Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik – axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob`ekt), foylanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foylanish bilan bevosita bog’langan.
Faqat dolzarb axborotgina ahamiyatga ega va u kutilgan natijaga erishish imkonini beradi. Biroq axborotni shoshilib, to’liq shakllanmagan holda yoki kechiktirilib uzatilishi undan unumli foydalanish imkonini bermaydi.
Axborotning qimmatliligi uning qanchalik muhimligi va inson faoliyatida qo’llanilib, ijobiy natija olishnishi bilan baholanadi.
Agar qimmatli va dolzarb axborot tushunarsiz ifodalangan bo’lsa, u foyda keltirmasligi va qimmatlilik ahamiyatini yo’qotishi mumkin.
Axborot uning iste’molchisiga tushunarli bo’lgan tarzda ifodalanishi kerak.
Axborot iste’molchi tomonidan qulay tarzda tushunilib, mohiyati anglanishi va undan oqilona foydalanish imkoniga ega bo’lishi kerak. Biroq manbalarda, o’quv darsliklari va qo’llanmalarda ba’zi axborotlar murakkab tarzda, tushunib yetish qiyinchilik tug'diradigan holda, ba’zilarida esa lo’nda va ravon tilda bayon etiladi.
Biror ob’ekt haqidagi axborot qisqa (ortiqcha belgilarsiz, lo’nda) yoki keng (ortiqcha belgilar bilan, ko’p jumlali holda) bayon etilishi mumkin. Qisqa axborot kam xotira sig'imi talab qilib, undan foydalanish qulay.
Umuman axborotning ikki turini alohida ajratib o’tish mumkin: uzluksiz va uzlukli (diskret) Uzluksiz axborot - fazo, vaqt;
Uzlukli axborot - ma’ruza, teledastur va hokazolar.
Odatda kod harflar, raqamlar va ba’zi maxsus belgilardan iborat alfavit asosida yaratiladi. Har bir kod o’zining uzunligi va tarkibi bilan xarakterlanadi.
1 Kilobayt (Kbayt) = 1024 bayt = 21 bayt,
1 Megabayt (Mbayt) = 1024 Kbayt = 220 bayt,
1 Gigabayt (Gbayt) = 1024 Mbayt = 230 bayt.
Keyingi paytlarda qayta ishlanadigan axborot hajmi ortib borishi munosabati bilan axborotning katta o’lchov birliklari ham kiritildi::1 Terabayt (Tbayt) = 1024 Gbayt = 240 bayt,
1 Petabayt (Pbayt) = 1024 Tbayt = 250 bayt,
1 Eksabayt (Ebayt) = 1024 Pbayt = 260 bayt,
1 Zettabayt (Zbayt) = 1024 Ebayt = 270 bayt.
1 Yottabayt (Ybayt) = 1024 Zbayt = 280 bayt,
belgilar pozitsiyasi sonini bildirsa, uning tarkibi koddagi belgilarning ma’lum bir alomatga ko’ra joylashish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |