Hozirgi o’zbek nasri bilan bog’liq muammolarni tahlil qilib munaqqid U.Normatov
quyidagi qarashlarini bayon qildi: «Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog’liq munozarali masalalar
ko’p. Ayniqsa, nasrdagi an’anaviylik va modernizm muammosi qizg’in tortishuvlarga asos
bo’lmoqda. So’nggi yillarda prozaga bag’ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu
mavzu chetlab o’tilganini bilmayman... Shunisi quvonarliki, bu bahs-munozaralarda mustabid
tuzum davrida bo’lgani kabi masalaga g’oyaviy-siyosiy tus berish hollari yo’q endi! Badiiy asar
qimmati qaysi yo’nalish – an’anaviy yoki modernizm shaklida yaratilganida emas, balki u
chinakam san’at namunasi darajasiga ko’tarilgan yoki ko’tarilmaganligi bilan belgilanadi...
an’anaviy realizm imkoniyatlari hali tugagan emas, qolaversa, realizm hududlari cheksiz, uning
bag’ri jamiki yangiliklarga, dadil izlanishlarga keng ochiq»
2
.
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo’layotirki, istiqlol davri o’zbek tanqidchiligida badiiy
asarlarning san’at asari sifatidagi qadr-qimmatini yuksaltirish; ijodkorlarning bu boradagi
mas’uliyatlarini oshirish; realizm bag’rida unib o’sayotgan yangi yo’nalishdagi uslubiy
izlanishlarni haqqoniy tahlilu tadqiq qilib qo’llab quvvatlash; o’zbek she’riyati va nasriga xos
yangilanish jarayonlarini tahlil qilib, yaratilayotgan asarlarning fazilatlari bilan bir qatorda
kamchiliklarini ham yoritish tendensiyasi yetakchilik qilmoqda
1
. Ayni chog’da o’zbek
munaqqidlari yosh iste’dodlarni asrab-avaylash, uslubining takomillashuviga ta’sir
ko’rsatayotgan ijobiy va salbiy holatlarni ham haqqoniy va asosli tarzda ochib berayotirlarki, bu
ham hozirgi adabiy jarayon va butun o’zbek adabiyoti ravnaqiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Bir necha yillar muqaddam mashhur adibimiz Shukur Xolmirzayev “Adabiyot
o’ladimi?”deb bong urib chiqqan edi.Adabiyot-ku mustaqillik yillarida ham to’xtab qolgani yo’q
,lekin tanqidchilikning ovozi yetarli darajada eshitilmay qolgani aniq.Shukur Xolmirzayev
o’zbek tanqidchiligining taniqli namoyondalari to’g’risida,mana nima deydi:”...Ozod aka
Sharafiddinov batamom publisist bo’lib oldilar.Domla Qo’shjonov anchayin havaskor
yozuvchining ham boshini silayaptilar, xolos.Umarali aka shoirona ehtiroslarga beriladigan bo’p
qoldilar.Norboy aka, umuman,safdan chiqib ketdi.Ibroxim G’ofurov boshqa yo’lda ijod
qilyapti.Qozoqboy Yo’ldoshev zo’r-u,ba’zan uning shaxsiy “men”i “shunos ”ligini bosib
ketadi...”Biz uzoq yillar adabiy tanqid yo’lida tishov bo’lib kelgan mafkuraviy-siyosiy
tazyiqlar,yagona
hukmron
markscha-lelincha
metadologik yo’l-yo’riq,sinfiy-partiyaviy
yondashish andozalaridan xalos bo’ldik;adabiy hodisalarni umumbashariy badiiy-estetik
mezonlar asosida xilma-xil talqin etish imkoniyatlari paydo bo’ldi.
O’tgan asrning 90-yillari davomida faol fidoyi munaqqidlarimiz uchun hozirgi adabiy
jarayondan ko’ra yangi o’zbek adabiyotining mustabid adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini
tiklash,qayta baholash,qatog’on qilingan adiblar merosini xalqqa qaytarish muhimroq va
zarurroq bo’lib qoldi.chunonchi,Cho’lpon sheriyatini,nasri,hayoti,Fitrat dramaturgiyasi,adabiy-
tanqidiy merosi,Qodiriyning hayot va ijod yo’li bo’yicha salmoqli tadqiqotlar yaratildi.Etibor
berilsa,qizg’in bahs-munozaralar yangi zamonaviy asarlar ustida emas,ko’proq “Boy ila
xizmatchi”,”Qutlug’qon”,”Zaynab va Omon”, ”Muqanna”, ”Ko’kan”, ”Sarob”, “O’g’ri”,
”Sinchalak”, ”Alisher Navoiy”,”Mirzo Ulug’bek” kabi mumtoz asarlar Qodiriy, Hamza,
G’.G’ulom, A.Qahhor, H.Olimjon hayoti,ijodiy merosi talqini ustida ketdi. Qizg’in tortishuvlar
jarayonida qator muommolarga oydinlik kiritildi.Bu yo’nalishdagi bahs-munozaralar hamon
davom etyapti.
Qayta qurish,oshkoralik yillari,xususan,istiqlol davriga kelib tarixiy-inqilobiy,fuqorolar
urushi mavzularida hukmron mafkura ruhida yozilgan deyarli barcha asarlarning chuvi chiqib
qoldi:bir vaqtlar “yangi sovet kishisi”timsoli-ibrat namunasi deb ko’klarga ko’tarilgan”ijobiy
qahramonlar”ham birdaniga “qahramon”ligini,”ibrat” kuchini yo’qotdi.Ayni o’sha xx-asr 80-
yillarining
o’rtalarida
paydo
bo’la
boshlagan
“Lolazor”kabi
romanlarda,”Qora
kamar”dramasida,”Maymun yetaklagan odam”singari hikoyalarda sho’ro davri tarixining,yaqin
Do'stlaringiz bilan baham: