Nyu-York, 15-dekabr, 2020-yil– Mamlakatlarning karbonat angidrid chiqindilari miqdori va umumiy resurs xarajatlarini o’z ichiga olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining (BMTTD) inson taraqqiyotining yangi, eksperimental indeksi bo’yicha hisobotiga ko’ra, COVID-19 pandemiyasi dunyo duch kelgan yaqin oradagi so'nggi inqirozdir, ammo insoniyat atrof-muhitga befarq bo’lsa, bu oxirgisi bo'lmaydi.
Hisobotda dunyo yetakchilariga 2 tanlov taqdim etiladi: atrof-muhit va tabiatga salbiy ta’sir qiladigan bosimni kamaytirish yoki inson taraqqiyoti to'xtab qolishiga olib keladigan yo’lda davom etish.
“Bugungi kunda insoniyat Sayyoramiz ustidan har qachongidan ham ko'proq kuchga ega. COVID-19 bilan rekord darajadagi harorat va avjiga olgan tengsizlik payti biz uchun taraqqiyot nimani anglatishini qayta ko'rib chiqish uchun vaqt keldi va issiqxona gazlari chiqindilari va resurs xarajatlari endi inobatga olinishi shart», - deydi BMT Taraqqiyot dasturining Administratori Axim Shtayner.
"Hisobotda ko'rsatilgandek, dunyodagi biron bir mamlakat Sayyoramizga ulkan bosim o'tkazmasdan turib, insoniyat taraqqiyotining juda yuqori darajasiga erishmagan. Ammo biz bu muammoni to'g'irlaydigan birinchi avlod bo'lishimiz mumkin", - deb aytadi u.
Hisobot odamlar va Sayyora mutlaqo yangi geologik davrga qadam qo’yganini, Antroposen yoki inson davri - bu barcha mamlakatlar uchun, Sayyoramizda kuch va imkoniyatlarning jiddiy nomutanosibligini keltirib chiqaruvchi insoniyat sabab bo’ladigan salbiy ta’sirni hisobga olib taraqqiyot yo’lini qayta ko'rib chiqish vaqti ekanligini ta’kidlaydi.
Bu fikrni to’liqroq yoritish uchun Inson taraqqiyoti hisobotining o'ttiz yilligining tahriridagi, "Yangi chegara : inson rivojlanishi va Antroposen", inson tarqqiyoti indeksi tuzishdagi yangi va eksperimental yondashuv joriy etildi.
Mamlakatdagi sog'liqni saqlash, ta'lim va turmush darajasi kabi ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda Inson taraqqiyoti indeksiga qo'shilish orqali ikkita qo'shimcha, inson farovonligi va Sayyoramizdagi bosimni yumshatishgdagi asosiy element - mamlakatdagi karbonat angidrid chiqindilari va resurslarni iste'mol qilish hajmi - insoniyat taraqqiyotini belgilashda rivojlanishning global sur’ati qanday o'zgarishini ko'rsatadi.
Ushbu Yerga ta’sir etuvchi bosimni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan Inson taraqqiyoti indeksi yoki dunyo miqyosidagi rivojlanish darajasi dunyoning yangi sur’atini yaratmoqda, ya’ni insoniyat taraqqiyotiga pastroq, ammo aniqroq baho beradi. Masalan, 50 dan ortiq mamlakat yoqilg'iga bog'liqligi va resurslarni iste'mol qilish hajmini hisobga olgan holda juda yuqori darajadagi rivojlanish guruhidan chiqarib tashlangan.
Ushbu o’zgarishlarga qaramay, Kosta - Rika, Moldova va Panama kabi mamlakatlar kamida 30 pog'onaga ko'tarilishdi va Sayyoramizga bosimni yumshatish mumkinligini ko’rsatishdi.
"Inson taraqqiyoti hisoboti Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining muhim mahsuli. Harakat zarur bo'lgan bir paytda, ob-havo o'zgarishi va tengsizlik kabi hozirgi zamonning muhim masalalariga ko'proq e'tibor qaratadigan insoniyat taraqqiyotining yangi avlodi biz orzu qilgan kelajakka erishish uchun maqsadga muvofiq ravishda ishlashimizga yordam beradi ”, - dedi Stefan Leyven, hisobot taqdim etilayotgan davlat, Shvetsiya, bosh vaziri. Hisobotda ta'kidlanadiki, insoniyat taraqqiyotining navbatdagi chegarasi unga qarshi emas, balki normalar, qadriyatlar, hukumat va moliyaviy rag'batlarini tabiatga mutanosib tarzda o'zgartirishni talab etadi. Masalan, yangi hisob-kitoblarga ko'ra, 2100-yilga kelib iqlim o'zgarishi dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida ekstremal ob-havo kunlari 100 kungacha ko’payadi, ammo agar Parij iqlim to'g'risidagi bitim to'liq amalga oshirilsa, bu raqam ikki baravar kamayishi mumkin. Yoqilg’I qazib olishga hali ham subsidiyalar ajratilmoqda: hisobotda keltirilgan Xalqaro Valyuta Jamg'armasining ma'lumotlarga ko'ra, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yoqilg' qazib oluvchi guruhlarga beriladigan subsidiyalarning to'liq qiymati va bilvosita xarajatlar yiliga 5 trillion AQSh dollaridan oshadi, bu dunyo miqyosidagi YaIM ning 6,5%ini tashkil etadi. 2030-yilgacha global haroratni 2 Selsiy darajada ko'tarilmasligi uchun bajarilishi kerak bo'lgan choralarning to'rtdan biri o'rmonlarni qayta tiklash va ularni barqaror boshqarilishini ta'minlashdir. "Insoniyat aql bovar qilmaydigan yuksaklikka erishdi, ammo biz Sayyoramizni yetarlicha qadrlamasligimiz aniq ”, - dedi Jayatma Vikramanayake, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar bo'yicha Bosh kotibning vakili. «Dunyo bo'ylab yoshlar bu xatti-harakatlar bizning umumiy kelajagimizga xavf tug'dirishini anglab, o'z qarashlarini bildirdilar. 2020 yilgi Inson taraqqiyoti to'g'risidagi hisobotda aniq ko'rsatib o’tilganidek, biz energiya va resurslardan foydalanish yanada samarali bo'lishi uchun, shuningdek, barcha yoshlar o'qimishli va tushunchalarga ega bo'lishi uchun Sayyoramiz bilan munosabatlarni o'zgartirishimiz kerak." Hisobotning yetakchi muallifi Pedro Konseysoning so'zlariga ko'ra, Sayyorada bosimni his qilish jamiyatning qanday ishlashiga bog'liq va bugungi kunda ko'plab muammolarga duch kelgan jamiyatlar va Sayyorani falokat yo'liga qo'ymoqda. Mualliflarning ta'kidlashicha, atrof-muhitning saqlash uchun harakat qilishimiz shart. Bugungi inqiroz tabiat bilan bog’liq tahdidlariga bizni duchor qiladi, masalan, toksik chiqindilar yoki ortiqcha ifloslanish, bu tendentsiya barcha qit'alardagi shaharlarda uchraydi . unda barcha odamlar ushbu yangi davrda faol rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar, o'zgarishlarga xalaqit beradigan kuch va imkoniyatlarning jiddiy nomutanosibligini yo'q qilish kerak.
Hisobotda aytilishicha, ushbu tengsizlikni bartaraf etish uchun jamoatchilik harakatlarini amalga oshirish mumkin, bunday harakatlarning misollari progressiv soliqqa tortishni keng ko'lamda qo'llash va qirg'oq atrofidagi aholini profilaktika investitsiyalari va sug'urta orqali himoya qilishdir.
Аdаbiyotlаr ro’yxati
I.А.Kаrimоv «O’zbekiston XXI аsr bo’sаg’аsidа» хаvfsizlikkа tахdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri, taraqqiyot kаfоlаtlаri. Tоshkеnt «O’zbekiston» 1997 yil.
I.А.Kаrimоv «Buyuk kеlаjаk sаri» Tоshkеnt «O’zbekiston» 1998 yil.
I.А.Kаrimоv «O’zbekiston XXI аsrgа intilmоqdа» Tоshkеnt «O’zbekiston» 1999 yil.
Birlаshgаn Millаtlаr Tashkilоti. «O’zbekiston» 1995.
BMTvа O’zbekiston. Tоshkеnt 1996 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |