik muassasasi joylashgan davlat o‘z navbatida konsullik muassasasiga va uning xodimlariga xurmat ko‘rsatishi va ishlashi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.

Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari

Konsullik muassasalari va ular xodimlari uchun immunitet va imtiyozlar 1963 yidsa qabul qilingan Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida belgilanganidek, «alohida shaxslar foydasi uchun emas, balki konsullik muassasalarining davlat nomidan o‘z funksiyalarini samarali amalga oshira olishlarini ta’min etish uchun» beriladi.

Konsullik muassasalari va ularning xodimlari immunitetlari moxiyatan diplomatik immunitetlar bilan mosdir, Biroq, imtiyoz va imkoniyatlari konsullik funksiyalarining o‘ziga hosligini inobatga olganda anchayin keng.


Download 116,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish