Biznesni tadqiq etish



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#85349
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

KIRISH 
 
 
Mamlakatimizda  2018  yil  “Faol  tadbirkorlik,  innovatsion  g’oyalar  va 
texnologiyalarni  qo’llab-quvvatlash  yili”  deb  e’lon  qilindi.  Bu  o’z  navbatida  faol 
tadbirkorlikni  aynan  innovatsion  texnologiyalarga  mos  holda  rivojlantirishga 
hamda  innovatsion  g’oyalarga  asoslangan  holda  olib  borishlarini  taqozo  etadi. 
Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy 
tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanayotganlar  innovatsion  taraqqiyotning  global 
o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga 
to’qnash  kelmoqdalar.  Bu  o’z  navbatida  ular  faoliyatida  yangi  va  ko’plab 
o’rganilmagan  biznesning  o’ziga  xos  qirralarni  va  jahon  taraqqiyotidagi  biznes 
sohasidagi  olib  borayotgan  tadqiqotlarni  chuqur  o’rganishni  taqozo  etmoqda. 
Global  o’zgarishlarga  javoban  iqtisodchi  olimlar,  yirik  mutaxassislar  va 
amaliyotchi  tadbirkorlar  bunday  tarkibiy  o’zgarishlarga  ta’sir  etuvchi  korxonani 
yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning 
innovatsion  usullarini  topishga  harakat  qilmoqdalar.  Erkin  raqobat  asosida  milliy 
iqtisodiyotni  rivojlantirishda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  roli 
to’xtovsiz ortib bormoqda.   
2017-2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirish  sharoitida 
kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  milliy  iqtisodiyotni  yaratish,  jamiyatning 
ijtimoiy  barqarorligini  asosi  hisoblanuvchi  o’rta  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish, 
raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim 
omil  bo’lib  hisoblanadi.  Respublikamizda  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlash,  yangi  ish 
o’rinlarini  tashkil  etish,  bandlik  muammosini  hal  etish,  aholining  daromadlari  va 
farovonligini  oshirishda  tobora  muhim  o’rin  tutayotgan  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish,  ularni  rag’batlantirish  va  qo’llab-quvvatlashga 
alohida e’tibor qaratilmoqda.   
Lekin  bugungi  kunda  O’zbekistonda  bu  sohada  hali  ishga  solinmagan  juda 
katta  salohiyat  va  imkoniyatlar  mavjud  ekanini,  dunyodagi  taraqqiy  topgan 



davlatlarda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yalpi  ichki  mahsulot  hajmida 
etakchi  va  hal  qiluvchi  o’rinni  egallayotganini  inobatga  oladigan  bo’lsak,  bu 
yo’nalishda  hali  qiladigan  ishlarimiz  naqadar  ko’pligi  ayon  bo’lib  bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasida 2018  yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti 
sifatida keltirib o’tish mumkin.       
Mamlakatimizda  tadbirkorlik  jadal  rivojlanib  borayotgan  bo’lsada,  mazkur 
sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash 
bo’yicha  amaliy  tavsiyalarni  ishlab  chiqish  dolzarb  vazifa  bo’lib  qolmoqda. 
Mamlakatimiz  uchun  bozor  iqtisodiyoti  sub’ektlarining  tadbirkorlik  faoliyati 
masalalari  yangilik  emas.  Respublikamiz  uchun  yangilik  iqtisodiyotni  bozor  
qonunlari  talablar  asosida  shakllantirib,  ishlab  chiqarishni  erkin  raqobat  muhitida 
olib  borishdir.  Tadbirkorlik  iqtisodiyot  sub’ektlarining  mavjud  iqtisodiy,  tabiiy, 
mehnat  va  intellektual  salohiyatlarini  oqilona  sarflab,  samaraliroq  natijalarga 
erishishi  bilan  tavsiflanadi.  Shuningdek,  u  bozor  munosabatlari  rivojlanishi  oxir-
oqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. 
Har  qanday  mamlakat  iqtisodiyotida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
korxonalari muhim rol o’ynaydi. Bizning mamlakat ham bu ma’noda istisno emas, 
kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalarini  rivojlantirish  bugungi  kunda 
mamlakatimizda  davlat  siyosati  darajasiga  olib  chiqilgan.  Bu  respublikamizda 
amaldagi me’yoriy huquqiy asoslarni mustahkamlash va ushbu sohada islohotlarni 
jadallashtirish,  zamonaviy  talablariga  javob  beradigan  iqtisodiy  –  huquqiy 
asoslarni  mustahkamlash  iqtisodiyotning  ushbu  sektori  uchun  kreditlar  va 
imtiyozlar  barqaror  tizimini  shakllantirish  bo’yicha  qabul  qilingan  choralarni 
yaqqol namoyish etadi.  Kichik biznes korxonalari faoliyatida marketing faoliyatini 
qo’llashning  eng  muhim  tomoni,  korxonaning  iste’molchilar  bilan  to’g’ridan-
to’g’ri  muloqotda  bo’lish  zaruriyati va  imkoniyatidir.  Shuning  uchun  ham  kichik 
biznes  faoliyatida  marketing  funktsiyasi  bozorni  tashkil  etishdan  boshlab,  sotuv 
oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega 
bo’ladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxo-nalari 



faoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomillash-tirish va shu orqali 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
va 
xizmatlarining 
sifatini 
oshirish, 
raqobatbardoshligini  ta’minlash  muammolari  juda  muhim,  dolzarb  masalalardan 
ekanligini anglatadi.   
O’quv  qo’llanma  mazkur  vazifalarni  oz  bo’lsada  bajarishga  qaratilgan 
harakatlardandir.  Chunki,  unib  kelayotgan  yosh  avlod  kelajakda  o’z  sohasi 
bo’yicha  biznes  faoliyatini  olib  borayotganda  va  iste’molchilar  bozoriga  masulot 
ishlab  chiqarish  yoki  xizmatning  yangi  turlarini  yaratishda  albatta  biznesning 
tadqiqot  usullarini  mukammal  o’zlashtirishni  zarur  bo’ladi.  Shuningdek,  o’quv 
qo’llanmani  tanishish  barobarida  biznesni  tadqiq  etishni  tashkil  qilish,  biznesni 
tadqiq  etish  usullarini  tanlash,  biznesda  raqobat  ustunligini  ta’minlash 
kontseptsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes 
faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va 
talabni  o’rganish,  biznesda  bozor  kon’yunkturasini  o’rganishning  asosiy 
yo’nalishlari,  firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasini tanlashning 
mamlakatimiz va xorij adabiyotlaridan foydalanilgan amaliy, taxliliy, qiyosiy taxlil 
jihatlariga  duch  keladi.  Bu  o’z  navbatida  talabada  biznesning  hali  ochilmagan 
qirralari yanada mukammal o’zlashtirishga hamda biznes faoliyatini olib borishda 
zarur bo’ladigan vazifalar ijrosini amalda mustaqil qo’llashga zamin yaratadi.    




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish