Yakka tadbirkor Abduraimov Parda Berdimurod o‘g‘lining yoshlar orasida sportni targ’ib etish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida mini-stadion qurish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi savdo markazini tashkil etish bo’yicha
BIZNES REJASI
Qumqo’rg’on 2022
MUNDARIJA 1. Tadbirkor haqida ma’lumot 2.Loyihaning asosiy maqsadi va yo‘nalishi 3.Bozor holatining tahlili 4.Ishlab chiqarish rejasi 5.Tashkiliy reja 6.Mehnat resurslari 7.Moliyaviy reja
1.Tadbirkor haqida ma’lumot • Loyiha rahbari: Abduraimov Parda Berdimurod o‘g’li
• Tug’ilgan joyi: Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Islomobod MFY;
• Tug’ilgan sana: 1995-yil, 12-yanvar;
• Millati: O’zbek;
• Ma’lumoti: oliy;
• Passport ma’lumoti: Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomindan berilgan.
2022-yil __-aprelda YaTT sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tgan.
2.Loyihaning asosiy maqsadi va yo‘nalishi Yakka tartibdagi tadbirkor belgilangan faoliyat turiga asoslanib , Qumqo‘rg‘on tumani ‘‘Ketmon’’ QFY ‘‘Islomobod’’ mahallasida yashovchi aholining sport bilan shug’ullanishga ehtiyoji mavjud yoshlar qatlamiga xizmat ko‘rsatish uchun mini futbol stadionini qurib ishga tushirishni hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi xizmat markazi(savdo do‘koni)ni tashkil etib 3 kishini ish bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu ishni amalga oshirish uchun 450 mln. so‘m bank krediti hisobiga mini futbol stadioni va savdo do‘koni qurib, ish boshlamoqchi.
3.Bozor holatining tahlili YaTT tomonidan tashkil etilayotgan mini futbol stadioniga hozirgi vaqtda ‘‘Islomobod’’ mahallasida talab katta. Chunki hozirgi kunda ‘‘Ketmon’’ QFY ‘‘Islomobod’’ mahallasida yashovchi aholi ko‘pligi va ushbu aholining ko‘p qismini sport bilan shug’ullanishga ehtiyojmand yoshlar tashkil etishi hamda mavjud sport maydonlari ushbu ehtiyojni qoplay olmayotganligidir.Hozirgi kunda ‘‘Islomobod’’ mahallasida 3,5 ming aholi mavjud va uning 2 mingga yaqin kishisi sport bilan shug’ullanishga ehtiyojmand yoshlar qatlamidir. Va bu o‘z navbatida jami 2 ming nafar sportga ehtiyojmand yoshlar bozori mavjudligini bildiradi. Hududda savdo do‘konlari ko‘p bo‘lsada, ushbu markazlar aholining ushbu xizmatga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplay olmayapti. Shu sababdan, ushbu hududda zamonaviy , sifatli hamda boshqa savdo markazlariga qaraganda arzonroq savdo do‘koni tashkil etish ushbu xizmatga bo‘lgan talabni qondira olish imkoniyatini yaratadi.