Kichik biznesning moliyaviy resurslarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Moliyaviy zaxiralarni kichik biznes korxonasi ixtiyorida bo‘lgan pul vositalari tashkil qiladi. Pul mablag‘lari mol yetkazib beruvchilar, vositachi va moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq xizmatlari, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun sarflanadi. Moliyaviy mablag‘larni yetishmasligi kichik biznes istiqbolini, faoliyatini chegaralaydi va sinishiga olib keladi. Xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladigan moliyaviy zaxiralar (xom-ashyo sotib olish, yarimtayyor mahsulotlar, mehnat uskunalari, ishchi kuchi) pul ko‘rinishidagi sarmoyadir. Moliyaviy sarmoya qarzga beriladi va aylanib foyda bilan investorga qaytib keladi, moliyaviy zaxiralar sarmoyasi qo‘shimcha foyda keltirishi uchun u ko‘prok aylanishi kerak. Yiliga sarmoya qancha ko‘p aylansa investor yillik daromadi shuncha ko‘p bo‘ladi. Kichik biznesning moliyaviy resurslarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Moliyaviy zaxiralarni kichik biznes korxonasi ixtiyorida bo‘lgan pul vositalari tashkil qiladi. Pul mablag‘lari mol yetkazib beruvchilar, vositachi va moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq xizmatlari, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun sarflanadi. Moliyaviy mablag‘larni yetishmasligi kichik biznes istiqbolini, faoliyatini chegaralaydi va sinishiga olib keladi. Xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladigan moliyaviy zaxiralar (xom-ashyo sotib olish, yarimtayyor mahsulotlar, mehnat uskunalari, ishchi kuchi) pul ko‘rinishidagi sarmoyadir. Moliyaviy sarmoya qarzga beriladi va aylanib foyda bilan investorga qaytib keladi, moliyaviy zaxiralar sarmoyasi qo‘shimcha foyda keltirishi uchun u ko‘prok aylanishi kerak. Yiliga sarmoya qancha ko‘p aylansa investor yillik daromadi shuncha ko‘p bo‘ladi. Moliyaviy zaxiralar sarmoyasini tarkibiga shuningdek asosiy fondlar, aylanma fondlar, muomila fondlariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kiradi. ^ Asosiy fondlar - mehnat qurollari, bino, qurilma , texnika vositalari va boshqalar yig‘indisining qimmatli ko‘rinishi. U moliyaviy ko‘rinishini o‘zgartirmasdan ishlab chiqarish va xo‘jalik korxona chegarasida faoliyat ko‘rsatadi hamda o‘z qiymatini qaytadan yaratilgan mahsulot qiymatiga o‘tkazadi. Aylanma fondlar - korxona ishlab chiqarish fondining bir qismini tashkil qiladi. U bir ishlab chiqarish davrida (siklida) ishlatiladi va o‘z qiymatini ishlab chiqariladigan mahsulotga to‘laligicha o‘tkazadi. Muomila fondlari tayyor mahsulotni iste’molchilarga yuborilgani, lekin to‘lanmagani, bank va kassa xisobidagi pul mablag‘ini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |