Qurilmani sinash natijalari
Gaz sizib chiqqanda havfsizlikni ta’minlash tizimining prototipi oz miqdordagi suyultirilgan yonilg’i gazini datchik oldiga yaqinlashtirish orqali sinab ko’rildi.
MQ-4, MQ-2 va MQ-7 gaz datchiklari metan, suyultirilgan yonilg’i gazi va is gazini aniqlaydi hamda mikrokontrollerga uzatadi. Mikrokontroller esa o’z navbatida signali boshqa tashqi qurilmalarga uzatadi.
Natijada LCD displey aniqlangan gazning nomini ekranga chiqaradi hamda ogohlantirish signalini beradi. Qayta ishga tushirish bosilsa barcha tizim
boshlang’ich holatga qaytadi.
3.8-rasm: Qurilmaning fizik modeli
Ushbu tizim orqali past konsentrasiyali sizib chiqayotgan gazlarni ham aniqlash imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |