Bizni o‘rab turgan borliqning eng muhim xususiyatlaridan biri uning tinimsiz



Download 270,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.01.2022
Hajmi270,25 Kb.
#420759
1   2   3   4
Bog'liq
kattaliklar

a va b 
kattaliklar 

kattalik birligida o'lchangan bo‘lsa, 
a va b 
kattaliklar 
orasidagi munosabat ularning sonli qiymatlari orasidagi munosabat kabi bo’ladi va 
aksincha. Masalan, agar ikki jism massasi 
a = 5 
kg, 

= 3 kg boisa, u holda 

ning 
massasi 

ning massasidan katta deyish mumkin, chunki 5 > 3. 
2. Agar 
a va b 
kattaliklar 

kattalik birligida o’lchangan bo’lsa, u holda 
yigindining sonli qiymatini topish uchun 

va 

kattaliklarning sonli qiymatlarini 
qo'shish kifoya. 
Odamlar ilgaridan har xil kattaliklarni iloji boricha aniqroq o’lchash zarurligini 
tushunganlar. Aniq o’lchashlarning asosi bo’lib, kattaliklarning qulay va tushunarli 
birliklari hamda bu birliklarning aniq tanlangan birliklari xizmat qiladi. O‘z 
navbatida tanlangan birliklarning aniqligi mamlakat fan-texnika va sanoati 
rivojlanish darajasini aniqlaydi. 
Eng qadimgi davrda uzunlik birligi kishi tanasining qismlari bilan o‘lchangan. 
Masalan, bu davrda uzunlik o'lchov birligi sifatida kaft (bosh barmoqsiz to'rtta 
barmoq kengligi), tirsak (tirsak uzunligi), fut (oyoq tagi kaftining uzunligi) va 
boshqalar ishlatilgan. 
Kattaliklar birliklari rivojlanishining keyingi davrida bir-biri bilan o'zaro 
bog‘langan birliklar kiritildi. Masalan, Rossiyada uzunlik birligi milya, chaqirim, 
sarjin 1 chaqirimga teng, 7 chaqirim 1 milyaga teng. 
XIV—XVI asrlarda savdo-sotiqning rivojlanishi bilan kattalikni o'lchashning 
obyektiv birliklari vujudga kela boshladi. Massa birligi sifatida gramm (boshoq 
massasi) ishlatilgan. Biroq kattaliklar birliklari orasidagi bog'lanish ixtiyoriy 
bo‘lgan. Nafaqat mamlakatlar, balki bitta mamlakat ichidagi turli sohalar ham 
o‘zining uzunlik, yuza, massa birliklariga ega bo'lgan. Ayniqsa, Fransiyada kattalik 
birliklari turlicha bo'lgan, u yerda har bir feodal o‘z hukmronlik doirasida o'zining 
o‘lchovlariga ega bo‘lgan. XVIII asr oxirida, buyuk fransuz inqilobi davrida 
Fransiyada birliklarning yangi sistemasi — Xalqaro sistema vujudga keldi. Bu 
sistemada uzunlikning asosiy birligi qilib metr — Parijdan o‘tadigan Yer meridiani 
uzunligining 40 milliondan bir qismi qabul qilindi. Metrdan tashqari ar — 
tomonining uzunligi 10 
𝑚
ga teng bo‘lgan kvadratning yuzi; litr — qirrasining 


uzunligi 0,1 
𝑚
bo'lgan kub hajmiga teng suyuqlik va sachrovchi jismlar hajmi; 
gramm — bu qirrasining uzunligi 0,01 
𝑚
bo‘lgan kub ichidagi toza suv massasi kabi 
birliklar o‘rnatildi. Shuningdek, old qo‘shimcha yordamida hosil bo‘ladigan o‘nli 
karrali va ulushli birliklar: milya (
10
−1
), kilo (
10
3
), gekto (
10
2
), deka (
10
1
), detsi 
(
10
−1
), santi (
10
−2
), milli (
10
−3
)lar kiritildi. 
Massa birligi kilogramm 40°C haroratdagi 1 
𝑑𝑚
3
suvning massasi sifatida 
aniqlangan. 
Kattalikning hamma birliklari uzunlik birligi metr bilan yaqindan bog‘langani 
uchun kattaliklarning yangi sistemasi o'lchovlarning metrik sistemasi nomini oldi. 
Tarixda birinchi marta tabiatdan olingan va o‘nli sanoq sistemasi bilan uzviy 
bog‘langan namunaga asoslanib yaratilgan izchil sistema tashkil qilingan o'lchovlar 
paydo bo‘ldi. Ammo tez orada bu sistemaga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keldi. 
Bunga meridian uzunligining yetarlicha aniq hisoblanmaganligi sabab bo‘ladi, 
undan tashqari, fan va texnikaning rivojlanishiga qarab, bu kattalikning qiymatiga 
aniqliklar kiritilishi sabab bo‘ldi. Shuning uchun tabiatdan olingan uzunlik 
birligidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. 
Rossiyada o‘lchovlarning metrik sistemasi 1899- yildan boshlab loyihasi 
mashhur rus olimi D. I. Mendeleyev tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qonun bilan 
bir vaqtda qo’llanila boshlandi. 
1921- yilda kattaliklaming birlik sistemasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni 
mustahkamlash maqsadida o‘lchov va og‘irliklaming xalqaro birliklari qabul qilindi. 
XX asrda fan va sanoatning gurkirab rivojlanishi shunga olib keldiki, 50- yillarga 
kelib o'lchovning metrik sistemasini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi turli xil birliklar 
sistemasi vujudga keldi. Kattaliklarning yagona sistemasini barpo qilish muammosi 
tug‘ildi. Bu muammoni hal qilishda o‘lchov va og‘irliklarning xalqaro qo‘mitasi 
katta ish olib bordi. 1960-yilda o‘lchov va og‘irliklaming XI bosh konferensiyasi 
Xalqaro birliklar sistema (SI) ni kiritishi bilan bu muammoni hal qildi. 
Birliklaming Xalqaro sistemasi (SI) fan, texnika, xalq xo‘jaligi va ta’lim berishning 
hamma sohasi uchun yagona amaliy birliklar sistemasidir. Butun dunyo uchun 


yagona hisoblangan bunday sistemaga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgani uchun u qisqa 
vaqt ichida keng xalq ommasi orasida tan olindi va butun dunyoga tarqaldi. 
Bu sistemada yettita asosiy birlik (metr, kilogramm, sekund, amper, kelvin, mol va 
kandela) va 2 ta qo‘shimcha birlik (radian va steradian) bor.
Ma'lumki, uzunlik birligi metr va massa birligi kilogramm o‘lchovlarining 
metrik sistemasiga ham kirgan. 
Metr elektromagnit to‘lqinining vakuumda (havosiz bo‘shliqda) sekund 
o‘tgan yo‘li sifatida qaraladi. Metrning bunday ta'riflanishiga o‘lchashlarning 
aniqligiga bo’lgan talabning ortganligi, shuningdek, tabiatda mavjud bo'lgan va har 
qanday sharoitda ham o‘zgarishsiz qoladigan kattalik birligiga ega bo‘lishiga 
intilishi sabab bo‘ldi. 
Massa birligi — kilogrammning ta'rifi o'zgarmadi, kilogramm 1889- yilda 
platina va iridiy aralashmasidan tayyorlangan silindr massasi. 
Xalqaro sistemaning uchinchi asosiy birligi vaqt birligi — sekunddir. U metrga 
qaraganda ancha ilgari kelib chiqqan. 
1960- yilgacha sekundni quyosh sutkasining qismiga teng deb olingan, ya'ni sekund 
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bo‘yicha ta'riflangan. Bu narsa vaqtning turli 
birliklari orasidagi odatdagi munosabatlarni saqlash maqsadida qilingan edi. Bunday 
ta’riflashda bir sutkada 86400 sekund bo‘ladi, bu 1440 minut yoki 24 soatni tashkil 
qiladi. 
1960- yilda o'ichov va og‘irliklaming bosh konferensiyasi Yerning quyosh atrofida 
orbita bo'ylab harakatiga asoslanib, vaqtning birligiga o‘tish haqida qaror qabul 
qildi. Sekund yilning qismi sifatida olindi. Bunda o‘rtacha quyosh kunlarining 
o‘zgaruvchan ekanligi hisobga olindi va uning aniqligi orttirildi. Ammo bu ham 
olimlarni qanoatlantirmadi. 1967-yilda sekundni quyidagicha ta’riflashdi : «Sekund 
seziy 133 atomi asosiy holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi o‘tishga mos 
bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqtga teng». 
Umuman, fan va texnikaning rivojlanishi muntazam ravishda kattaliklar 
birliklarining ta’rifiga tuzatishlar kiritib turadi. 


Amalda hamma uzunliklarni metr bilan, massalarni kilogramm bilan, vaqtni 
sekund bilan o‘lchash noqulay. Shuning uchun asosiy birliklardan ularga karrali va 
ulushli bo'lgan yangi birliklar hosil qilinadi. Birliklar asosiy birliklardan 10, 
10
2

10
3

10
6

10
9

10
12

10
15

10
18
marta katta, ulushli birliklar asosiy birliklaming 
10
−1

10
−2

10
−3

10
−6

10
−9

10
−12

10
−15

10
−18
qismiga teng. Birlildaming 
yangi nomlari «metr», «gramm», «sekund»lardan va old qo‘shimchalanni qo'shish 
yordamida hosil qilinadi: Masalan, kilometr karrali birlik, 
1 𝑘𝑚 = 10
3
𝑚, 1𝑡 =
1000 𝑘𝑔
; millimetr ulushli birlik, 
1 𝑚𝑚 = 10
−3
𝑚 = 0,001 𝑚.
Umuman, uzunlik uchun karrali birlik — kilometr (km), ulushli birliklar — 
santimetr (sm), millimetr (mm), mikrometr(mkm), nanometr (nm); massa uchun 
karrali birlik — megagramm (mg), ulushli birliklar — gramm (g), milligramm (mg), 
mikrogramm (mkg); vaqt uchun karrali birlik — kilosekund (ks), ulushli bir- liklar 
— miliisekund (ms), mikrosekund (mks), nanosekund (ns). 
Uzunlik, massa va vaqt orqali aniqlanadigan kattaliklar 

Download 270,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish