5-masala
Fuqaroning bir yilda topgan puli 800 ming so’m bo’ladi. Shundan 16 ming
so’m soliq to’ladi, 1.5 ming so’m badal puli berdi. 10 ming so’m xayriya uchun
ajratdi. Fuqaroning sof daromadi qancha?
Yechish:
800 000-(16 000+1 500+10 000) =772 500 so’m.
18-mavzu. Ijtimoiy ne’matlar va umumiy
resurslar
Masalalar
1. Siz yashab turgan hududdagi mahalliy hokimiyat tomonidan taqdim etiladigan
tovar va xizmatlar haqida fikr yuriting.
42
A) 1-rasmda keltirilgan tasniflash bo’yicha quyidagi mahsulotlar qaysi
kategoriyaga mos keladi:
- Qo’riqlash;
- Qor tozalash va tashish;
- Ta’lim;
- Qishloq yo’llari;
- Shahar ko’chalari.
V) Nega siz ommaviy mahsulot bo’lmagan bu tovar va xizmatlarni davlat
ta’minlab berishi kerak deb o’ylayapsiz?
2. Ommaviy mahsulotlar ham umumiy resurslar ham tashqi ta’sirlarni o’z ichiga
42
N.Greogery Mankwiy Principles of Microeconomics (5
th
edition), USA 2008
357
oladi.
A) Ommaviy mahsulotlar bilan bog’liq bo’lgan tashqi ta’sirlar umuman olganda
ijobiymi yoki salbiymi? Javobingizda misollar keltiring. Ommaviy mahsulotlar
erkin bozori etarlichami, ularning samaradorligi qanday?
V) Umumiy resurslar bilan bog’liq bo’lgan tashqi ta’sirlar umuman olganda
ijobiymi yoki salbiymi? Javobingizda misollar keltiring. Umumiy resurslarda
xususiy bozorlarni ishlatilishi, umuman olganda samaralimi?
3. Charli o’ziningi mahalliy telekanalida “Telepufakchalar” (multfilmini) ko’rishni
yoqtiradi, biroq u telestantsiyani ta’mirlash ishlariga hech qachon pul bermaydi.
A) Iqtisodchilar tili bilan aytganda Charli kim?
V) Davlat Charli kabilar muammosini qanday bartaraf etishi mumkin?
S) Xususiy bozor bu muammoni bartaraf eta olishi mumkinmi? Kabel
televideniesini tashkil etish bu muammoni qanchalik bartaraf eta oladi?
4. Yotoqxonadagi to’rtta qo’shni dam olish kunini eski filmlarni ko’rish bilan
o’tkazishni rejalashtirishayapti va ular qanchalik ko’rishni muhokama qilishayapti.
Quyida ularni har bir film uchun qancha haq to’lashga rozi ekanliklari keltirilgan.
Orson Alfred
Vudi Iroda
Birinchi film
$7
$5
$3
$2
Ikkinchi film
$6
$4
$2
$1
Uchinchi film
$5
$3
$1
0
To’rtinchi film
$4
$2
0
0
Beshinchi film
$3
$1
0
0
A) Yotoqxonada xonasida film tomosha qilish ommaviy mahsulotmi? Nega ha va
nega yo’q?
B) Agar filmni ijaraga olish $8 bo’lsa, xarajatlarni qoplash uchun qo’shnilar
qancha filmni ijara qilishlari kerak bo’ladi?
C) Agar ular (B) qismdan eng optimal sonni tanlab olishsa va ijara xarajatlarini
barchaga teng bo’lishsa, u holda har bir kishiga qancha qo’shimcha mablag’ to’g’ri
keladi?
D) Sizningcha xaajatlarni bu faoliyat samarali bo’ladigan darajada taqsimlash usuli
bormi? Qaysi amaliy muammolar buni echimini topish uchun halaqit qiladi?
E) Aytaylik, ular oldindan filmlarni optimal sonini topishga va xarajatlarni teng
taqsimlashga kelishib olishgan. Agar Orson xarajatlarni to’lashga tayyorligini
aytsa, u haqiqatni aytgani uchun biror rag’batga ega bo’ladimi? Agar ha bo’lsa,
nega? Agar yo’q bo’lsa, u qanday holda rag’batga ega bo’ladi?
F) Ushbu misol sizga ommaviy mahsulotlar haqida biror bir tushuncha berdimi?
5. Ba’zi bir iqtisodchilarni fikricha xususiy firmalar funtamental ilmiy tadqiqotlar
bo’yicha chamarali faoliyat yuritishmaydi?
A) Nega bunday bo’lishi mumkinligini tushuntirib bering. Javobingizni 1-rasmda
358
keltirilgan misollardan birida ilmiy tadqiqotlar bilan yoritib bering.
V) Ushbu muammoga javoban AQSh da qanday siyosat olib boriladi?
S) Ko’p holatlarda mazkur siyosat chet ellik ishlab chiqaruvchilarga qaraganda
amerikalik ishlab chiqaruvchilarning texnologik imkoniyatlarini ko’paytirishga
xizmat qiladi deb fikr bildirishadi. Ushbu argument sizning (A) qismda
ko’rsatilgan tasnifingizga mos keladimi? (Kichik yordam: Eksklyuzivlik
(iste’moldan mahrum qilish) huquqi salohiyatli foyda oluvchilarning ayrimlariga
qo’llanilishi mumkinmi?).
6. Odatda, axlat hovli ichkarisida emas, balki ko’cha chetida uyib qo’yiladi. Bu
holatga iqtisodiy jihatdan ta’rif bering.
7. Ekteniya qabilasi o’n nafar aholidan iborat. Qishloq aholisi savat to’qish yoki
baliq tutish orqali tirikchilik qilishadi. Ko’l cheklangan hajmdagi baliqqa ega
bo’lgani sababli, qishloq aholisi qancha ko’p bo’lsa, ularda baliq tutib olish
imkoniyati shuncha kamayib boradi.
Agarda, n sondagi uy xo’jaliklari ko’lda baliq tutib olishsa, u holda har bir uy
xo’jaligi kunlik baliq tutishdan quyidagicha miqdorda daromad olishadi:
I f = 12 - 2n
Bu erda I f kunlik daromadning dollardagi ekvivalenti.
Savat to’qishdan olinadigan kunlik daromad 2 dollarni tashkil etadi.
A) Aytaylik, uy xo’jaliklari savat to’qish va baliq tutishni bir-birlaridan mustaqil
tarzda olib borishga qaror qilishadi. Sizningcha qancha oila har kuni baliq
tutishadi? Qancha oila savat to’qishadi? (Kichik yordam: imkoniyatlar qiymati
haqida fikr yuriting.) Qishloqning ushbu tartibda umumiy daromadini hisoblang.
V) Agar 3 ta uy xo’jaligi baliq tutish bilan shug’ullansa, qay holatda ularning
daromadlari, (A) qismdagi barcha oilalar daromadlaridan ko’proq bo’ladi?
Oilalarga ular bir-biridan mustaqil tarzda faoliyat olib borishganda samarali
variantni topishlariga nima halaqit berdi?
S) Agarda qishloq aholisi birgalikda (B) qismdagi taqsimotni amalga oshirishga
kelishishsa, ular qanday qo’shimcha qoidalarni joriy etishlari kerak bo’ladi? Agar
ular yangi tizimda barcha birgalikda foyda ko’rishini hohlashsa, qanaqa soliq turini
va tizimini joriy etishlari kerak bo’ladi?
D) Baliqchilik qanday mahsulot (xizmat) turiga kiradi? Bu faoliyat turini qanday
ta’riflagan bo’lardingiz?
8. Vashingtonda, Kolumbiya okrugida, metro tizimida kunning boshqa vaqtlarga
qaraganda tig’iz paytda harakatlanish uchun yuqori to’lov joriy qilingan. Nega bu
tizim joriy etilgan bo’lishi mumkin?
9. AQShdagi yog’och mahsulotlari to’plovchi kompaniyalar davlatga va aholiga
tegishli xususiy erlarda ko’plab daraxtlarni kesishadi. Davlat aralashuvi bo’lmagan
holatda har bir erdan daraxt kesishning oqibatlarini muhokama qiling. Siz nima
deb o’ylaysiz, davlat erlaridan foydalanishni tartibga solishi kerakmi? Agar xuddi
359
shunday qoidalar xususiy erlarda ham joriy qilinsachi?
10. Federal hukumat avtomabtllarni havfsizlik tizimini tekshiruvdan o’tkazadi va
uning natijalari aholiga bepul taqdim etadi. Sizningcha bu mahsulot (xizmat)
ommaviy mahsulotmi? Nega ha va nega yo’q?
11. Yuqori daromadga ega kishilar past daromadli kishilarga qaraganda o’lim
tavakkalchiligidan himoyalanish uchun ko’proq to’lashga tayyorlar. Masalan,
ularda avtomobillarning himoya funktsiyalari uchun ko’proq to’lashga moyilliklari
bor. Xarajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat loyihalarini tahlil qilishayotganda
ushbu holatni e’tiborga olishlari zarurmi?
Aytaylik, svetofor o’rnatish payida bo’lgan boy va kambag’al shaharni ko’rib
chiqamiz. Boy shahar ushbu loyihani ko’rib chiqayotganda inson hayoti uchun
ko’proq mablag’ sarflaydimi? Nega ha va nega yo’q.
360
Do'stlaringiz bilan baham: |