Biznesni tashkil etish va yuritish fanidan mustaqil ish



Download 75 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2022
Hajmi75 Kb.
#408375
1   2
Bog'liq
mi 16

Ikkinchidan, «faol jamiyat»ni shakllantirishga e'tibor berish kerak. Bunda iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat barpo etishdagi faolligi rag'batlan- tiriladi. Shuningdek, mehnat bozoridagi siyosat jamiyatdagi har bir sogiom a'zoning o'z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini e'tirof qilishga asoslangan.

Uchinchidan, «faol jamiyat» va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol siyosat teng imkoniyatlar tamoyih bilan birga qo'shib olib borilishi kerak. Uning asosiy mohiyati ish joyiga ega bo’lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barliam toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakaning vetishmasligi va hokazo sabablarga ko'ra kelib chiqishi mumkin.

Iqtisodiyot fanida mehnat bozorini tartibga solish shakliari va usuhari ko'proq uning alohida elementlarini tartibga solishni nazarda tutadi, yaqqol tizimli tartibga solishni amalga oshirish e'tiborga olinmaydi, Mehnat bozoridagi faol dasturlar iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotgan, zamonaviy iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini modemizatsiyalash hamda ishchi kuchining yuksak kasbiy, tarmoq va mintaqaviy harakatchanhgi zarur bo'lgan, inson kapitali rivojlanayotgan sharoitlarda ish bilan bandlik siyosatining eng maqbul turlaridan biri hisoblanadi.

Mehnat bozoridagi faol dasturlar ham sust turlami (jamoat ishlari dasturlari, ish haqiga subsidiyalar ajratish), shuningdek, faol turlami ham (yangi ish joylarini yaratish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishchi kuchining mehnat resurslari yetishmay- digan mintaqalarga ko'chib borishi uchun subsidiyalar berish va h.k.) o'z ichiga oladi. Mehnat bozoridagi faol dasturning asosiy andozasi doirasida ham bo'sh ish o'rinlarini saqlab turish uchun zarur bo'lgan mablag'lar hajmini pasaytiradigan, yangi ish o'rinlarini yaratishga mablag'lar sarfini oshiradigan tadbirlardan iboratdir. Umuman olganda, faol dasturlar bevosita ishga joylashtirishga ta'sir ko'rsatadigan chora-tadbirlar sifatida qaralishi mumkin. Uslibu chora-tadbirlar davlat ish bilan bandlik xizmati organlarida faoliyat samaradorligini oshirish uchun, shuningdek, ishsizlarga ishsizlik nafaqasi olish ro'yxatiga kiritishda ish joyi izlashga qo'yiladigan talablarni kuchaytirishni o'z ichiga oladi.

Shu bilan birga, faol dasturlar ishchi kuchi taklifiga ta'sir ko'rsatish omili bo’lishi mumkin. U ishga qabul qilishda kam imkoniyatga ega bo'lganlar guruhlarga ham ishchi kuchi taklifini pasaytirish yoki bir gumhdan boshqasiga o'tib ish bilan band bo’lish imkoniyatini qayta taqsimlashga imkon tug'diradi, bunda uslibu gumhlarning ishchi kuchini taklif qilish to'g'risida qaror qabul qilishga ta'sir ko'rsatadi.

Mehnat bozorida samarali ish bilan bandlik siyosatini yuritish uchun faol dasturlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:


  • yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bog’liq faol tadbirlarni rivojlantirish;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lganlarni ijtimoiy jihatdan qo'hab-quvvatlash maqsadida kvota ish o'rinlarini yaratish;

  • ishsizlarning tadbirkorlik tashabbusini rag'batlantirish;

  • ish bilan band bo'lmagan aholi va ishsizlarning kasbiy harakatchanligi (mobilhgi) va raqobatbardoshligini oshirish.

Shunday ekan, davlat ish bilan bandlik xizmatining Dasturi mehnat bozorida faol ish bilan bandlik siyosati doiralarini qamrab olishi zarur. Hududiy darajada bu hududiy ish bilan bandlik Dasturi sifatida ifodalanadi. Ish bilan bandlikning faol siyosati hammadan avval yangi ish joylarini yaratish va amalda mavjudiarini saqlab qolish, korxonalar faoliyatini jadaUashtirish, kichik biznes, o'zini o'zi ish bilan band qilishni rivojlantirish, ish bilan band bo'lmagan aholini kasbiy o'qitish bo'yicha ishlarni faoUashtirishda namoyon bo'ladi. Masalan, Yaponiyada kichik biznesda ish bilan band bo'lganlarning soni ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo'lganlarning umumiy sonida 58 % ni tashkil qiladi. Agar o'rta biznes ham hisobga ohnsa, bu raqam 80,6 % gacha ko'payadi.

Kichik biznesning har xil darajalardagi budjetlardagi ulushi­ning jahon ko'rsatkichi 50—60 %. Kichik biznesning savdo korxonalariga Yaponiya eksportining 50 % i, importning esa 40 % i to'g'ri keladi. Demak, o'z ichiga xizmatlar sohasini oluvchi kichik biznesda, aholi ish bilan bandligini ko'paytirishning juda katta salohiyati mavjud. Agar boshqa mamlakatlar tajribasiga murojaat qilinsa, unda Shvetsiyada o'z biznesini tashkil qilishni istovchi ishsizlar moliyaviy yordam olishlari mumkin. Subsidiyalar 20 yoshgacha va undan kattaroq bo'lgan ishsizlar sifatida ro'yxat­dan o'tgan va ishni topish imkoniyatiga ega bo'lmagan kishilarga to'lanadi.

Buyuk Britaniyada, shaxsiy ishini boshlashni istovchi va yordam uchun murojaat qilganlar, 13 hafta davomida ishsiz bo'lishlari va biznesga kiritish uchun 1000 funt sterlingdan kam bo'lmagan summaga ega ekanligi haqida hujjatlarga ega bo’lishlari kerak. Uslibu dastuming ishtirokchilari bir yil davomida haftasigi 40 funt sterling olishadi. Ish bilan bandlikning faol siyosati choralariga ishsizlarni yollashda tadbirkorlarga subsidiyalar berilishi ham kiradi. Niderlandiyada olti oy davomida ishga ega bo'lmagan ishsizlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlar ikki yil davomida uslibu shaxslar uchun ijtimoiy sug'urta fondlariga soliq to'lashdan ozod qilinadilar va ularga ishsizlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadlariga pul ajratish kafolatianadi. Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiyada davlat idoralari to’liq o'rta ma'lumotga ega bo'lmagan 16—18 yoshli yoshlarni ishga joylashtirgan hoharda korxonalar xarajatlarining 80 % igachasini qoplaydi. Ba'zi bir mamlakatiarda ishsizlarni ishga yohagan korxonalar soliqlarning tabaqalashtirilgan siyosati bilan rag'batlantiriladi.

Mustaqil ish bilan bandlikning o'sishi uchun zarur sharoitlar ko'proq darajada erkin bozor iqtisodiyotining samarali o'sishi sharoitlariga mos keladi. Amalda mustaqil ish bilan bandlik mavjud bo'lishining o'zi xususiy sektorga bog'liq, shuning uchun xususiy sektorning o'sishiga ko'maklashuvchi siyosiy va iqtisodiy sharoitlar, mustaqil ish bilan bandlikning rivojlanishiga ham yordam beradi.

Barqaror iqtisodiy-huquqiy muhit xususiy sektor faoliyati va mustaqil ish bilan bandlik o'sishining asosiy sharti hisoblanadi. Har qanday ko'lamdagi investorlar, yirik korporatsiyalardan tortib tadbirkorlar mustaqil faoliyat yo'liga kirayotgan yakka shaxslarga, ular o'zlarining investitsion rejalarini rejalashtirishlari va amalga oshirishlari uchun iqtisodiy tizimning oqilona barqarorligining kafolati kerak. Iqtisodiy tizimning barqarorligi hammadan avval, qoidaga ko'ra xususiy iqtisodiy faoliyat yo'liga kirishni tartibga soluvchilar; mulkchilik huquqlari; xususiy iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishdan olinadigan daromadlar tizimi; soliqqa tortish tizimi; shartnomalar shartlariga rioya qilish kabi omillar bilan belgilanadi. Barqarorlikning boshqa muhim omili — barqaror makroiqtisodiy muhitni saqlab qolishdir. Moliyaviy va kredit-pul siyosati iqtisodiy o'sishni hamda resurslarning davlat va xususiy sektorlar o'rtasida samarali taqsimlanishini ta'minlashi kerak. Davlat xususiy sektorga kiritilishi mumkin bo'lgan mablag'larning siqib chiqarihshiga yo'l qo'ymasligi kerak.

XMTning tasnifiga ko'ra, mustaqil ish bilan band bo'lganlarga tadbirkorlar, ishlab chiqarish kooperativlarining a'zolari, yollash bo'yicha ishlamayotgan shaxslar, oilaviy korxonalarning haq olmaydigan mehnatkashlari kiradi. Ko'pgina mamlakatlarda mustaqil ish bilan band bo'lganlarning 60 dan 80 % gachasi xizmat ko'rsatish sohasida jamlanganlar. Bu hammadan avval savdo, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatim ko'rsatish sohasi (30—60 %), qolgan qismi kommunal, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar hamda transportga to'g'ri keladi. Keyingi yiharda moliya, maslahat berish, axborot kabi xizmat turlari faol yuqorida aytib o'tilgan ish bilan bandlikning egiluvchan shakllaridan keng foydalanishga imkon beradi.

Mehnat bozor infratuzilmasining bosh masalasi mehnat bozorini tartibga solishda infratuzilma subyektlari o'rtasida aloqadorlikni ta'minlovchi mexanizmlarni yaratish va funksiyalarni taqsimlashni nazarda mtadi. Shunday qilib, mehnat bozori infratuzilmasining asosiy subyektlari hamda mehnat bozorini tartibga soluvchi institutsion tuzilmalari sifatida, asosan, davlat ish bilan bandlik xizmati va ishga joylashtirish bo'yicha nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlaridan iboratdir.

Davlat ish bilan bandlik xizmati — davlat ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi bo’lib, uni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi.

Davlat ish bilan bandlik xizmatining asosiy masalalariga mehnat bozorini boshqarish va ishsizlatga personal yordam ko'rsatish, ularni hal etish yo'llarini aniqlash, mehnat vositachiligi, kasbiy va geograflk kasbiy hamkatchanlikni rag'batlantirish, mehnat bozori haqida axborotlar to'plash, ishsizlarni kasblarga tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha ishlarni amalga oshirish kiradi. Shunday ekan, davlat ish bilan bandlik xizmatining ijtimoiy funksiyalari va mehnat bozorini tartibga solishdagi iqtisodiy funksiyalari birga olib borihshi nazarda tutiladi. Bu ikki funksiya davlat ish bilan bandlik xizmatining ikki tomonlama mohiyatini aniqlab bemdi. Davlat ish bilan bandlik xizmati ishsizlik muarnmolarini (ijtimoiy funksiya) va ish bilan bandlik muammolarini (iqtisodiy funksiya) hal etish o'rtasida turli xil variantlami ishlab chiqadi.

Davlatning ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning asosiy moliyaviy vositasi bo’lib, ish bilan ta'minlashga ko'mak- lashish Davlat jamg'armasi hisoblanadi. Davlat ish bilan bandlik jamg'armasi mablag'lari, asosan, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha sarflanadi: mehnat oiganlari faoliyatini moliyalashtirish, ishsizlik nafaqasini to'lash, kasbga o'qitish va qayta o'qitish, jamoat ishlarini tashkil etish, ijtimoiy muhofazaga muhtojlarga moddiy yordam berish, yangi ish o'rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, muddatidan oldin pensiyaga chiqish.

Shahar va tumanlardagi Bandlikka ko'maklashish markazlari o'zlarining ish bilan bandlikka ko'maklashish sohasidagi fimksiyalaridan tashqari, tijorat faoliyatlari bilan ham shug'ul- larlishlari mumkin. Masalan, ish beruvchilar bilan aloqa o'rnatish: ko'pchilik ish beruvchilar o'zlarining xodimlari malakasini oshirish, maslahat xizmatlaridan foydalanishga muhtojlik sezadilar. Bizningcha, viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati organlari va markazlari yuqori malakali kadrlarni tanlash va maslahatlar berish bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishlari mumkin.

Mehnat bozorining bu segmentida ijtimoiy funksiyakrni davlat ish bilan bandlik xizmati amalga oshiradi. Mehnat resurslari va korxonalarga mehnat vositachihgi davlat ish bilan bandlik jamg'armasi mablag'lari hisobiga moliyalashtirish natijasida bepul ko'rsatiladi. O'zining cheklangan tashkiliy va moliyaviy resurslariga ega bo'lgan davlat ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida monopol xarakteiga egadir. Shunday ekan, bizningcha, davlat ish bilan bandlik xizmati nodavlat tashkilotlar tuzishda, shu­ningdek, ixtisoslashgan, samarali imkoniyatlarga ega bo'lgan va qonunlar doirasida mehnat vositachiligi bilan shug'ullanuvchilarga yordam berishi kerak.

Davlat ish bilan bandlik xizmatining ishga joylashtirish bo'yicha yuqori samarali faoliyatiga qaramasdan, unchalik katta bo'lmagan qismga ega bo'sh ish joylari uning yordamida to'ldiriladi, Yuqorida yuzaga kelgan bunday holatlar bilan davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatini quyidagicha izohlash mumkin:

1) davlat ish bilan bandlik xizmati o'zining ma'lumotlar bankida nufuzli bo'sh ish joylariga ham, kam ish haqi to'lanadigan va kam malakali mehnat talab qiladigan ish joylariga ham ega. Korxonalardan ish bilan bandlik xizmatiga beriladigan talabnomaning katta qismi nochor tarmoqlardan, oz qismi barqaror rivojlanayotgan tarmoqlardan tashkil topadi. Barqaror rivojlanayotgan tarmoqlarga tez va sifatli mehnat vositachihgi xizmatlari, asosan, xususiy kadrlar agentligi tomonidan ko'rsatiladi;



  1. bundan tashqari, davlat ish bilan bandlik xizmatiga ijtimoiy jihatdan himoyalangan malakali ishchilardan tashqari, ijtimoiy liimoyaga muhtoj bo'lgan, ya'ni nodavlat ish bilan bandlik oiganlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan ishchilar ham murojaat qilishadi;

  2. foydali bo'sh ish joylariga ega bo'lgan tadbirkorlar va malakali mutaxassislar davlat ish bilan bandlik xizmatidan kam foydalanishadi. Ular xodimlarni tanlash va bo'sh ish joylari to'g'risidagi axborotlarni to'g'ridan to'g'ri qarindoshlari, tanishlari orqali muloqot o'rnatib, ma'lumotga ega bo’lishadi;

  3. davlat ish bilan bandlik xizmati o'zining ijtimoiy funk­siyalarini bajarishda ijtimoiy ta'minot organlariga aynan o'xshash holda amalga oshiradi, qaysiki, rivojlanayotgan firma ishchiga bo'lgan talabnomani berishga shoshmaydi, chunki ish bilan bandlik xizmati hisobida mehnatga noloyiq ishlashni xohlamay- diganlar bo’lishi mumkin.

Mehnat bozorida davlat ish bilan bandlik xizmati ijtimoiy- iqtisodiy funksiyalarini bajarishda, asosiy subyekt sifatida chiqishga majbur: ishsizlarga ijtimoiy to'lovlar, fuqarolarni kasbga yo'naltirish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatish, uzoq muddat ishsiz bo'lganlarga ishsizlik maqomini berish, ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni o'tkazish, fuqarolarni ishga joylashtirish va ilgarigi huquqlarini tiklash bo'yicha turli tashkilotlar bilan qo'shma loyihalarni tashkillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Milliy ish bilan bandlik xizmatlari XX asrning 20-yillaridan paydo bo'la boshladi. Ularning paydo bo'lishi 1919-yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning tashkil etihshi bilan bog’liq. XMTning ishsizlar to'g'risida 2-sonli Konvensiyasida ish bilan bandlik bo'yicha pullik bo'lmagan davlat byurolarini tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi. Keyingi yiharda XMT ish bilan bandlik byurolarining taslikiliy tuzihshi, ularning funksiyalarini aniqlash, moliyalashtirish tartiblari bo'yicha bir qator hujjatlarni qabul qildi. XMT tavsiyalari uning a'zo mamlakatlarida milliy ish bilan bandlik xizmatlarini tashkil etishda u yoki bu ko'lamda foydalanilmoqda.

Mehnat bozorini tartibga solish mexanizmining ishlashi jami huquqiy, me'yoriy va axborot ta'minoti kesimida amalga oshadi.

Uslibu mexanizmning huquqiy ta'minoti O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mah- kamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari, yuridik shaxslar nizomlari ko'magi bilan amalga oshiriladi, Me'yoriy ta'minot bo’lib, yo'riqnomalar, normativlar, me'yorlar, uslubiy ko'rsatmalar, tavsivalar va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Axborot ta'minoti mehnat bozori konyunkturasi, uni tartibga solish va moliyaviy ta'minlash haqidagi turli xil va ko'rinishdagi (davriy hisobotlar, tezkor va boshqa anahtik ma'lumotlar) axborotlardan tashkil topadi.

Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida davlat tomonidan tartibga solish tarkibirii takomihashtirish lozim. Chunki fuqaroning mehnat qilishga bo'lgan konstitutsion huquqi ta'minlanishining yagona kafolatini faqatgina davlat berishi mumkin. U uslibu vazifani Konstitutsiyaga birioan o'z bo'yniga oladi. Uslibu kafolat huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlar bilan ta'minlanishi kerak.

Huquqiy chora-tadbirlarga aholi bandligini tartibga solishga yo'naltirilgan bir qator qonuniy-me'yoriy hujjatlarni kiritish mumkin. Bular «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonun va unga mos ravishdagi bir qator qarorlar paketidan iboratdir. Ular orqali aholining mehnatga bo'lgan huquqi va davlat siyosa­tining asosiy tamoyillari, aholi bandligini tartibga solish hamda uni tashkil etish, ishini yo'qotganda kompensatsiyalar o'rnatish tartibi amalga oshiriladi.

Mehnat sohasidagi xalqaro-huquqiy qonunchilik xalqaro kehshuvlar asosida amalga oshiriladi hamda yollanma mehnatni tartibga solish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnatni himoya qilish, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoyalashda o'z aksini topadi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 23-moddasida insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida mehnat qilish huquqi va ish o'rnini eririn tanlash, munosib mehnat sharoitlariga ega bo’lish va ishsizlikdan himoyalanish keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, XMTning Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. XMT Konvensiyasining 54-bandida ta'kidlanganidek, «Jamoaviy muzokaralar, bir tomon­dan, tadbirkor, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o'rtasida:


    1. mehnat sharoiti va bandlikni belgilash;

    2. tadbirkorlar va mehnatkashlar o'rtasidagi munosabat- larni tartibga solish;

d) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi».

Mehnat bozori munosabatlari ni tartibga solish kompleks — shartnoma tizimining qayishqoqhgi, shuningdek, munosabatlari sohasida tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini ro'yobga chiqarish haqidagi keng yoyilgan to'g'ri tasavvurlarga ega bo'ladi. Ayrim xodim muzokaralarda o'zidan ancha kuchli sherigi — ish beruv- chiga nisbatan yakka tartibda amalga oshiradigan xatti-harakatlari bilan qarshilik ko'rsata olmaydi. Boz ustiga, jamoaviy shartnomaga ko'ra, malakasi past hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay olmaydigan ishchi kuchining ish joyi muayyan muddatga saqlab turiladi. Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy shart­noma tizimi mehnat bozoridagi xo'jalik subyektlarining o'zaro munosabatlaridagi mojarolarni o'zicha bartaraf eta olmaydi. Chunki uslibu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar, intihshlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi manfaatlarni kelishib olish, o'zaro bir qarorga kehsh va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish jarayonlarini ko'zda tutsa-da, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish imkoniyatini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shakhni olib, ikki tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida oxirgi choralarni ko'rmasdan, ya'ni ish tashlash yoki ishdan bo'sha- tishga yo'l qo'ymay, harakat qilishga majbur etadi.

Kelajakda jamoaviy bitimlar, shuningdek, mehnat bozori faoliyatini, kadrlarni o'qitish va malakalarini oshirish hamda o'zgartirish, ularning ish haqi va ishsizlarni ish bilan ta'minlash ko'rsatkichlarini tartibga solish masalalarini ham qamrab oladi. Shuni qayd etib o'tish kerakki, asosan, jamoaviy mehnat shart­nomasi tizimi va bevosita davlatning tartibga solish tizimi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi muno­sabatlar yakka tartibda ham hal etilishi mumkin.

Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi yohanuvchining mehnat sharoiti va unga to'lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini bemdi. Jamoaviy bitimlarga ko'ra esa, bunday qilib bo'lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko'p hollarda yollanuvlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi.



Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va bandlikning qayishqoq shakllarini joriy etish — yollanuvlar kuchidan foydalanish (ekspluatatsiya xarakterida), kuchaytirish hamda doimiy ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud bo'lgan ijtimoiy kafolatlardan voz kechilishidan tashqari, yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to’liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va h.k.) bilan ahnashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, uslibu ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat, ayniqsa, xo'jalik yuritishning bozor munosabatlariga o'tish sharoitlarida yohashning shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo'yicha ijtimoiy to'lovlarni ancha ko'paytirishga majbur bo’lib qoladi.

So'nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki respub- likamizda, bir tomondan, tadbirkorlik, ishchilarni yollab ishlatish bo'yicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, kam ta'minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan aholi orasida ishsizlar soni oshib boryapti. Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetish- maydigan hududlarga bo'lgan holda, tadqiq etishni talab qilmoqda.
Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish