Tinchlikni barqaror etish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi mumkin.
Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol oʻynaydi. U Xavfsizlik Kengashi eʼtiboriga oʻz fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib „beminnat xizmat“dan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita oʻzi yoki maxsus vakil orqali „tinch diplomatiya“ bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun „ogohlantiruvchi diplomatiya“ mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shugʻullanayotgan tinchlik oʻrnatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarda — tomonlarga ishonchni mustahkamlashga yordam koʻrsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy boʻlimlarini ochish uchun missiya joʻnatishi mumkin.
Tinch qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyati — jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri — taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar oʻtkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi.
Mazkur faoliyatning 1989-yilda Namibiyada saylovlarning oʻtkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dastoʻrini va Gaitida fuqaro politsiyasi xodimlarini tayyorlashni kuzatish kabi baʼzi turlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni oʻrnatish boʻyicha operatsiyalari doirasida amalga oshirildi, bu holda ushbu faoliyatning baʼzi jihatlari tinchlikni oʻrnatish operatsiyasidan keyin ham davom etishi mumkin. Faoliyatning boshqa, masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liberiyada tinch qurilish jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz boʻlimini ochishi, Kambodjada Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha boʻlimining faoliyat koʻrsatib turishi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga taʼsir koʻrsatib, tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning iltimosiga binoan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |