2.Ro'yxatdan o'tish 1.Ro'yxatdan o'tish uchun asosiy sahifadagi SIGN UP tugmasini bosing.
digitalbroccoli.com
2. Ism, familiyangiz va email'ingizni kiriting
3.Keyin mamlakatni tanlang va Frilanser sifatida ishlash tugmasini bosing, foydalanuvchi nomini kiriting va "Keyingi" ni bosing. Pochtani tasdiqlang va profilni to'ldiring 4. O'zingiz istagan xizmat turini tanlang
6."What skills do you offer clients" savoliga o'z qobiliyatlaringiz haqida yozing.
7.What is your experience level? savoliga o'z darajangizni kiriting. Shuningdek ko'p yillik tajribangiz bo'lmasa Expert bo'limini tanlamaganingiz ma'qul
8.Save&Continue tugmasini bosing va navbat shaxsiy profilingizni sozlashga! Boshlanishiga o'z sohangizda faoliyat yuritayotgan foydalanuchilar portfoliolarini ko'rib, profilni qanday qilib to'ldirish zarurligini o'rganing. Profilingizga surat qo'ying va Add a professional title that describesthe work you do qatoriga o'z sohangiz bo'yicha ma'lumotlaringizni kiriting
9.Profilni to'ldirishda eng muhim narsa -izoh yozish.(Overview) Uning matni 5000 belgidan oshmasligi kerak. Qidiruv sahifasida 80 ta belgi ko'rsatiladi, profilda - 550. Boshlang'ich 80 ta simvolga qiziqishlar, maqsadlarga o'xshash narsalarni kiritmaganingiz ma'qul. Mijozning qaysi muammosini va qanday yecha olishingiz mumkinligini aniq va lo'nda yozishga harakat qiling!
10. Education bo'limida sohangiz bo'yicha tugatgan onlayn kurslaringiz yoki ta'lim maskaningizni kiriting. Eployment history bo'limida sohangiz bo'yicha ish stajingizni kiriting. Agarda ish staji bo'lmasa Upwork'ni belgilashingiz mumkin. Ingliz tilini bilish darajasiga esa Basic'ni tanlamagangiz ma'qul. Tilni yaxshi bilmaydiganlarga mijoz topilishi qiyin. 11. Keyin 1 soatlik ish uchun o'zingiz xohlagan mablag' miqdorini kiriting. Upwork'ning komission to'lovi 500$ ishlamaguningizcha 20%ni tashkil etadi. Keyin 10%, birinchi 10 000$ni ishlaganingizda esa 5%gacha tushadi.
12. Keyin saytda haftasiga qancha vaqt ishlashni rejalashtirayotganingizni, qanday loyihalar qiziqtirishini, indeks va telefon raqamlarini kiritasiz. Yozilgan ma'lumotlarni yana bir marta tekshiring! Grammatik xatolar yo'qligiga ishonch hosil qilish zarur, chunki xatolar bilan to'ldirilgan profil egasiga loyihani ishonib topshirishlari qiyin.
Shundan keyingina Submit application tugmasini bosing. Arizangiz 24 soat ichida ko'rib chiqiladi. Shu bilan keying test bosqichiga o’tiladi.