III BOB. FOSFORLI, KALIYLI VA KOMPLEKS O'G'ITLAR ISHLAB CHIQARISH
Fosfor “hayot kaliti” nomi bilan ataladi, bunga sabab u ko‘pchilik hayotiy jarayonlarda bevosita qatnashadi.
Fosfor tuproqlarda organik, mineral organo-mineral shakllarda bo‘ladi. Organik fosfor odatda birikmani struktura tarkibiga kiradi va mustahkam ushlanib turadi.
Fosforning mineral shakli ortofosfat kislotaning hosilalari tariqasida tarqalgan. Tabiatda barcha fosfotlarning 95 % kal siy fosfatdan iborat.
Mineral fosforning asosiy manbayi apatit, ya’ni Ca5(PO4)3 [F,Cl,OH]. Bunga ftor, xlor, gidrooksil apatit deyiladi. Apatit tuproqda mayda kristall hollarida va boshqa ko‘rinishlarda mavjud. Tuproqqa fosfor o‘simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlaridan, o‘g‘itlardan, ona jinsidan kelib qo‘shiladi.
4-jadval. Fosforli o’g’itlarning turlari
Ko‘pchilik hollarda texnogen yo‘llar bilan tuproqqa mineral o‘g‘itlardan tashqari insektitsidlar, fungitsidlar formasida ham tushadi, ya’ni solinadi.
Yuvuvchi moddalar, poroshoklar tarkibida ham 10-12% kaliy pirofosfat, 4-5% dan 40-50% gacha natriy fosfatlar mavjud bo‘lib, bular ham har xil yo‘llar bilan tuproqqa tushadi.
Tuproqda, undagi kimyoviy va boshqa jarayonlarda ortofosfat kislotasi (H3PO4) muhim rol o‘ynaydi. Bu kislota NH , Na+, Mg2+, Ca2+, Fe2+, Al3+ va boshqa kationlar bilan har xil tuzlarni, ya’ni fosfatlarni hosil qiladi. Bularning suvda eruvchanligi ham har xildir.
Masalan, ishqoriy metallar va ammoniy bilan hosil qilgan 1,2,3 almashilgan tuzlari gidroliz natijasida suvda yaxshi eriydi va tuproqda ishqoriy muhitni hosil qiladi.
1% Na2HPO4 eritmasini pH=8,9; Na3PO4 niki esa 12,0; NaH2PO4 kuchsiz nordon pH ga teng bo‘ladi.
Kalsiyni bir va ikki almashingan fosforli birikmalari ham suvda eriydi. Ca3(PO4)2 va 3 valentli metallarning fosfatlari suvda erimaydi yoki juda kam eriydi.
Ginzburg (1981) ma’lumotlariga ko‘ra, tuproqda dikalsiyfosfat, trikalsiyfosfat, ftorapatit, varistsit, shtrengit, xlorapatit, tarnakit, vivianit kabi fosforli minerallar mavjud.
Vivianit botqoq tuproqlari uchun xarakterli bo‘lib, u to‘planib oqish gorizontni hosil qiladi.
Tuproqlar tarkibida organik fosfor bilan mineral fosforlar miqdorlarining nisbati bir xil bo‘lmaydi.
Masalan, tuproqdagi fosforni organik birikmalar tarkibidagi miqdori butun zahirani 10-20% dan 70-80% tashkil qilishi mumkin.
Tuproqda gumus qancha ko‘p bo‘lsa, unda shuncha ko‘p miqdorda organik fosfor (5-jadval) mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |