"Blender" haqida ("Blender basics" kitobidan)
Ushbu tarjimalarni bundan bir necha yillar oldin boshlagandim, lekin davom ettira olmagandim (koʻpincha boshlagan ishlarimni oxirigacha yetkaza olmayman). Endi esa "Blender basics" kitobining yangi 4-nashri ham chiqishga ulguribdi. Shunday boʻlsa ham boshlangʻich ma`lumotlar hech kimga zarar qilmaydi deb oʻylayman. Agar qiziqsam (bu sizning iltimoslaringizga ham bogʻliq), qolgan tarjimalarni yangi "Blender basics" kitobining 4-nashridan davom ettiraman.
Kirish
Муаллиф: James Chronister
Ingliz tilidan rus tiliga tarjima qiluvchi: Yuliya Korbut aka Balista
oʻzbek tiliga tarjima qiluvchi tarjimon: Akmal Xushvaqov
Blender haqida
Blenderni qanday qilib erkin tarqatish mumkin?
Odamlarda, odatda, tekin dasturiy ta’minot deganda “yomon”, “cheklangan funksiyali” yoki “demo versiya” degan tasavvur paydo boʻlgan. Lekin Blender toʻliq funksiyali dastur hisoblanadi. U “open-source” (Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot) dasturchilari jamiyati tomonidan rivojlantirib boriladi. “Open-source” dasturchilari jamiyati deganda Blenderni rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshib borayotgan butun dunyodagi odamlar nazarda tutiladi. Blender renderlash, animatsiya va oʻyin tuzish dasturidir. Shuningdek u Blender Foundation tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va tekin tarqatiladigan erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot hamdir. Siz Blenderni bemalol tekin www.blender.org saytidan koʻchirib olishingiz mumkin.
Fondni tuzish maqsadi quyidagicha shakllantirilgan:
“Blender foundation – mustaqil notijorat (nonprofit public benefit corporation) tashkiloti hisoblanib, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan:
Blenderni ochiq kodi uchun 100,000 yevro miqdorida toʻlanishi kerak boʻlgan litsenzion toʻlovlarni yigʻish boʻyicha tuzilgan kompaniyadir.
Butun dunyodagi internet-jamiyatga Blenderni texnik asoslarini oʻrganishga, 3D-texnologiyani rivojlantirishga imkon berish maqsadida tuzilgan.
Blenderning dasturchilari va faol foydalanuvchilari uchun xizmat koʻrsatish.
Hammabop tizimni ochiq kodlari bilan GNU GPL litseyziyasi ostida yaxshilash va qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan.
Kirim tizimini uyushtirish yoki fond maqsadlariga xizmat qiluvchi yordamlar toʻplash va fond ishlarini uyushtirish uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun.
Blenderning web sayti: www.blender.org
Agar siz blenderning koʻp sonli hamma xususiyatlarini oʻzlashtirishga harakat qilsangiz, u yetarlicha qiyin dastur boʻlib tuyulishi mumkin. Ushbu kitob siz obyekt, sahna va animatsiya tuzishning asosiy metodlarini oʻzlashtirishingiz uchun tuzilgan. Ushbu dasturni oʻrganishda, mening sizga beradigan eng yaxshi maslahatim shuki, hech qachon oʻrganishni tashlab qoʻymang. Har qanday renderlash va animatsiya tuzish dasturlarini oʻrganish qiyin jarayondir. Blender ham ushbu holdan chetda emas. oʻrganishning bir necha haftasidan soʻng koʻpgina narsalar sizga oson tuyula boshlaydi. Ushbu oʻquv qoʻllanmasi har kuni mashqlar bajarib oʻrganishga asoslangan. Shuning uchun dasturning hamma xususiyatlari toʻliq yoritib berilmagan. Agar siz ushbu kitobdan mustaqil oʻrganish uchun yoki bilimlaringizni rivojlantirish uchun foydalansangiz, siz qoʻshimcha ma’lumotlarni b3d.mezon.ru, blender3d.org.ua, va blender.org kabi saytlardan olishingiz mumkin (u yerda ma’lumotlar rus va ingliz tillarida). Ushbu saytlardan siz bir qancha savollarga javob topishingiz mumkin boʻlgan forum va qoʻllanmalar uchratasiz. Blenderning minglab yer yuzidagi foydalanuvchilari maslahatlar berish va olish uchun ushbu forumlarni kuzatib borishadi. Keng bilimlar omboridan foydalaning!
Versiyasi haqida ma’lumot
Ushbu kitobni nashr qilish vaqtidagi Blenderning versiyasi 2.49. Blender butun dunyodagi boʻsh vaqtlarini dasturni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshayotgan insonlar kuchi bilan rivojlanib bormoqda. Shuning uchun yangi versiyasi 4 oydan soʻng yoki bir yildan soʻng paydo boʻlishi mumkin. Blenderning rivojiga oʻz hissasini qoʻshayotgan koʻp miqdordagi odamlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yangi oʻzgarishlar dasurning yangi versiyalarida paydo boʻladi va ushbu dastur doimiy rivojlanib boradi.
Renderlash va animatsiya tuzishning asosiy tushunchalari
Renderlash
Render 3d obyektni yoki sahnani grafik koʻrinishi hisoblanadi. Materiallar kabi ushbu xususiyatni yorugʻlik, soya effektlari va render sifatini boshqaradi. Qancha koʻp ushbu elementlardan qoʻshsangiz, shuncha sizning sahnangiz haqqoniy chiqadi, lekin tasvir tuzish vaqtingiz ham koʻpayib boradi.
Materiallar va tekstura
Siz rang yoki tekstura tanlash yoʻli bilan obyekning tashqi koʻrinishini boshqarishingiz mumkin. Materialar obyektga har xil effektlar yordamida haqqoniylik beradi. Siz tovlanish (specularity)ni, yorugʻlik nuri xususiyatini, shaffoflikni, shuningdek, materialning koʻrinishini qaytarilishini boshqarishingiz mumkin. Nur tushishi (Raytracing) aks etish (mirror)va (refraction) effektlarini olish xususiyatini beradi. Tekstura sifatida har qanday skaner qilingan rasmdan yoki har qanday rasm tahrir qilish imkoniyati boʻlgan dasturda chizilgan rasmdan foydalanish mumkin. Har qanday formatdagi (.jpg, .bitmap, .png) rasmdan tekstura sifatida foydalansa boʻladi. Shuningdek, blender koʻp miqdordagi ichki tekstura generatorga ega. Ushbu tekstura generatorlari har xil yuqori xususiyatlarni hosil qiladi. Masalan, yogʻoch (wood), marmar (marble), bulutlar (clouds), toʻlqinlar (waves) kabi.
Yoritish
Lampalar (chiroqlar) sizning sahnangizga har xil tipdagi aks va soyalar yordamida haqqoniylik qoʻshadi. Siz tipni boshqarish, intensivlik, shuningdek yorugʻlikning taralishini boshqarishingiz mumkin. Bir qancha lampalar tuman yoki chang kabi yoritish asosida burgut (oreol) effektini hosil qiladi. Yoki katta hajmda yoritish ham mumkin. Shuningdek, siz ilyuminatsiya masofasini moslashingiz ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |