Kurs ish maqsad va vazifalari: Ma’lumki, har bir yangilikning hayotda qaror topishi, o’z o’rniga, o’z qiyofasiga ega bo’lishi osonlikcha ro’yobga chiqmaydi. Xuddi shu ma’noda ming yillardan beri shakllanib kelgan eng yaxshi an’analarni o’z ichiga qamrab olgan yangi tipdagi adabiyot osonlikcha shakllanmagan. XX asr 30-yillari tarjimachiligining muhim jihatlarini yoritishda Kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
realistik tarjimaga asos solinishini ko’rsatish;
tarjima asarlari xususida matbuot sahifalarida qizg’in bahs-munozaralar bo’lib turishi sabablarini tushintirish;
adabiyotshunos, ham tarjimashunos olimlar yetishib chiqa boshlaganini izohlash;
30-yillar tarjimachiligining keng ko’lamda qanot yozishini yoritish;
tarjimachilikda tarjima sifati uchun kurash qizg’in tus olganligini ko’rsatish;
U.Nosirning tarjimachilik sohasidagi faoliyatini tadqiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |