8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va
ularni tahlil qilish va istiqbollash usullari.
Ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi bozor konyukturasini
anglatadi. Bozor konyukturasi muayyan davrdagi bozor holati bozorda
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra
bozor konyukturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor
konyukturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u
tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko’radi. Agar bozorda taklif ortiqlik
qiladigan bo’lsa konyuktura xaridor uchun qulay bo’ladi, tovarni arzonga olib
bundan naf ko’radi. Bozor konyukturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir
bo’lishi mumkin. Bozor konyukturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib
oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab har
xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli,
unga sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytara berish muddatlari tovar
zahiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar
tendentsiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovarlar taklifi o’rganiladi.
Investitsiya summasi va tarkibiga mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona,
tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatiga,
uning tovarlar bilan ta’minlanishi darajasini hisobga olib talab o’rganiladi. Bozor
konyukturasi ehtimollari milliy, regional va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga
nisbatan aniqlanadi. Bozor konyukturasi oldingisidan ko’ra bilish, iqtisodiy
tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab berish sharti hisoblanadi.
Bozorning umumiy holatini o’rganishda, uning geografik joylashish hajmi, tovarlar
va firmalar tarkibi, raqobatning shiddati, konyukturasi va uning istiqboliga
ahamiyat beriladi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatni
ifodalovchi iqtisodiy shart – sharoitlar majmui bozor konyukturasini bildiradi. U
aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor
hajmi v boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy
holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Bozor va eng avvalo butun bozor
konyukturasini kompleks tadqiq etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga
149
xatolarga yo’l qo’ymaslik, xo’jalik masalalarida bir qarorga kelishda
tavakalchilikni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiy konyuktura tadqiqoti tovar ayiriboshlash sohalarida va ularning takror
ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish
umumiy qonunlarni o’rganish bilangina cheklanmaydi, balki u yoki bu tovar
bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama chuqur tahlil etishga, yuz berishi
mumkin bo’lgan vaziyatni oldindan tahmin qilishga qaratilgandir.
Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o’rtasidagi ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi
guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning
asosiy shakli bo’lib, harid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa
o’zaroraqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy
konyuktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va
tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblaniladi. Har bir bozor va uning konyukturasi
rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar
qo’lamini o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning
ahamiyatini o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab
beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir.
Iqtisodiy konyukturani tadbiq etish metodologiyasi bozorlar turlanishini
o’tkazish zarurligini taqozo qiladi. Konyukturaviy tadqiqotlarning amaliy
yo’nalishi ularga qanday yondashish va qanday uslubdan foydalanish kerakligini
ham aniqlab beradi. Boshqacha aytganda tadqiqotlarning maqsadi o’tkaziladigan
turlanish zaminida nimalar yotganligini belgilaydi.
Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi
mumkin:
Agar konyukturaning o’zgarish darajasi va tendentsiyalarini bilish ko’zlansa,
u holda uning belgilangan dinamikasi o’rganiladi;
150
Agar konyukturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur bo’lsa,
unda tovarning bozordagi hayotiy yo’li o’rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va
tahlil qilinadi.
Butun yig’ilgan axborotlar uch qismga bo’linadi. Birinchisiga, konyukturani
oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi
yo’q. Ikkinchisiga, konyukturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga
ta’sir ko’rsata olmaydi. Uchinchisi, konyukturaning kelajakdagi o’zgarishini
aniqlaydi. Konyukturaning tahliliy bozorning ayrim tomonini ifodalovchi
ko’rsatkichlargina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha
axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Konyuktura axborotnomasi – konyukturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu
xujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’g’risidagi, ularning
o’zaro aloqalari hamda konyukturaning umumiy o’zgarishini ifadolovchi
qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida
konyukturani tahlil qilish quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanadi:
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad,
qishloq xo’jaligi investitsiya, transport, tovar muomalasi ko’rsatkichlari, ichki va
tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar
dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlarga
tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talbning qondirilish darajasi, tovar
ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi
ko’rsatkichlarning umumiy tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog’liq va davlat
iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi.
Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital
qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko’rsatkichlarni o’z ichiga
oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab
hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o’rinni egallaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyukturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar manbai
bo’lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi
151
qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori
bo’ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |