Bob. Diplomatik huquqning xalqaro huquq tizimida tutgan o‘rni



Download 116,97 Kb.
bet13/18
Sana31.12.2021
Hajmi116,97 Kb.
#224154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI

Konsullik huquqi asoslari. Bu boradagi universal bitim 1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidir. Bundan tashqari, O‘zbekiston ko‘plab ikki tomonlama konsullik konvensiyalariga ham ega. Konsullik munosabatlari muayyan davlatning boshqa davlat hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini himoyalashga qaratilgan xalqaro ma’muriy-huquqiy munosabatlar yig‘indisidan iboratdir.

Konsullik munosabatlarining o‘rnatilishi va konsulliklarning ta’sis etilishi davlatlar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu munosabatlar diplomatik aloqalar mavjud bo‘lmagan, masalan, davlat yoki hukumat de-fakto tan olingan hollarda ham, o‘rnatilishi mumkin. Bunday sharoitda konsullik ayrim diplomatik vazifalarni ham bajaradi.

Konsullik munosabatlari istisnoli hollarda, misol uchun urush boshlangan taqdirda, to‘xtatiladi.

Konsullik muassasalarining to‘rt turi mavjud:


  1. bosh konsullik;

  2. konsullik;

  3. vitse-konsullik;

  4. konsullik agentligi.

Davlatlar diplomatik munosabatlar bilan birga bir-birlari bilan konsullik munosabatlarini ham olib boradi. Buning uchun davlatlar o’rtasidagi bitishuvga muvofiq tashkil etiladigan konsullik vakolatxonalari almashiniladi. Konsullik munosabatlari o’zaro diplomatik munosabatlar o’rnatmagan davlatlar o’rtasida ham o’rnatilishi mumkin. Diplomatik munosabatlarning uzilishi, aksincha, konsullik aloqalari buzilganligini bildirmaydi.

Bir davlatning ikkinchi davlat hududidagi konsullik vakolatxonalari miqdori davlatlar o’rtasida konsullik munosabatlar o’rnatilgan bitimda belgilanadi. Konsullik vakolatxonalarini konsullar boshqaradi. Diplomatik vakillardan farqli ravishda konsullar o’z davlatlarining vakoltaxona joylashgan davlatdagi muxtor vakolatli vakillari emas. Ular o’z davlatlarining faqat muayyan doiradagi masalalar bo’yicha va- kili hisoblanadi.

Ayrim davlatlar shtatli va shtatsiz (faxriy) konsullar tayinlaydi. Faxriy konsullar konsullik joylashgan mamlakat kishilaridan ko’pincha savdogarlar, advokat va boshqalar tayinlanadi, lekin ular tayinlovchi mamlakat fuqarolari ham, uchinchi davlat fuqarosi ham bo’lishi mumkin. Ular tayinlovchi davlat xizmatchillari shtatida turmay, maosh olmaydi. Lekin umumiy qoidaga ko’ra, bunday konsulxona to’playdigan konsullik tushumlari faxriy konsullik daromadiga qo’shilib rivojlantirishga ko’maklashish;

Bir qator rivojlangan mamlakatlar ko’pincha shtatli konsuldan ko’ra, faxriy konsul tayinlaydi.

Konsullik vakolatxonalarning vazifalari xilma-xildir. 1963 yilgi Konsullik munosabatlari to’g’risidagi Konventsiya. Bu masalada amaldagi xalqaro huquqni ifodalaydi. SHunga ko’ra, konsulxonaning asosiy vazifalari;


  • o’z davlati, uning fuqarolari, yuridik shaxslar manfaatlarini muhofaza va himoya qilish;

  • ko’rsatilgan davlatlar o’rtasida savdoni rag’batlantirish va iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni

  • vakili bo’lg’an davlat fuqarolariga nisbatan ma’muriy va notarial vazifaiing bajarilishi;

  • o’z mamlakati dengiz va havo floti kemalari, shuningdek, ularning ekipajlariga nisbatan vazifalarini bajarish;

  • o’z okrugi iqtisodiy, huquqiy va siyosiy hayotini kuzatib borish va o’z davlati tashqi ishlar idorasiga bu masalaar bo’yicha axborot berib turish va boshqalardan iborat.

Konsulxona vazifalarini bajarish chog’ida o’z davlati huquqi, shuningdek, xalqaro huquq, avvalo, o’z davlatining vakolatxona joylashgan davlat bilan xalqaro shartnomalariga tayanadi. Bunda konsulxona faqat konsullik Qonventsiyasi bilangina emas, balki huquqiy yordam to’g’risidagi shartnomalar, ijtimoiy ta’minot, havo, dengiz va boshqa aloqalar to’g’risidagi shartnomalar bilan ham ish ko’rishiga to’g’ri keladi. Tabiiyki, konsulxona o’z vazifasini vakolatxona joylashgan dav- lat huquqlarini hisobga olgan holda bajaradi.

(Konsulxonalar faqat o’z okruglarining mahalliy ma’murlari bilan bevosita munosabatda bo’ladi, markaziy va boshqa okruglarning ma’murlari bilan o’z mamlakatining diplomatik vakolatxonasi orqali muyaosabatga kirishadi. Odatdagi konsullik vakolatxonalari tashqi ishlar idorasiga, shuningdek, diplomatik vakolatxonaga bo’ysunadi. Konsullar o’zlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chog’ida vakolatxona joylashgan mamlakat sudi va boshqa organlari oldida o’z mamlakati fuqarosi va yuridik shaxslari nomidan konsullik Konventsiyasida ko’zda tutilgan tartibga va vakolatxona joylashgan davlat qonunlariga binoan ish ko’radi.

Konsulxonaning muayyan rasmiy harakatlarining bajarilganligi uchun o’z fuqarolaridan ham, chet el fuqarolaridan ham konsullik to’lovlari undiriladi. Bunday to’lovlarga; vizalar berish, fo’qarolikka qabul qilish to’g’risidagi iltimosnomalarni rasmiylashtirish; fuqarolik holati ro’yxatidan o’tkazish, hujjatlarni qonunlashtirish va notarial ‘tasdiqlash; meros ishlari bo’yicha to’lovlar va boshqalar kiradi

Ko’pincha davlatlar o’rtasida jami yoki qisman qilingan ishlar uchun konsullik to’lovlari undnrishdan voz kechish to’g’risida o’zaro bitim tuziladi.

1963 yilgi Vena Konventsiyasi bo’yicha konsullik martabalar (klasslar) to’rtga bo’linadi. Bular bosh konsul, konsul, vitse-konsul va konsul agentidir.

Konsullik muassasalarning boshlig’i bo’lmagan konsullik mansabdor shaxslarni turli nomlar bilan konsul o’rinbosarlari, konsul yordamchilari, prokonsul deb ataydilar.

Bosh konsul konsulxonani boshqaradi. Konsul va vitse-konsul tegishlicha konsulxona va vitse-konsulxonani boshqaradi va hokazo.

Ayrim mamlakatlarda konsullik xizmati diplomatiya xizmatidan ajratilgan va bu xizmat xodimlariga maxsus darajalar beriladi. 1963 yilgi Konventsiyada ko’zda tutilganidek, konsulxona xodimlari uch toifaga: 1) konsullik xizmatida turib, konsullik vazifalarini bajarayotgan konsullik mansabdor shaxslar; 2) ma’muriy-texnik ishlarni bajaruvchi konsullik xizmatchilari; 3) xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi.

Konsullik munosabatlari tajribasida diplomatiya vakolatxonalari tarkibida konsullik bo’limlari ham tashkil etilgan. Bu bo’lnmlarni konsul sifatida tan olingan va shundan kelib chiqadigan barcha oqibatlarga daxldor mudirlar boshqaradi. Diplomatik vakolatxona mudiriga, umumiy qoida tariqasida, patvnt va ekzekvatura berilmaydi, vakolatxona joylashgan mamlakat hukumati muassasalari bilan munosabatlarda u xuddi diplomatiya vakolatxonasi xodimi sifatida harakat qiladi.



Konsullar yuboruvchi davlat tomonidan tayinlanadi va qabul qiluvchi davlat tomonidan xizmat burchini bajarishga qo’yiladi. Ko’pgina davlatlarga konsullik vakillarni taynnlash, shuningdek, chet el konsullarini qabul qilish tashqi ishlar idoralari huquqi doirasiga kiradi.

Konsulga konsullik patenti (uning vakolatligini tasdiqlovchi guvohnoma) beriladi. Konsulning martabasi tayinlanayotgan davlat bilan oldindan kelishib olinadi. Konsullik patenti odatda diplomatik kanallar or.qali konsul tayinlanayotgan davlat ma’murlariga ekzekvatura (konsul tomonidan o’z vazifalarini bajarishga rozilik) olish uchun yuboriladi. U alohida hujjat tarzida ham, konsullik patentiga tegishli yozuvlar qilish yo’li bilan ham berilishi mumkin. Davlatlarning ko’pchiligida ekzekvatura tashqi ishlar idorasi tomonidan beriladi. Ekzekvatura olnnishi bilan konsul o’z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanib, shu ondan boshlab mazkur konsullik korpusida boshqa konsullarga nisbatan katta-kichikligi belgilanadi. Odatda vakolatxona joylashgan davlat ma’murlari (tashqi ishlar idorasi) konsullarga, konsullik kartochkalari beradi. U mazkur shaxs muayyan davlat konsuli ekanligini va xalqaro huquqqa asosan, imtiyoz- lar va yengilliklarga ega ekanligini bildiradi.

Konsullik vakolatxonalarining faoliyati; 1) tayinlovchi davlat uni chaqirib olishi; 2) konsulning persona nongrata (noloyiq shaxs) deb e’lon hilinishi; 3) agar konsullik-okrugi vakolatxona joylashgan davlat suverenitetidan chiqsa; 4) konsullik muassasasi yopilsa; 5) jo’natgan va qabul hilgan davlatlar o’rtasida urush chiqsa, tugatiladi. Bunda konsul huqumatining ko’rsatmasiga binoan o’z vatandoshlarining huquqlarini muhofaza qilishni uchinchi davlat konsuliga topshirishi mumkin.

Konsullik vakilning ish olib boruvchi rayoni konsullik okrugi deyiladn. U ikki davlat o’rtasida bytishuvga binoan belgilanadi. Konsullik okrugi hamisha konsullik patentida ko’rsatiladi. Davlat u chet el konsullarini qo’yishiga rozi bo’ladigan rayonlarni belgilash huquqiga ega. SHuningdek, u yoki bu rayonda kon- sulxona ta’sis etishga rozilik berishdan bosh tortishi ham mumkin.

Muayyan aholi yashaydigan joydagi barcha konsullar, konsullik korpusini bildiradi. U, asosan, marosim va protokol ahamiyatiga ega. Davlatda konsullik okruglari bir necha bo’lganligi uchun – konsullik korpuslari ham bir nechta bo’ladi. Konsullik korpusining boshida oqsoqol turadi.

Konsulxona vazifasini bajarish uchun vakolatxona joylashgan davlatda ularga bu sharoitda vakolatxona joylashgan davlat ma’murlarining nazoratidan holi bo’ladigan sharoitlar yaratilishi kerak. SHu maqsadda konsullik vakolatxonalariga, ularning boshliqlari va mansabdor shaxslariga xalqaro huquq asosida’ tegishli huquqlar, yengilliklar va imtiyozlar beriladi.

Konsullik imtiyozlari va immunitetlari ham diplomatiya imtiyozlari va immunitetlariga o’xshash: davlatning chet el organi sifatidagi konsullik vakolatxonasining imtiyozlari va immunitetlari; konsullik; mansabdor shaxslarning va xizmatchilarning imtiyozlari va immunitetlaridan iborat.

1963 yilgi konsullik munosabatlar to’g’risidagi Vena Konventsiyasiga binoan konsullik imtiyozlari vz) immunitetlariga: konsulxona binolarining daxlsizligi (yong’in va boshqa ofatlardan istisno tarzida); xizmat arxivlari yozishmalari; konsulxonaga tegishli mol-mulk va harakat vositalari; tintuvlar, musodaralar va boshqa ijro xatti-harakatlaridan xaloslik, barcha soliq va bojlardan xaloslik; o’z davlati hukumati, dnplomatik vakolatxonalari, konsulxonalari bilan munosabatlar erkinligiga ega.

Konsullik vakolatxonalarning konsulxona binosiga; konsullik muassasasn boshlig’i qarorgohiga va xizmat vazifasini bajarayotganida uning harakat vositalariga davlat bayrog’i va gerbini ilib qo’yish singari faxriy imtiyozlariga ega.

1963 yilgi Vena Konventsiyasi, avvalo, konsullik mansabdor shaxslarning imtiyozlari va immunitetlari- ga ularning og’ir jinoyatlar qilish hollaridan tashqari hollarda sud hukmi chiqarilguncha hibsga olish va qamash mumkin emasligini ifodalozchi shaxsiy daxlsizlikii bildiradi. Keyingi holatdan boshqa vaqtlarda ular faqat qonun kuchiga kirgan sud qarorlarini amalga oshirish maqsadidagina qamalishi yoki shaxsiy erkinligini cheklashning boshqa shakllariga duchor qilinishlari mumkin.

Konsullik vazifasini bajarish chog’ida sodir etilgan harakatlarga nisbatan vakolatxona joylashgan davlat sud va ma’muriy sudlovidan ozod qilinishi Kon- ventsiyada .mansabdor shaxslar uchun ham, xizmatchilar uchun ham ko’zda tutiladi. SHa.xsiy xatti-harakatlarga kelganda, konsullarga vakolatxona joylashgan davlat huquqiy-sudlovi qo’llaniladi.

Hamma konsulxona xodimlari sud yoki ma’muriy ishlar bo’yicha. guvoh' sifatida chaqirilmog’i mumkin. Lekin ular o’zlarining’ konsullik faoliyatlari bilan bog’liq yoki ung’a taalluqli yozishmalarg’a aloqador masalalar bo’yicha g’uvohlnk berishga majbur emas.

Konsulxona xodimdari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan tashqari, vositali soliqlar, shuningdek, xizmat uchun to’lovlardan ozod qilinadi.

1963 yilgi Konsullik Konventsiyasi bo’yicha konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari bojxona imtiyozlari borasida amalda diplomatlarga tenglashtiriladi.

Konsullik imtiyozlari va immunitetlari ko’p jihatdatn ikki tomonlama konsullik munosabatlari va vakolatxona joylashgan davlat ichki honunlariga bog’liq. Bu ko’pincha ko’rsatilgan imtiyoz va immunitetlarni ancha kengaytirishni ko’zda tutadi.




    1. Download 116,97 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish