RAQAMLI MARKETING VA ZAMONAVIY KASBLARDA FAOLIYAT
YURITUVCHI KADRLAR MASALASI
Alimov Y.S. – Toshkent davlat transport
univesrtiteti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi magistranti,
Akbarov M.I. – Toshkent davlat transport
univesrtiteti dotsenti
Mamlakatimiz va butun jahon iqtisodiy tizimlarida raqamlashtirish va
avtomatlashtirish masalalari har doimgidan-da muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimiz rahbari ham ushbu masalaning naqadar muhim ekanligi va bu yo’lda
1
Jamshido'g'li, R. D., RakhmonjonZokirjono'g'li, O., & Kholdorovna, R. F. (2020). Changes in market relations in the
period of market economy and their classification. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(4),
120-129.
2
Rustamov, D. (2019). Stages of budget system and budget relations in the Republic of Uzbekistan. Студенческий
вестник, (36-2), 73-75.
475
qanchalik ko’p qiyinchiliklar bo’lmasin, biz shu bosqichga chiqib olishimiz kerak
ekanligini bir necha marotaba ta’kidlab kelmoqdalar. Xususan, bu borada bildirgan
quyidagi fikrlari ham ushbu masala naqadar dolzarb ekanligining yana bir tasdig’i
desak, mubolag’a bo’lmaydi: “Albatta, “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish kerakli
infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.
Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?!
Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, “Raqamli iqtisodiyot”ga faol o‘tish – kelgusi 5
yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va
bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita.
Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.
1
”
Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga o’tish bu murakkab va uzoq muddat talab
qiladigan, puxta o’ylab bajariladigan soha jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayon qamrov
jihatidan ham juda keng bo’lib, deyarli iqtisodiyotning barcha tizimlarida yaxlit bir
richag sifatida ishlay oladigan darajada bo’lishi kerak. Ana shundagina umumiy,
an’anaviy iqtisodiyotda yaxlit o’zgarishlar ko’rina boshlaydi va ko’plab inson
faktoriga bog’lanib qolgan jarayonlar avtomatlashgan holda ishlay boshlaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, raqamli iqtisodiyot juda keng qamrovli
bo’lganligini hisobga olgan holda ushbu maqolada, “Raqamli marketing” tushunchasi
va ushbu soha ortidan kengayib borayotgan zamonaviy kasblar, bu kasblarni o’qitish
tizimini joriy etishning ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
Avvalo, marketing tushunchasining ma’nosini ochib berishga harakat qilamiz.
Marketingni hamma har xil tavsiflaydi va bu tushunchaga berilgan juda ko’p tavsiflar
mavjud. Ular orasida amerikalik marketolog, “Kellogg” xalqaro menejment maktabi
professori Filip Kotler quyidagicha ta’rif berib o’tgan: “Marketing bu – butun biznesni
uning yakuniy natijasi nuqtayi nazaridan qaray bilish, ya’ni istemolchi nuqtayi
nazaridan”
2
.
Albatta, marketing juda keng qamrovli faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, bugungi kunga kelib zamonaviy texnalogiyalarning kirib kelishi bilan bu
soha yanada kengayib bormoqda. Shunday marketing turlaridan bugungi kunda eng
katta ulush egallaydigan yo’nalishlaridan biri bu – “Digital marketing”, ya’ni “Raqamli
marketing” hisoblanadi.
Raqamli marketing bu - iste'molchi bilan turli xil zamonaviy raqamli aloqa
vositalari orqali o'zaro aloqalar o’rnatish jarayoni. Bugungi kunga kelib bu soha ham
yuzga yaqin yangi yo’nalishlarni o’z ichiga olmoqda.
Xususan, ushbu sohaning hozirgi kundagi zamonaviy ko’rinishlari quyidagilardan
iborat:
Qidiruv tizimlarida va veb-saytlarda matnli reklama;
SEO optimallashtirish - saytni qidirish tizimlari tomonidan talab qilinadigan
holatga keltirish va reyting holatiga keltirish;
1
https://www.pv.uz/oz/news/2020-jil-ilm-marifat-va-raamli-itisodietni-rivozhlantirish-jili-deb-elon-ilindi
2
http://www.philkotler.com/quotes/
476
SMM - foydalanuvchini ishlab chiqaruvchi tomon yo'naltirish uchun uning
ijtimoiy tarmoqlardagi murakkab ta'siri;
Virusli reklama - foydalanuvchini do'sti ko'rish uchun kliklashni xohlaydi va
hokazo. Virusli marketing usullari va vositalari batafsil bayon etilgan;
Elektron pochta xabarnomasi - pochta xati orqali tarmoq foydalanuvchisiga
shaxsiy murojaat;
Internetdagi PR - bu qiymat yaratish va tarmoqdagi mahsulot pozitsiyasini
mustahkamlash vositasi;
Olomon marketingi forumlar orqali tarqatiladigan tavsiya materialidir;
Push xabarnomalari - ish stoli yoki smartfon ekranida paydo bo'ladigan reklama
xabarnomalari;
Messenjerdagi kanallar va chat-botlar - WhatsApp, Viber, Telegram kabi xabar
almashish dasturlarida tarkibni targ'ib qilish;
CPA - reklama beruvchiga ma'lum miqdorni to'lash bilan trafik va mijozlar
bazasini olish;
Kontent marketingi bu - internetda foydali tarkibni yaratish va tarqatish, juda
qiyin variant, ammo ayni paytda iqtisodiy jihatdan eng samarali hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan raqamli marketing yo’nalishlaridan O’zbekistonda eng
ko’p rivojlanib borayotgan sohalardan biri bu – SMM ya’ni “Social Media Marketing’’
hisoblanadi.
Social Media Marketing – bu so’zni to’g’ridan to’gri o’zbek tiliga tarjima
qilganimizda, ijtimoiy tarmoqlarda marketing, degan ma’noni bildiradi. Ya’ni hozirgi
vaqtda juda tez rivojlanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z
mahsulotlarini o’zining iste’molchilari bo’lgan insonlarga to’gridan – to’g’ri yetqazib
berish jarayonini o’z ichiga oladi. Bu sohaning qay darajada rivojlanib borayotganligi
va ahamiyatini yanada yaxshiroq tushunib yetishimiz uchun ayrim statistik
ma’lumotlarni keltirib o’tamiz:
-
54 % holatda insonlar yangi brendlarni aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali taniladi.
-
61 % Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari biron maxsulotni aynan ijtimoiy
tarmoqlar orqali ko’rgan mahsulotlarini bir-birlariga tavsiya qiladilar.
-
45 % holatda aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali beriladigan reklamalar turg’un
reklamalarga qaraganda samaraliroq ekanligini ta’kidlaganlar.
-
Butun dunyo bo’ylab butun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni 3,8
mlrd kishidan ortganini ma’lum.
1
Yuqoridagi statistik ma’lumotlardan ham ko’rininb turibdiki, raqamli
marketingda eng katta ulushni nega aynan SMM egalayotganini tushunib olishimiz
mushkul emas. Bu sohaning O’zbekistonda shiddat bilan rivojlanib borishi bilan
birgalikda ushbu sohada faoliyat yuritadigan malakali kadrlarga bo’lgan talab ham
ortib bormoqda.
Mamlakatmizda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida ko’plab amaliy ishlar bo’lmoqda. Albatta, buning natijasida
yurtimizda yildan –yilga kichik va o’rta biznes vakillari soni ortib bormoqda. Bu esa
o’z navbatida raqobatning ham o’sib borishiga zamin yaratmoqda. Shunday sharoitda,
1
https://blog.hubspot.com/blog/tabid/6307/bid/23865/13-mind-bending-social-media-marketing-statistics.aspx
477
ushbu kichik va o’rta biznes vakillariga SMM sohasida faoliyat yurita oladigan
malakali kadrlarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Albatta, ta’kidlash joizki, bu soha
yangi va zamonaviy kasb turlaridan biri hisoblanadi, zamonaviy dunyoda
raqamlashtirish tendensiyasi ketayotgan bir vaqtda bu sohani hayotmizga ushbu
tendensiyaning o’z talablari olib kirib kelmoqda. Lekin, shu bilan birgalikda bizga
ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti har qanday zamonaviy tendensiyalarga tez moslasha
olsa va zamon talabiga munosib javob bera olishga tayyor holatga kelsagina tez
rivojlanish imkoniyati paydo bo’ladi.
SMM sohasi raqamli marketingning eng katta yo’nalishi va O’zbekistonda juda
tez rivojlanib borish tendensiyasini hisobga olsak, yaqin besh yil ichida ushbu sohada
faoliyat yuritadigan malakali kadrlarning yuqori defitsiti vujudga kelish ehtimoli oshib
bormoqda. Shu sababli mamlakamizda aynan shu soha va shu kabi “Raqamli
iqtisodiyot” va “Raqamli marketing” kabi yo’nalishlarda faoliyat yurita oladigan
kadrlarni o’qitish tizimini yo’lga qo’yish vaqti keldi deb o’ylaymiz. An’anaviy kasblar,
bo’yicha bilim beradigan OTMlarimiz soni butun respublikamiz bo’ylab taqsimlangan
va hozirgi kunda o’zlari ixtisoslashgan sohalardagi kadrlar masalasini hal qilish uchun
yetarli darajada faoliyat olib borishmoqda.
Zamonaviy kasblar va yo’nalishlarga o’qitish sohasi ham kelajakda ushbu
sohalarda faoliyat yuritadigan kadrlar defitsitining oldini olsa, ham iqtisodiyotmizdagi
yana bir muhim masala, ishsizlik darajasining ham kamayishiga, yoshlarimiz ushbu
zamonaviy kasblarni o’rganib ham O’zbekistonda ham Freelancer
1
sifatida ishlash
imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Shu sababli xulosa o’rnida aytmoqchimizki, ushbu
sohada faoliyat olib boradigan kadrlar o’qitish tizimini yo’lga qo’yish masalasini,
ta’bir joiz bo’lsa, kechiktirib bo’lmas masala sifatida ko’rmog’imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |