Bob. Diplomatik huquqning xalqaro huquq tizimida tutgan o‘rni



Download 116,97 Kb.
bet17/18
Sana31.12.2021
Hajmi116,97 Kb.
#224154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI

Xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi. O‘zbekiston Respubli- kasida konsullik xizmati.

O‘zbekiston Respublikasida konsullik xizmatining huquqiy asoslarini



«O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi» tashkil etadi. Konsullik ustavi 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan bo‘lib, 4 bo‘lim, 13 bob, 78 moddadan iborat2. Konsullik ustavi 1963-yilgi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalari asosida tayyorlangan. Konsullik ustavi to‘rt guruh konsullik xizmatiga oid munosabatlarni tartibga soladi:

  • birinchidan, konsullik muassasalari va ularning faoliyatini tashkil etish;

  • ikkinchidan, konsullik vazifalari va ularni bajarish tartibi;

  • uchinchidan, notarial harakatlar, konsulning hujjatlarini qonunlash- tirish, konsullik yig‘imlari;

  • to‘rtinchidan, imtiyozlar hamda immunitetlar va konsul vazifasining tugatilishi.

Konsullik ustavida konsullik xizmatiga oid quyidagi asosiy tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan:

  1. konsullik muassasasiO‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasining konsullik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatda ta’sis etiladigan bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse- konsulxonasi va konsullik agentligi;

  2. konsul konsullik muassasasining rahbari bo‘lgan bosh konsul, konsul, vitse-konsul va konsullik agenti;

  3. konsullikning mansabdor shaxsi konsullik vazifalarini bajarish ishi topshirilgan har qanday shaxs, shu jumladan konsullik muassa- sasining rahbari, shuningdek diplomatiya vakolatxonasi konsullik bo‘limining mudiri;

  4. konsullik muassasasining xodimi – konsullik muassasasiga xizmat ko‘rsatish yuzasidan konsullik muassasasida ma’muriy yoki texnikaviy vazifalarni bajarish bilan shug‘ullanayotgan har qanday shaxs;

  5. konsullik okrugi – konsullik vazifalarini bajarish uchun konsullik muassasasi ixtiyoriga berilgan hudud;

  6. konsullik binolari – konsullik muassasasi ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan binolar yoki ularning bir qismi, shuningdek ularga qarashli yer maydonlari;

  7. kema – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzib yurgan har qanday kema, harbiy kema bundan mustasno;

  8. havo kemasi – O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan har qanday havo kemasi, harbiy samolyot bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi qaysi davlatlar bilan konsullik munosa- batlari o‘rnatgan bo‘lsa, shu davlatlarda konsullik muassasalarini ta’sis etadi. Konsullik munosabatlarini o‘rnatishga oid bitim bo‘lmagan taqdirda, diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi konsullik munosa- batlarning ham o‘rnatilishi deb hisoblanadi. Biroq diplomatik munosabatlarning uzilishi o‘z-o‘zidan konsullik munosabatlarining ham uzilishini va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasining tugatilishini anglat- maydi.

O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Konsullik muassasalari konsullik joylashgan davlatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining do‘stona munosabatlari rivojlanishiga hamda ular bilan iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa aloqalarning kengayishiga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi hamda konsullik joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga, xalqaro prinsiplarga, ushbu Ustavga, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.

Konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadi va konsulxona joylashgan davlatlarga O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘ining umumiy rahbar- ligida ish ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlarini konsullik bo‘limlarining mudirlari boshqaradi. Bosh konsul- xonalar, konsulxonalar, vitse-konsulxonalar va konsullik agentliklarini tegishli bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar va konsullik agentlari boshqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan davlatlarda konsulxona joylashgan davlatning roziligi bilan konsul zimmasiga diplomatik vazifalar ham yuklatishi mumkin.

Konsullik muassasasining manzili, uning darajasi va konsullik okrugi konsulxona joylashgan davlat bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hamda konsullik muassasasining nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. Konsullik muassasasi o‘zi egallab turgan binoga O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va konsulxona joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha o‘rnatish huquqiga egadir. Konsullik muassasasi joylashgan bino ustida O‘zbekiston Respublikasi o‘z Davlat bayrog‘ini o‘rnatishga haqlidir. Konsul o‘z qarorgohiga, shuningdek o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z transport vositalariga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini o‘rnatishga haqlidir.

Konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida davlat xizmatida bo‘ladilar. Faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarosigina konsullikning mansabdor shaxsi bo‘lishi mumkin. Konsul lavozimiga tayinlanayotganida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan uning konsullik okrugi belgilab berilgan konsullik patentini oladi. Konsul konsulxona joylashgan davlatning roziligini (ekzekvaturasini) olganidan keyin, o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi. Uning bu vazifaga tayinlanganligi to‘g‘risida konsulxona joylashgan davlat ma’murlari xabardor qilinadi.

Agar konsul biron sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmaydigan bo‘lsa yoki uning lavozimi vaqtincha bo‘sh bo‘lsa, konsulning vazifalarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki O‘zbekiston Respublikasining konsulxona joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining diplomatiya xodimlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.

Konsul Konsullik ustavida hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan konsulxona joylashgan davlat o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi. Konsul o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni shaxsan bajaradi yoki ularning bajarilishini konsulxonaning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Konsul boshqa davlatning konsullik vazifalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga binoan va konsulxona joylashgan davlat roziligi bilan bajarishi mumkin.

Konsul o‘zining konsullik okrugi doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan konsulxona joylashgan davlat ma’murlariga murojaat etishi mumkin.

Konsul har yili kamida bir marta konsullik okrugini aylanib chiqishi shart. Konsul O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslarining konsulxona joylashgan davlatning qonun hujjatlariga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga, shuningdek xalqaro prinsiplarga ko‘ra ularga berilgan barcha huquqlardan foydalana olishlari uchun chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Konsul yozma arizalarni ham, og‘zaki shikoyatlarni ham qabul qilishi shart. Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining buzilgan huquqlari tiklanishining chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Konsul uning konsullik okrugida doimiy yashayotgan hamda vaqtincha yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi. Konsul O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashadi. Konsul uning konsullik okrugida vaqtincha yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro- larining konsulxona joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ hujjatlaridan, shuningdek mahalliy urf-odatlardan xabardor qiladi. Konsulning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda bo‘lishlariga doir masalalar bo‘yicha farmoyishlari ular uchun majburiy kuchga egadir.

Konsul O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, konsulxona joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobini yuritadi. Konsul muddatli harbiy (muqobil) xizmatga chaqiriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga borishlarini ta’minlaydi.

Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligida bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan bolaning farzandlikka olinishini rasmiylashtirish huquqiga egadir. Agar farzandlikka oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, farzandlikka olish uchun O‘zbekiston Respublikasidagi bunga vakolatli organning roziligini olish zarur. Ota-onasining homiyligidan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari ustidan konsul o‘z konsullik okrugida vasiylik va homiylik o‘rnatilishi chora-tadbirlarini ko‘radi. Salomatligining yomonligi tufayli o‘z huquqlarini mustaqil amalga oshirishga hamda o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarolari ustidan konsul o‘z konsullik okrugida vasiylik va homiylik o‘rnatilishi chora-tadbirlarini ko‘radi.

Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining vafotidan so‘ng undan qolgan mol-mulkning qo‘riqlanishi chora-tadbirlarini ko‘radi. Agar qolgan mol-mulkning hammasi yoki uning bir qismi buzilishi mumkin bo‘lgan narsalardan iborat bo‘lsa, shuningdek ularning saqlanishi o‘ta qimmatga tushadigan bo‘lsa, konsul bu mol-mulkni sotish huquqiga ega va tushgan pulni tegishliligiga qarab jo‘natishi shart. Konsul meros qilib qoldirilgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan meros- xo‘rlarga topshirish uchun qabul qilib olish huquqiga egadir. Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli pullar, boyliklar, qimmatli qog‘ozlar va hujjatlarni saqlab turish uchun qabul qilib olishi mumkin.

Saqlab turish uchun topshirilgan mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda, bunday mol-mulkka nisbatan Konsullik ustavining 35-moddasidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Konsul, agar bu konsulxona joylashgan davlat qonunlarida man etilmagan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taalluqli topshiriqlarni bajaradi. Mazkur topshiriqlar xalqaro shartnomalarga hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etilgan holda bajariladi. Konsul jinoyat sodir etishda gumon qilinib, hibsga olingan (qamalgan) yoki ushlab turilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining erkinligini cheklovchi boshqa choralarga tortilgan yoki ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoni o‘tayotgan, shuningdek sudlov yoki ma’muriy ta’sir choralarining boshqa turlariga tortilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan konsulxona joylashgan davlat qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalari tatbiq etilishini kuzatib borishi shart.

Konsul ozodlikdan mahrum etish joylaridagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan hamda o‘z tashabbusi bilan borib ko‘rishi hamda ularni saqlab turish shart- sharoitlarini aniqlashi shart. Konsul bunday fuqarolar gigiyena va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarda saqlanishini hamda ularga nisbatan shafqatsiz va inson qadr-qimmatini tahqirlovchi muomala qilinmasligini kuzatib turishi shart.

Konsul uning konsullik okrugida istiqomat qilib turgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni qabul qilishi shart. Konsul chet elda doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish hamda uni almashtirib berish huquqiga ega. Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kelish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish, ularni bekor qilish, shuningdek berilgan vizalarga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Konsul O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatno- malarini yozadi. Konsul chet elda doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holatini qayd etish yozuvlariga o‘zgartishlar, tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, yo‘qotilgan yozuvlarni qayta tiklash, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish haqidagi iltimosnomalarni qabul qilib oladi hamda ularni qarab chiqish uchun vakolatli organlarga yuboradi.

Konsul O‘zbekiston Respublikasining havo, dengiz, daryo kemasida biron shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumot olishi bilanoq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tug‘ilganlik yoki vafot etganligi to‘g‘risidagi holatni ro‘yxatga oladi. Konsulning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdiqlaydi.

Konsul o‘z konsullik okrugi doirasida konsulxona joylashgan davlatning aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsulxona joylashgan davlatning qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsulxona joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar va immunitetlar berilishini kuzatib boradi. Konsul O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik havo kemasi komandiri, ekipaji va yo‘lovchilarining konsulxona joylashgan davlat ma’murlari bilan munosabatlarida yordam berishi, shuningdek zarur hollarda, havo kemasi, uning ekipaji va yo‘lovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasiga qaytish yoki parvozni davom ettirish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.




Download 116,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish