330
bo‘yicha tahlil qilinganda: 2272,3 ming kishi (84,7%) qarindoshlarni yo‘qlash
maqsadida, 203,7 ming kishi (7,6%) turistik maqsadda, 159,9 ming kishi (5,9%)
xizmat yuzasidan, 28,7 ming kishi (1,1%) davolanish maqsadida, 18,5 ming kishi
(0,7%)
tijorat maqsadida, 6,9 ming kishi (0,3%) o‘qish maqsadida tashrif
buyurganini ko‘rishimiz mumkin.
1
Bundan turist sifatida tashrif buyuruvchi
sayyohlar oz miqdorni qayd etishmoqda, vaholanki, biz uchun turizm boshqa
maqsadlarga qaraganda ahamiyati kattaroq. Chunki turistlar mehmonxonalardan,
xizmat ko’rsatish tadbirkorlik sub’ektlaridan foydalanadilar, qarindoshlarinikiga
tashrif buyurishsa bu jihat qisqaradi.
O’zbekistonning har bir viloyatida turistik kompleks mavjud.
Bu ekoturizm
bo’ladimi, etnik turizm bo’ladimi yoki gastronomik turizmmi, bularning har biri
soha uchun juda ahamiyatli.
Turizm sohasi doirasida yurtimizda ko’plab xalqaro ko’rgazmalar va forumlar
o’tkazilib, xorijiy investorlarni jalb qilishga harakat qilinmoqda. Dunyoda turizm
rivoji bo’yicha yuqori o’rinlarni egallagan mamlakatlar bugungi kunga kelib,
O’zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Ulardagi
mavjud infratuzilmalarni mamlakatimizda qo’llash orqali biz ham turizm kelajagi
uchun keng yo’l ochishga bel bog’ladik. Mehmonxona, xizmat ko’rsatishlar
industriyasi va gidlar salohiyatini oshirish maqsadida imzolangan memorandumlar,
binolar qurilishi bo’yicha xorijiy mutaxassislar (AQSh, Turkiya, Koreya,
Indoneziya, Malayziya, Singapur,
Fransiya, Rossiya) bilan birgalikda olib
borilayotgan innovatsion hamkorlik bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muammolarga yechim topadi. Ushbu hujjat bilan
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham
tasdiqlandi. Unga koʻra:
– xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 milliondan (2025) yilda 9,0 million
nafarga oshirish;
– turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1,0 milliard AQSH dollaridan
2,2 milliard AQSh dollariga yetkazish;
– mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga
koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Ushbu konsepsiya ishlab chiqilgandan so’ng shu yilning o’zida bir qator
o’zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, 2019-yil 21-23
fevral kunlari Buxoroda
o’tkazilgan birinchi Xalqaro Ziyorat Turizmi forumi misolida ko’rishimiz mumkin.
Ushbu forum doirasida Ziyorat Turizmi bo’yicha Buxoro Deklaratsiyasi qabul
qilindi, 2019-yil 22-fevral kunida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Din
ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlar idorasi, Butunjahon turizm
tashkiloti, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Halol va Ziyorat turizmi yo’nalishi
ekspertlari ishtirokida ushbu deklaratsiya tuzib chiqildi. Bundan ko’zlangan maqsad
Ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, aholi turmush
darajasining ziyorat turizmiga bo’lgan salohiyatini oshirish, Ziyorat turizmi markazi
sanalgan O’zbekistonda islom qadriyatlarini targ’ib qilishdan iborat.
1
https://uzbektourism.uz/ru/research/2017/2018
331
O’zbekistonning buyuk mutafakkir-olimlari butun insoniyatning mulki sanaladi va
millionlab turistlarni O’zbekistonga tashrif buyurishga undaydi. O’zbekiston
Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali madaniyatlararo
va sivilizatsiyalararo
muloqotni qo’llab-quvvatlash an’anasini davom ettiradi. Bu, albatta, o’z navbatida
turizm rivojining yuksalishiga asosiy omillardan biri bo’lib qoladi.
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan olib
borilgan bir qancha islohotlar natijasida yurtimizga tashrif buyuruvchi
sayyohlarimizning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Kun.uz bergan ma’lumotlarga
ko’ra, mehmonxonalar soni 772 tadan (2017y.) 914 taga (2018y.) oshgan, oilaviy
mehmon uylari 2017 yilda – 0 bo’lgan bo’lsa, 2018 yilda – 81tani tashkil etdi.
Turoperatorlar soni 127 tadan (2017y.) 234 taga (2018y.) yetdi. Shuningdek, chet
ellik sayyohlar uchun viza rejimi yanada soddalashtirildi. 30 kunlik viza rejimi
asosida 9 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurishgan boʻlsa, endilikda
ularning soni 86 tani tashkil etmoqda. Qolaversa, 53 davlat fuqarolari elektron viza
olish imkoniyatiga ega boʻldi
1
.
Transport infratuzilmasi toifasida ham bir qator yengilliklar ishlab chiqildi.
Turistik avtobuslarning tunggi vaqtlarda harakatlanishlariga ruhsat berildi, turistik
toifadagi avtotransportlarning soni ko’paytirildi. Bundan tashqari yana kadrlar
yetishtirishni takomillashtirish, o’zbek turizmini xorijiy mamlakatlarda keng targ’ib
qilish ishlari samarali amalga oshirilmoqda. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari,
tahoratxonalar tashkillashtirish, bepul Wi-Fi zonalari va yo’l ko’rsatkichlari
o’rnatish singari o’zgarishlar O’zbeliston bo’ylab amalga oshirilmoqda. Bunday
islohotlar asnosida yaqin yillar ichida yurtimizga keluvchi
sayyohlar soni keskin
oshishi kutilmoqda. Joriy yilda pandemiya tufayli soha faoliyatiga zarar yetdi, shu
nuqtai nazardan kuni kecha Prezident Sh. Mirziyoyev tomonlaridan turizm va sport
sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi
yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Unda mamlakatimizning turizm
salohiyatini tiklash hamda rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Kelgusi
yilda 1.7 million xorijiy, 7.5million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm
xizmatlar eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilinganligi ta'kidlab
o'tildi. Ayniqsa, ziyorat turizmi bu borada eng salmoqli jihat ekanligi davlatimiz
rahbari tomonlardan izohlandi. Ziyorat turizmini keng targ'ib
qilish,
infratuzilmalarni rivojlantirish vazifalari belgilandi. Kelgusi yildan ''O'zbekiston
bo'ylab sayohat qil!'' ichki turizm dasturi izchil davom ettirilishi ham e'tirof etildi.
2
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz mumkinki, har bir sayyohni yuksak
darajadagi
hurmat-ehtirom ila qarshi olib, ko’ngildagidek xizmat ko’rsatib bera
olishga erishilsa bundan biz soha kelajagi uchun yaxshi natijani qayd etgan
bo’lamiz. Buning uchun esa avvalo bizning salohiyatimiz, kadrlarimiz o’z
kasblariga g’ayrat bilan yondashmog’liklari lozim. Ichki turizmni rivojlantirish ham
biz uchun juda muhim. Aholimizning sayyohlik darajasini oshirishdan biz ko’proq
yangilik va rivojlanishga erisha olamiz. Bir kun boshqa joyda o’tkazilgan tun, bir yil
uyda o’tgan tundan afzalroq bo’lishu mumkin. Uydan chetga chiqqan inson
1
https://uzbektourism.uz/ru/research
2
https://president.uz/uz/lists/view/3999
332
yangiliklarga duch keladi, boshqa hayotni ko’rib unda yangi g’oyalar, fikrlar paydo
bo’ladi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga zarur bo’lgan kadrlarning
innovatsion loyihalar ishlab chiqqishlariga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: