Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.O’zbek publisistikasi qachon yuzaga kelgan? 
2.Butungi kun publisistikada qanday masalalar yoritilmoqda? 
Z.Bozor iqtisodi moщiyatini anglashda kimning asarlari dasturamal rolini o’tamoqda va 
qanday asarlar? 
4.hayotdagi adolatsizliklarni fosh qilgan, Farg’ona fojiasining kelib chyqishining asl 
sabablari va undan qanday maqsad ko’zlanganligi ochib berilgan qanday publisistik 
maqolalarni bilasiz, ular kimlarning qalamiga mansub? 
5.Inson va jamiyatning iqtisodiy щamda ma’naviy kamolotida bugungi publisistikaning 
o’rni qanday?
TAYANCH IBORALAR: 
1-Publisistika - ijtimoiy-siyosiy щayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar: 
publisistik maqolalar, ocherk, pamflet, murojaatnoma, felyeton va щokazolar, 
2.Pamflet - biror ijtimoiy tuzum voqyeligi yoki siyosiy partiya faoliyati, programmasi, 
kamchiligi ustidan o’tkir щajv orqali kuluvchi kichik satirik adabiy asar. 
 
13-MAVZU: 
HOZIRGI O’ZBEK DRAMATURGIYASI 
Reja: 
1.
Keyingi yillar dramaturgiyasi
2.
Dramada inson talqini 
3.
Sh.Boshbekov, A.Ibrohimov dramalarida badiiy konflikt. 


O’zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarida sodir bo’lgan evrilishlar dramaturgiya 
taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Bu vaqtda yaratilgan asarlar orasida Usmon Azimning
“Bir qadam yo’l”, Ilxom Hasanning “Bir kam dunyo”, Abdulla A’zamning “Dugohi Xusayniy”, 
Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, O. Yoqubovning “Bir koshona sirlari” kabi 
asarlari dramaturgiyada erishilgan o’ziga xos yutuqlardan bo’ldi. Dramaturgiya garchi sahna 
talablariga bog’liqlik nuqtai nazaridan kanservativ tur bo’lsa –da, shakliy izlanishlar qilish, 
ijodiy tajribalar o’tkazish to’xtab qolgan emas. U. Azim, E. Samardar va A. A’zam qalamiga 
mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalar mahsulidir. Dramaturglar 
tomonidan son –sanoqsiz hayotiy vaziyatlarda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatidagi 
evirilishlar ham adoqsiz darajada turfa bo’lishi mumkinligini nozik his etilgan va drama – 
versiya, drama – vaziyat singari ifoda shakllari o’ylab topilgan. Bu hol mazkur sahna 
asarlarining muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan.
Ayni vaqitda, milliy dramaturgiyada tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar kam ekanligini tan 
olish kerak. Istiqlol dramaturgiyasi bozor iqtisodi talabalariga eng ko’p berilgan adabiy tur bo’ldi 
deyish mumkin.Bu hol sahna asrlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qo’ydi,albatta.Aytish 
kerakki,miqdor jihatijan dramachilik taraqqiyotida e’tiroz bildirib bo’lmaydi.Lekin keyingi o’n 
yillikda dunyoga kelgan dramalardan qirqqa yaqini tekshirib chiqilganda ularning uchdan biri 
turli yubiley munosabati bilan yozilganligi aniqlandi.Komediya degan nomga davogar sahna 
asarlarining esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan.Albatta, ijtimoiy 
buyurtma yo’li bilan o’am yetuk badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin.Bunga milliy va jahon 
adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo’ladi.Ammo butun boshli miilliy 
dramaturgiyani faqat buyurtma yo’li bilan taraqqiy ettirishga urinishni badiyat nuqtai nazaridan 
sog’lom hol deb bo’lmaydi.
Dramalar, asosan,shaxslarning yubileylari munosabati bilan yaratilayotgani sahna 
asarlarining nomlarini sanashdayoq ma’lum bo’ladi. To’ra Mirzoning “Amir Temur”, Abdulla 
Oripovning “Soxibqiron”, Odil Yoqubovning “Fotixi Muzaffar yoki bir parivash asiri” dramalari 
jahongir Amir Temurga bag’ishlangan bo’lsa, Hayitmat Rasulning “Piri koinot”, Yo’ldosh 
Sulaymonning “Al-Farg’oniy muhabbati”, Ibrohim rahimning “Farg’ona farzandi” asarlari 
buyuk matematik va astranom ajdodimizga atalganligi ko’rinib turibdi. Shuningdek, Mashrab, 
Cho’lpon, Usmon Nosir singari mashxur yurtdoshlarimiz yubilaylari munosabati bilan ham bir 
qator sahna asarlari dunyoga keldi. Badiyat nuqtaiy nazaridan u asarlarni yoppasiga salbiy 
baholab bo’lmaydi. Lekin ularning estetik kashfiyot bo’lmaganligi ham haqiqatdir. Bu xil 
asarlarda, aksariyat hollarda, drama mualliflarining ezgu niyati badiiy voqyelika aylanmay 
qolgan. Chunki asar ichki ruxiy extiyojdan ko’ra ko’proq ijtimoiy zaruriyat tufayli dunyoga 
kelgan. 
Istiqol davri komediyalarining saviyasi kishida haqli etiroz va jiddiy havotir uyg’otadi. 
Negaki, o’zbek komediyachiligining dastlabki qadamlaridayoq juda zalvorli va esda qolarli 
bo’lgan. Hamza, A. Qahhor, Sh. Boshbekiflarning teran ma’noli kulgi asarlarini eslashning o’zi 
da’voimizning nechog’lik haq ekanligini ko’rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na 
ijrochilarga, na tamoshbinlarga va na o’quvchilarga biror estet ozuqa bera oladi. Sahnaviy 
ijodning komediya deb atalmish muqaddas bir turiga ko’cha so’zlari, ko’cha hissiyoti, tiyiqsiz 
chuchmallik, pardasizlik dadil kirib kelmoqda. Mualiflar to’qnashuvlar tarangligi haqida emas, 
balki bachkana qiliqlar, pardasiz so’zlarni ko’proq qo’llash haqida bosh qotirishmoqda. Bu 
hildagi bitiklar to’xtovsiz saxnalashtirilayotganligi, boz ustiga ko’plab tomoshabinlarga ega 
bo’layotganligi esa miliy estetkamiz uchun jiddiy xafdir. Chunki millatning badiiy didi 
shakillanishiga to’g’ri yo’nalish bermay turib, uning ma’naviyatini yuksaltirib, komil shaxsni 
tarbiyalash haqida gapirish bexudadir.
Istiqlol davrida she’riyat va nasl borasida mustaqillikkacha bo’lgan yaqin o’tmishdagi 
estetik yuksakliklarga yetilibgina qolmay, undan balandroq cho’qqilarni egallash imkoniyati 
yuzaga kelganligi ayon haqiqatt bo’lsa, dramaturgiya bobida shu vaqitgacha erishilgan saxnaviy 
yuksaklikka yaqin kelinmayotganligi ham bor gapdir.


Davr axli ruxiyatidagi oshkora asabiylik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramtizmidagi 
taranglik hali – hanuz pesalarga ko’chganicha, saxna xodisasiga aylanganicha yo’q. Extimol, 
miliy tafakurdagi to’xtamlarning estetik qarashlardagi qanoatlarning qat’ilashmaganligi, hozirgi 
voqyelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi,shu xayot tufayli yuzaga kelmagan 
xissiyotlar junbushining tiniqmaganligi, ijtimoy to’qinishlar ruhiyatilarda bergan aksi sadoni 
saxnabob shakilda moddiylashtirish qiyinligi bunday xolning ro’y berishiga sababdir. 
Holbukiy,har qanday keskin ijtimoiy o’zgarish va yangicha xayotiy vaziyat dramatik turdagi 
asarlar yaratilishi uchun mo’l –ko’l material bera oladi.
Har bir odamda bo’lgani kabi xar bir millatning va har bir davrning ham o’z mo’ljallari, 
egallanishi orzu etiladigan marralari bo’ladi. Mustaqilikka erishilganidan keyingi davr o’zbek 
adabiyoti uchun inson ma’naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko’z ilg’amas
sezimlarni tadqiq etishga ana shunday baland marradirki, milliy adabyotimiz ana shu marrani 
egallashga intilmoqda.
Tarixiy haqiqatni ta’sirchan gavdalantirish uchun adabiy asarlarda turli badiiy vositalar 
qo’llaniladi.Real voqyelikni manzarasi to’qima qahramonlar taqdiri,faoliyati orqali 
yorqinlashtiriladi.Asar syujetini to’qima voqealar asosiga shakllantirish va ularga tayanib Amir 
Temur davri murakkabliklarini manzaralantirishga intilish”Sohibqiron”dramasining ham 
mohiyatini belgilaydi. 
“Sohibqiron”dramasida hayot haqiqatining ta’sirchan manzarasini ko’rsatish,Amir Temur 
shaxsida mujassamlashgan ulug’vorlikni gavdalantirish maqsadida qator tshqima qahramonlar 
obrazi ham yaratilgan.Sartarosh,yasovul Qosimbek,Kayxisrav,shatranji Alovuddin,xufya 
Buqalamun,turli mamlakatlarning elchilari obrazlari real voqyelikni akslantiruvchi adabiy 
qahramonlar sanaladi.Bir-ikki ko’rinib ketuvchi ushbu to’qima qahramonlarning har biri 
sohibqiron siymosining ulug’vorligini gavdalantiruvchi muayyan”yuk”bilan harakatlanadi. 
Sartarosh obrazi “men xazrat emas,Men ham Temur deb atalmish oddiy bir banda “ (43-
bet)degan sohibqironning barcha qatori inson ekanini namoyon qilgan.Bu asar boshida 
ham,xotimasida dramaning falsafiy mazmunini chuqurlashtirgan.Amir Temur: 
Sartaroshsan,mana senga boshimni egdim...(9-bet) 
Sartaroshga bosh egar,ha,jahongirlar ham. 
Boshqalarga egilishdan asrasin xudo!... 
Har qaydayin bandaga ham kerakdir sirdosh(8-bet) 
deb sartaroshga ko’nglini ochadi. 
Qo’ni-qo’shni uluslarning hukmdorlari 
Shamshirimdan qo’rqadilar,shonimdan emas(9-bet) 
deydi.O’zining 
tug’ilgan 
tuprog’i 
ozodligi 
uchun 
qay 
tarzda 
jangu 
jadalga 
otlangani,”mansabparast,g’ayur,battol,o’g’ri,firibgar,xushomadgo’y kimsalarni o’ziga mahram 
sanamasligi,ularning yuragida ne kechishini oyinaga boqqan kabi ko’rib turishini”(9-bet)aytadi. 
Sohibqiron faqat sartarosh bilan emas,yon-veridagi boshqa odmlar bilan ham samimiy 
suhbat qiladi.Bu bilan buyuk shaxslar ham barcha singari oddiy odam ekanligi 
ta’kidlanadi.Dramada ham Amir Temurning qahridan ko’ra mehri baland bo’lganini ko’rsatishga 
alohida e’tibor qilinadi. 
Atoqli adib Chingiz Aytmatov:”Amir Temur buyuk davlat arbobiga xos tadbirkorlikni 
ham,harbiy tafakkurni ham,oldindan ko’ra olish iqtidorini ham,ruhoniyligu islohotchilikni ham 
o’zida mujassam etgan”
2
,deydi. Chunki u qonli urushlar,zulm,bosqinchiliklar avj olgan bir zamonda yashagan.Davrning 
turfa to’siqlarini beqiyos zakovat,hayratlanarli tadbirkorlik bilan yengib o’tgan.Amir Temurning 
saltanatni boshqarish san’atiga dunyo ahli tan bergan.Uning jang yo’riqlari,dushmanlariga qarshi 
olib borgan kurash usullari shohu sultonlar uchun o’ziga xos ibrat bo’lib kelgan.”Sohibqiron”da 
ham Amir Temurning raqiblarini yengish yo’lidagi tadbirlari ta’riflanadi.Temur o’zining 
saltanatini boshqarish tadbirlari haqida so’zlay turib,jumladan,shunday deydi:
Bolalarim,unutmangki, 
Davlat ishida 


Har qanday yumushning ham 
O’z o’rnibordir. 
Minglab xufya xizmat qilar bizga,masalan, 
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini. 
Xabarlarni shoshilmasdan,tinglab,o’rganib, 
Barchasiday chiqargaymiz zarur xulosa. 
Dramada shu minglab xufyalardan biri-Buqalamunning obrazi yaratilgan.Sohibqironning 
ishonchli kishilaridan biri bo’lgan Buqalamunning asl ismi Itolmas.Butun qiyofasini,hatto 
ko’zlarining rangini o’zgartira oladi,ko’p ellarning tillarini biladi,deb ta’riflangan.Buqalamun 
eng mushkul topshiriqlarni ham epchillik bilan bajaradi. Ushbu to’qima qahramonining hatti – 
harakatlari Amir Temurning siyosat maydonidagi makr – xiylalardan qay tarzda xabardor 
bo’lganini bayon etadi.
“Shatranch ilmi jahongiri” deb ta’riflangan Aloviddinning obrazi esa sohibqironning buyuk 
iroda,kuchli ruh kishisi bo’lganini dalolatlaydi.Sulton Boyazid lashkarlari bilan hayot-mamot 
jangi ketayotgan bir paytda Amir Temur Aloviddin bilan shatranj o’ynab o’tiradi.Chodir ortidan 
jang suronlari eshitilib turadi.”Ayni chog’da mening bunday o’ltirishim dushmanga allaqachon 
ma’lum bo’ldi.Bu firibimdan ularning dilida qo’rquv tahlikasi boshlandi.”,deydi Amir 
Temur.Shoir xayolining kashfi bo’lgan bu jarayonni shatranj o’yini qoidalariga muvofiq 
manzaralantiradi.Amir Temur taxta ustida ruh donalarini harakatlantirib,kutilmaganda 
Aloviddinni chiroyli mot qiladi .Sohibqironning buyuk iroda egasi ekanini,ulug’ donishmand 
egasi ekanini,uning ulug’ donishmand bo’lganini gavdalantirish maqsadida asarga kiritilgan bu 
o’yin ham falsafiy ruh bilan yo’g’rilgan.Aloviddin o’yin chog’ida Temurga g’alabaga erishish 
uchun asp donalaringizni harakatlantiring,deydi Sohibqiron esa unga: 
Tangrim madodkor! 
Ruh surish fikrini u o’rgatdi menga... 
Eshitingiz, 
Ruh haqiqat qilichidek keskir,beomon. 
Men ruh bilan jang qilishni sevaman juda, 
Shoyad ruhlar menga mudom bo’lgay madodkor(68-69-betlar)- 
deydi.Amir Temur shatranj o’yinida ruh donalari yordamida g’olib kelishi qo’shinlarining 
dushman lashkarini yengib,Rum sultoni Boyazidni asir olishiga to’g’ri keladi.Tarixiy voqyelikka 
mana shunday badiiy tus beriladi.
Ma’lumki,qahramonlar o’rtasidagi keskinlikni chuqurlashtirishga berilib ketish asarga 
hamisha ham muvaffaqiyat keltiravermaydi.To’qnashuvlarni kuchaytirishga kirishib ketish 
asosiy qahramon taqdiri bir yoqda qolib,boshi,oxirini tutib bo’lmaydigan sarguzasht tafsilotlari 
oqimiga tushib qolishga olib keladi.”Sohibqiron”dramasida ana shunday saqlanilgan.Asosiy 
maqsaddan chalg’imaslik uchung qahramonlar o’rtasida ziddiyatlar zanjiri hosil 
qilinmagan.Voqyealar keskinlashib ketishi mumkin bo’lgan o’rinda yangi bir qahramon sahnaga 
chiqarilib,vaziyat iliqlashtirilgan.Yasovul Qosim-ana shunday obrazlardang biri.U Temur 
Aloviddinni shatranj o’yinida o’tirgan chog’da Sulton Boyazidning asir olingani haqida 
xushxabar keltiradi.Sohibqiron bu qutlug’ xabari uchun Samarqandga qaytib borgach,unga 
nabiralaridan birini berishini aytadi.Samarqandga qaygach, halolligi,sadoqati uchun vazir 
Muhammad Qovchinni ham kechiradi.O’lpon talab qilib kelgan chin elchisiga ham g’azab 
qilmaydi.Uni mehmon sifatida nabiralari to’yiga taklif qiladi.Biroq sohibqiron shu lahzalarda 
yana jangu jadalga chiqish zarurati paydo bo’lganini o’ylab ich-ichidan ezilib o’tiradi: 
Evoh,meni avlodlarim kim deb eslashur?! 
Urushqoq bir jahongirmi yo haq posboni? 
Adolat deb umrim bo’yi kurashdim,biroq, 
Afsuski,u bo’lmas ekan jangu jadalsiz(117-bet) 
Tarixdan ham ma’lum,Amir Temur g’oyat chigal davrda yashagan.Adolat uchun kurash 
yo’llarida qonli janglarga kirishga majbur bo’lgan.Ana shu ziddiyatli buyuk siymo ulug’vorligini 
gavdalantirishda Abdulla Oripov tarixiy shaxslar obrazi bilan bir qatorda to’qima qahramonlar 


obrazlaridan ham mahorat bilan foydalangan.”Sohibqiron”dagi adabiy qahramonlar tarixiy 
shaxslar obrazi bilan uyg’unlashib ,o’tmish hodisalarning jonli,ta’sirchan manzarasini namoyon 
qilgan. 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish