Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Empirik sotsiologik tadqiqot nima?



Download 2,57 Mb.
bet103/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Empirik sotsiologik tadqiqot nima?
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma`nosini anglatadi. empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma`lumotlarga aytiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma`lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta`minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e`tibor qaratilmog’i lozim. Ushbu bo’limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to’xtalib o’tamiz.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo’lib qo’rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
1. BOSQICH. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

  1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.

  2. Sotsiologik tadqiqot o’tkazish bo’yicha byurtma qabul qilish va uni o’tkazish bo’yicha shartnoma to’zish.

  3. Bajariladigan ishlar bo’yicha kalendar’ reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish.

  4. Dastur ishlab chiqish.

  5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish.



2. BOSKICH. Asosiy bosqich bo’lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o’z ichiga oladi:

  1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o’tkazish.

  2. Pilotaj.

  3. Dastlabki sotsiologik ma`lumotlarni yigish.

  4. Empirik ma`lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.



3. BOSKICH. empirik ma`lumotlarni qayta ishlash:

  1. Olingan empirik ma`lumotlarni guruhlarga ajratish.

  2. Taqsimiy jadval tuzish.

  3. Empirik ma`lumotlarni komp’yuterga kiritish va modellashtirish.



4. BOSKICH. YAkunlovchi bosqich bo’lib olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi:

  1. Tadqiqot ma`lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq.

  2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish.

  3. Berilgan vazifa bo’yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.

Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo’rsatadilar.


1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

  1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Empirik tadqiqot g’oyasini ishlab chiqish.

  3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

  4. Analitik muolaja tayyorlash.



Ikkinchi bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o’tkazish.
Uchinchi bosqich: Olingan empirik ma`lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:
3.1. Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.
3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.
3.3. Olingan natijalarni amaliyotda qo’llash.

Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o’zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin. SHulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari: davlat buyurtmasi asosida, xo’jalik shartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo’lishi mumkin.


S
Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish