Бизнес-режанинг энг муҳим қисми корхона ишлаб
чиқаришни режалаштираётган товар ва хизматлар
таърифланадиган бўлимдир.
Савдо (ўтказиш) бозори
таҳлили
Бу бўлим биринчи навбатда ишлаб чиқилиши керак,
чунки бошқа бўлимлар, масалан, “Ишлаб чиқариш
фаолияти”, “Молия”, “Бозор” бўлимида кўрсатилган
маълумотларга асосланади.
Рақобатчилар таҳлили
Бу бўлимда потенциал ҳамкорлар ва инвесторларга
режалаштирилаётган товар бориб тушиши керак
бўлган бозордаги рақобатар
ҳақидаги ҳамма нарсани
хабар қилиш зарур.
Муваффақиятга эришиш учун фирма ўз товари учун
самарали бозор яратиши керак.
Маркетинг режаси
169
– birinchi navbatda, yuqori sifatni talab qiluvchi va buning uchun mukofotli
narxlarga ega bo’lgan (buning uchun raqobatchilar orasidan ajralib chiqishni
o’rganish zarur) o’ta talabchan xaridorlarning alohida ehtiyojlarini qondira
olishhisobiga barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlashni ko’zda tutadi.
Tadbirkorlarni bankning tovar haqida umumiy tasavvur olish emas,
shuningdek, qanday holatda, mahsulot qanday qadoqlanishi, uning dizayni,
tovarning aniq xossalari, uning himoyalanganlik darajasi, narxini asoslanganligi
kabilarni ham bilish istagi juda hayratlantiradi.
Bank mutaxassislari uchun tovarning sifati, demak, uning raqobat potensiali,
uning iste’mol tendensiyalari haqida ham bilish juda muhim, chunki tovarni
bozorga joriy etish va daromad olish imkoniyatlari ana shularga bog’liq.
Tovarni ta’riflash quyidagi savollarga javob berishni ko’zda tutadi:
Tovarning aniq ta’rifi va uning qo’llanish usullari. Bunda tovarning xossalari
uning potensial sotib oluvchilar talablariga bog’liq bo’lishi lozim.
Tanlangan tovarni qo’llash tendensiyalari (vaqt o’tishi bilan uning iste’moli
o’sadimi yoki kamayadimi, uni qo’llashning yangi usullari bo’lishi mumkinmi?)
Firma tovarning hayot siklini qanday ahvolda ko’radi?
Raqobatchilar tomonidan taklif qilinayotgan shunga o’xshash tovarlarning
tashxizi qanday? Tanlangan tovar raqobatchilarning modeliga solishtirilganda
noyoblikka egami, bozor (iste’molchilar) tovarning noyobligi, o’ziga xos
xususiyatlari bo’lishini talab qiladimi?
Tovarning himoyalanganlik darajasi qanday, ya’ni tadbirkor patentga,
mualliflik huquqiga, ro’yhatga olingan tovar markasi va boshqalarga egami?
Xaridorlar nima uchun raqobatchilarning tovar yoki xizmatlarini emas, aynan
ushbu tovarni tanlashlarini, ya’ni taklif qilinayotgan tovar qanday raqobat
ustuvorligiga egaligini tushuntirish kerak. Dasturning ushbu bo’limida narxlarning
taxminiy belgilanishini, sotuvdan keyingi texnik xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini
taklif etish mumkin.
Agar tovarning xossalari uning sotilishidagi ayrim kattaliklardagi tebranish-
(o’zgarish)larni – davriylik, mavsumiyliklarni belgilasa, bu haqida alohida aytib
170
o’tish lozim (masalan, avtomobillar – davriy, bolalar chanasi – mavsumiy tovar).
Savdo (o’tkazish) bozori tahlili. Bu bo’lim birinchi navbatda ishlab chiqilishi
kerak, chunki boshqa bo’limlar, masalan, “Ishlab chiqarish faoliyati”, “Moliya”,
“Bozor” bo’limida ko’rsatilgan ma’lumotlarga asoslanadi.
Savdoning bo’lg’usi bozori tahlili – biznes-reja tayyorlashning eng muhim
bosqichlaridan, bundayishdan mablag’ni ham, kuchni ham ayamaslik kerak.
Tajribalar ko’rsatadiki, vaqti kelib, barbodbo’lgan ko’pchilik tijorat loyihalarning
sababi bozorni sust o’rganish va uning sig’imini yaxshi baholay olmaslik bilan
bog’liq bo’lgan.
Bozorning jozibadorligi (jalb etuvchanligi)ni baholashda quyidagilarni
ko’rsatish muhim:
-korxona tovar (xizmat)lari realizatsiyasi amalga oshiriladigan hududni;
-bozorning natural va qiymat ko’rinishida ifodalangan sig’imini;
-bu bozor o’sishga yoki turg’unlikka moyilmi?
-bozorning asosiy segmentlari o’lchamlarini;
-bozorning diversifikatsiyalanganligi;
-bozorning narxlarga, xizmat ko’rsatish darajasiga, tashqi omillar o’zgarishiga
ta’sirchanligi;
-davriylikka moyillikni;
-mavsumiylikka moyillikni;
-yetkazib beruvchilarning tuziladigan bitimlar xarakteriga ta’sir etishi.
Firmangizning strategik holati tahlili quyidagi ta’riflarni ko’zda tutadi:
-raqobatchilarni;
-raqobatchilar egallab olgan bozorning ulushini;
-bozorning taxmin qilinadigan ulushini;
-bozorning asosiy segmentlarini qamrab olinishini;
-ta’minotchilar bilan munosabatlar xarakterini;
-rejalashtirilayotgan mahsulotning sotilishi bashoratini.
Dasturning bu bo’limini tuzishda tadbirkor o’ta obyektiv bo’lishi, bozorning
holati haqidagi xulosalarini o’tkazilgan marketing tadqiqotlari natijasida olingan
171
ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi kerak. Mutaxassislar marketing dasturi
(biznes-reja) tuzuvchilarda savdo (o’tkazish) bozori imkoniyatlariga, sotish
bashoralariga nisbatan ortiqcha optimizmni ta’kidlaydilar. Potensial investorlar
savdo bozorini baholashlarini so’rashganda, ko’pincha ularga “savdo bozori
cheklanmagan”, – deya standart javob berishadi.
“Taklif qilinayotgan tovarning qadri nihoyatda baland, uni korxona ishlab
chiqarishi bilan xarid qilishadi”, – degan ishonch chuqur ildiz otgan. Ishlab
chiqaruvchi uchun esa yoqimli tashvish – foydani sanab olishgina qoladi”.
Bunday o’ziga ishonch – bizning yaqin o’tmishimizdagi, hamma narsa o’ta
taqchil bo’lgan paytdagi qayg’uli sarqit. Shundan beri ko’p narsa o’zgardi va savdo
imkoniyatlari sezilarli yomonlashdi. Iste’mol va resurslar bozori tadqiqotlarining
ko’rsatishicha, iqtisod qayta ishlab chiqarishning talabni jiddiy pasayishi bilan
xarakterli klassik inqiroz chizig’iga kirib qoldi, demak, tarmoq bozorlari miqdori
ham toraydi.
Tadbirkorlar tomonidan bozorni ustuvor baholanishining yana bir sababi bor:
bu ularning narsalar holatini o’ta bezab ko’rsatishga, biznesning ehtimoliy istiqboli
yo’lidagi hiylasi. Biroq bu zararli, ishonchni yo’qotishiga xizmat qiladigan holat.
Raqobatchilar tahlili. Bu bo’limda potensial hamkorlar va investorlarga
rejalashtirilayotgan tovar borib tushishi kerak bo’lgan bozordagi raqobatar
haqidagi hamma narsani xabar qilish zarur. Marketing dasturi (biznes-reja)
mualliflari quyidagi savollarga aniq javob bera olishlari lozim:
O’xshash tovarlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi kim?
Ularning savdo hajmi, daromadlar, yangi modellarni joriy etish, texnik
servislar borasidagi ishlari qanday bormoqda?
Ular
o’z mahsulotlari reklamasiga ko’p e’tibor va mablag’
sarflashayaptimi?
Ularning mahsulotlari o’zida nimalarni ifodalaydi: asosiy tavsiflar, sifat,
dizayn darajasi, xaridorlarning fikri?
Raqobatchilar mahsulotlariga narx darajasi qanday? Ularning, umumiy
tomondan bo’lsa ham, narx siyosati qanday?
172
Bu savollarga javob bera borib, biznes-reja tuzishda jiddiy xatoga yo’l
qo’yishdan, haqiqatni bo’yab ko’rsatishdan: raqobatchilar muvaffaqiyatlari haqida
nimanidir aytmay qo’ya qolish yoki shunchaki, yo’l-yo’lakay aytib o’tish, lekin
ularning real yoki mavjud kamchiliklarni bo’yab ko’rsatish kabilardan ehtiyot
bo’lish kerak. Biron-bir tashkilotdan kredit olib, raqobatchilar holatini to’g’ri
baholay olmay, tadbirkor zararga “tushib qoladi”. Bunda kreditor ham pulidan
ayriladi, biznesmen esa yomon rahbardegan nomni oladi. Tabiiy, shundan keyin
uning yangi kredit yoki investitsiyalar olishga umuman, imkoniyati qolmaydi yoki
ancha qimmatga oladi.Shuning uchun raqobatchilarni imkon qadar obyektiv
baholamoq zarur. Ulardan qo’rqish emas, ularning strategiyalari yoki tovarlaridagi
muvaffaqiyatga erishish uchun real imkoniyat ochadigan sifatli xarakteristikalarini,
to’ldirilishi lozim bo’lgan bo’sh joylarni ko’rsatish kerak. Ana shunda
investorlarning hurmati va mablag’ olish uchun yuqori imkoniyatlar kafolatlangan
bo’ladi. Mamlakatimiz va ayniqsa, xorijiy kompaniyalar bilan raqobat kurashida
mamlakatimiz, korxonalari qo’lbola reseptlar va yoshini yashab bo’lgan (eskirgan)
tasavvurlarga emas, raqobat strategiyalarining xalqaro amaliyotida sinovdan
o’tgan, shu jumladan, birinchi navbatda professor Porter taklif qilgan: xarajatlarda
yetakchilik, ixtisoslashuv (defferensiatsiya), fokuslamoq (bir joyga jamlash)ga
murojaat qilishlari kerak. Bitta bozorda harakatlanadigan firmalarning tarmoqlar
ichidagi raqobatlarida raqobat strategiyalarining to’rttasidan bittasini tanlash lozim:
kommutantlar, patentlar, violentlar yoki eksperimentlar. Shu bilan birga, agar
jiddiy harakat qilinsa, o’zining eng kuchli xorijiy firmalar bilan ham kurashda
raqobatbardoshligini ta’minlay olishi mumkin. Marketing haqidagi kitoblardan
birida metall buyumlar ishlab chiqaruvchi yirik hind firmasining qiziqarli tarixi
ta’riflangan. U kutilmaganda Hindistonga xuddi uningtovariga o’xshash tovar
eksport qila boshlagan, shu bilan birga, bozorni mavh etishning narxga oid
raqobatini tanlab, tovarlarini hindlarning narxidan 15% arzonga taklif qila
boshlagan yapon firmasi bilan raqobatga duch keldi. Avvaliga hind firmasi ham
o’z mijozlarini yo’qotmaslik uchun mahsulotlari narxini 15%ga arzonlashtirishdan
boshqa tijorat taktikasini topa olmadi. Biroq yaponlar shu zahoti mahsulotlari
173
narxini yana 15% ga pasaytirdi, bunda esa hind firmasi ularni “quvlay” olmadilar,
chunki bu darajada yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga ega emas edilar.
O’yinda go’yokiular yutqazgan edilar. Biroq ana shunda hind firmasi rahbarlari
harakatga tushib qoldilarvanihoyat muqobil raqobat strategiyasini qidira
boshladilar. Bu strategiya narxga oid emas, keng ma’noda anglanadigan sifat
raqobati bo’lib chiqdi.Gap shundaki, hind firmasining yaponiyalik raqobatchilari
oldida ikkita jiddiy ustuvorligi bor edi. Birinchidan, ular o’zlarida ishlab
chiqariladigan tovarlarini yetkazib berishni dengiz ortidagi raqobatchilariga
nisbatan tezroq amalga oshira oladilar, yaponlar esa tovarlarini dengiz orqali olib
kelar, ularning kelishi Hindistonga keladigan kemalar jadvaliga bog’liq, chunki
ularni saqlaydigan omborlari ham yo’q edi. Ikkinchidan esa hindlar mamlakat
ichkarisida metall buyumlarning har qanday kichik partiyasini ham etakazib bera
olar, ularni korxonalarda yoki xususiy omborxonalarda shakllantirish imkoniga ega
edilar. Yaponlar esa omborlari yo’qligidan ancha yirik standart partiyalarni
sotishga urinar, ularning tovarlarini xaridorlarga yetkazib beruvchi og’ir yuk
ko’taruvchi kemalardan foydalanishardi.Tezkorlik va yetkazib berishning kichik
Do'stlaringiz bilan baham: |