Kurs ishining vazifalari:Mаvzuning dоlzаrbligi,maqsad va vazifalari, mavzuning аmаliy аhаmiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot obyektlari, predmeti va hokazo jarayonlarni o’rganish;
Kurs ishi obyektlari: Kurs ishi uchun tadqiqot obyekti sifatida Respublikamizda mavjud neft va gaz konlari, neft va neftni qayta ishlash, benzin uning oktan soni, neftni reforminglash, neftni aromatlash, Ozbekistonda neftni yirik ishlab chiqarish majmualari: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Fargona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari sifati va samaradorligini oshirish borasida OzRFA akademigi M.F.Odidova va OzRFA umumiy va anorganik kimyo instituti akademigi Z.S.Salimov va boshqa olimlarning ishlari korib chiqildi va organildi.
I.BOB.KIMYO SANOAT.
1.1. Oʻzbekiston kimyo sanoatining oʻziga xos xususiyatlari. Ozbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini oz ichiga oladi.
Ozbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez suratlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, komir, neft, gaz, yogoch chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va komir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bolishi va rivojlanishiga sabab boldi.Ozbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham ozib ketdi.Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 96% gacha) metan tashkil etadi. Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) boladi. Sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan asosida yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib olish vaqtida gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq uglevodorodlarning aralashmasi bolib, undan juda kop alohida uglevodorodlarni ajratib olish mumkin. Ozbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Shortan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. Ozbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib olinadi.
Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda boyalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.
Shortan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 13 ta yoqilgi sanoati korxonalari ishlab turibdi.
Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bolib, nihoyatda murakkab tarkibga ega. Uning tarkibi ozgaruvchan bolib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kiradi.
Neftni kelib chiqishi togrisida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud. Kopchilik olimlarning fikriga kora, neft otmishda mavjud bolgan hayvonot va osimlik olamining geokimyoviy ozgarishi natijasida hosil bolgan. Neftning organik birikmalardan hosil bolishi togrisidagi bu nazariya tarkibida azotli, oltingugurtli birikmalar bolishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon toqimalarida va osimliklarda mavjud bolgan oqsil va boshqa organik birikmalar parchalanishidan hosil bolgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni noorganik birikmalar, yani metall karbidlaridan paydo bolgan degan fikrdalar.
Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan ortigi) Saudiya Arabistonida joylashgan.
Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar) tozalangandan song asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-1800C gacha qaynaydigan bolak), kerosin (180-3000C gacha qaynaydigan bolak) va mazut (qoldiq): neftning bu asosiy bolaklaridan yana petroley (neft) efiri (30-800C), ligroin (110-1400C), gazoil (270-3000C) kabilar ajratib olinadi. Mazutni past bosimda yoki suv bugi bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinadi.
Neft togridan-togri haydalganda juda kam miqdorda (25% gacha) benzin ajratib olinadi. Benzinning miqdorini oshirish maqsadida yuqori haroratda qaynaydigan neftning bolaklari kerosin, gazoil, mazut va boshqalar krekinglanadi, yani past haroratda qaynaydigan bolakalarga parchalanadi. Kreking jarayoni birinchi marta 1871-1878 yillarda Peterburg texnologiya institutining xodimi A.A. Letniy tomonidan organilgan bolib, 1891 yilda rus injeneri V.G. Shuxov kreking qurilmasini yaratadi. Sanoat miqyosida kreking jarayoni 1920 yillardan boshlab qollanilmoqda. Krekingning bir necha turlari mavjud.
Suyuq fazadagi kreking, 2,0-6,0 MPa, 430-5500C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% atrofida boladi. Bug fazadagi kreking 6000C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% dan kam bolib, 4050% atrofida etilen uglevodorodlari hosil boladi.
Vodorod ishtirokida parchalashda neft mahsulotlari 20,025,0 MPa bosim, 300-4000C harorat, temir, nikel, volfram katalizatorligida vodorod ishtiroki bilan olib boriladi. Benzinning miqdori 90% gacha yetadi. Hozirgi kunda sanoatda katalitik kreking keng tarqalgan bolib neft mahsulotlari 300-5000C da alyumosilikat, seolit, xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida krekinglanadi. Buning natijasida yuqori navli benzin olinadi. Krekingni yana bir necha turlari mavjud. Ozbekistonda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq neft qazib olinmoqda.
Ozbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini oz ichiga oladi.
Neft va gaz kimyosi fanlari uchrashgan joyda mavjud bo`lib, quyidagi qismlarni o`z ichiga oladi:
1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari, 4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e) smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar. 8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan:
1. Ustyurt;
2. Buxoro - Xiva;
3. Janubi g`arbiy Hisor;
4. Surxondaryo;
5. Farg`ona.
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 60004000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |