Biznes muloqot va akademik yozuv



Download 1,71 Mb.
bet177/208
Sana25.03.2022
Hajmi1,71 Mb.
#510149
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   208
Bog'liq
Бизнес мулоқот 2019-20

14-TOPSHIRIQ Omma e’tiborini qaratishusullari.

Ushbu bo’limda biznesga oid ommaviy muloqot yoki tadbirkorlikka ommani jalb qiluvchi ma’ruzalar qilishda qanday qilib o’z-o’ziga ishonchni kuchaytirish va ko’pchilik oldida ma’ruzalar qilishdan cho’chimaslik qobiliyatini rivojlantirish muammolari haqida gapirib o’tamiz. Yaxshi ma’ruzachi (orator) bo’lish uchun quyidagi to’rt asosiy qoidaga rioya qilish kerakbo’ladi:


Birinchi qoida: Ma’ruzangizni o’z maqsadingizga erishish yo’lida kuchli harakat va ehtiros bilan boshlang. Bilib qo’ying, inson bolasi ega bo’lgan hech qanday qobiliyat unga yaxshi gapira olish san’ati kabi tezlik bilan ko’pchilikka tanilish va xizmat pillapoyalaridan ko’tarilish imkonini yaratmaydi. Ta’sirli ommaviy ma’ruzalar o’qiy olish san’atini mukammallashtirish uchun katta ruhiy intilish lozim va shuning uchun, ham qiziqish bilan ishga kirishing, orqaga chekinish mumkin bo’lgan barcha ko’priklarni yoqib tashlang, shunda g’alaba Sizga yorbo’ladi.
Ikkinchi qoida: Nima haqida gapirayotganingizni va nimalarni tushuntira olishingizni juda yaxshi, ipidan ignasigacha bilishingiz kerak bo’ladi. Agar, Siz o’z ma’ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo’lsangiz, Siz boshqa bir ko’r kishini yetaklamoqchi bo’lgan ko’rga o’xshab qolasiz. Agar, Siz biror bir narsani gapirishingiz kerak bo’lsa, gapira olsangiz va bu sohani yaxshi bilsangizgina ma’ruza qiling. Gapirib bo’lgandan so’ng, minbarda ko’p qolib ketmasdan joyingizga o’tiring. Agar, ma’ruza qilayotgan chog’ingizda u bilan bog’liq biror nimanidir ko’rsatsangiz yoki hayotiy misollarnamoyishetsangiz, auditoriyaga mavzu yanada tushunarli bo’ladi va Siz ham ko’pchilik oldida o’zingizni yo’qotib qo’ymaysiz.
Uchinchi qoida: Ma’ruza bo’layotganda o’z-o’zingizga va yoritilayotgan mavzuga qat’iy ishoning, aks holda boshqalarni bunga ishontira olmaysiz. O’zingizni botir va har narsaga qodir his etish uchun butun irodangizni safarbar qiling va shundagina qo’rqinch hissiyotlari ishonch bilan almashiniladi. Auditoriya oldida turganda taxminan 30 sekund davomida chuqur nafas oling – bu Sizda kislorod tanqisligining oldini oladi. Yuragingiz qanchalik urib ketsa ham, hech cho’chimasdan oldinga chiqing va o’zingizni bu ish Sizga juda yoqimli ekanini ko’rsatishga harakat qiling. Gavdangizni to’g’rilang, tinglovchilarning ko’zlariga tik qarang va shunchalik ishonch bilan gapiringki, xuddi ular Sizdan ma’lum bir miqdorda pul qarzday bo’lsin. Ular bu erga to’lov muddatini kechiktirish uchun kelishgan deb faraz qiling. Asabiy holatda kostyumning tugmalarini echib va yana taqib harakat qilmang, qo’lingizdagi narsani asabiy holatda u qo’ldan bu qo’lga olishni bas qiling va aslo qo’lingiz bilan ma’nisiz harakatlar qilmang. Agar, asabiy harakatlardan to’xtash Siz uchun qiyin bo’lsa, u holda qo’lingizni orqaga qilib, barmoqlaringizni qimirlating yoki oyoqlaringiz barmoqlarini qimirlating, toki bu harakatlarni hech kimsa ko’rmasin. Mebel yoki boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakatqilmang.
To’rtinchi qoida: Doimiy ravishda mashq qiling, mashq qiling va yana mashq qiling! Busiz Sizda ham, boshqa ma’ruzachilarda ham hech nima va hech qachon amalga oshmaydi!
Muomala va tashqi ko’rinishning tadbirkorlikdagi
ahamiyati
Tadbirkorning faoliyati jarayonida o’zini tutish qoidalari bir qancha dalillar (ko’rsatkichlar) bilan aniqlanadi. Eng avvalo, uning o’ziga xos etik normalarga, u bilan bog’liq qoidalarga rioya qilishi va ma’lum ma’noda qabul qilingan shartli qoidalarni bajarishi lozim bo’ladi. Bularga u rioya qilmasa ham bo’ladi, lekin, ushbu holda uning muvaffaqiyatsizlikka erishishi kunday aniq va ravshan bo’lib qoladi (tasodifiy yoki protektsionizm asosidagi soxta muvaffaqiyat bundan istisno!). Hammamizga ma’lumki, etika insonning jamiyatda o’zini tutishi bilan bog’liq bo’lgan qoidalar (printsiplar, tamoilllar) majmuasidir. Masalan, agarda, Siz Amerika tadbirkori bilan muloqot olib borsangiz, uning etik normalariga rioya qilishingiz lozim bo’ladi. Yapon, Arab yoki Nemis bilan esa ularda qabul qilingan qoidalar asosida muloqot olib borishingiz lozim bo’ladi. Bular orasida eng asosiysi, bizning fikrimizcha, to’g’ri so’zlilik va odamiylikdir. Chunki, «yolg’on» dan foydalanish hech qachon normal iqtisodiy jarayonning asosi bo’la olmaydi. Bu birgalikda ishlayotganlarning barchasiga ham juda katta xavf tug’diradi va ko’pincha bu ishni qilgan shaxs oxir-oqibatda yutqazadi. Shuning uchun, ham, «Myengako’r xaridor uchrasin, mahsulotimnisotib olay», - degan fikr tubdan noto’g’ridir.
«Agar, mijoz mahsulot yoki xizmatdan ko’ngli to’lmasa, uning pulini qaytarishga kafolot beramiz», - degan e’lonlarga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Chunki, bunda ushbu kompaniyaning ishonchga loyiqliligi bo’rttirib ko’rsatiladi. Tadbirkorlikda amal qilinishi lozim bo’lgan bunday etik normalarning kelib chiqishi uzoq o’tmishlarga borib taqaladi va ular ma’lum ma’noda jamiyatning optimal (eng yaxshi) rejimda ishlashini ta’minlab beradi. Ishbilarmonlik etikasining asosi ozodlik deb atalmish umuminsoniy qadriyatlarga borib taqaladi. Bu shuni anglatadiki, tadbirkor, u kim va qayerda bo’lmasin, o’z raqobatchisining erkinligini hurmat qiladi, uning ishiga aralashishni, to’sqinlik qilishni, xalaqit berishni keskin qoralashi lozim. Agar, u shunday qilmasa, hozir yoki keyinchalik albatta, shunday bir odam yoki guruh topiladiki, uni xuddi shunday noqulay ahvolga tushirib qo’yishadi (ya’ni, u o’ziga xos qaytim oladi). Tadbirkorlik faoliyatining asosiy printsiplaridan yana biri boshqalarning qilayotgan xatti-harakatlariga bosiq munosabatda bo’lish va ularning nima uchun bunday qilayotganliklarini tushunishga intilishdar. Bunday qilish o’zaro ishonch munosabatini tug’diradi, bir-birini tushunishga olib keladi va janjal hamda tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkinligining oldini oladi. Tadbirkorlik olib borilayotgan sharoitda, albatta, qandaydir muammolar ham paydo bo’ladi, chunki, bunda Siz ko’pchilikning manfaatlari to’qnashadigan ruhiy doiraga tushib qolasiz. Og’irlik, vazminlik va bosiqlik bunda Sizga juda katta yordam berishi aniq va ravshandir. Tadbirkorlikning mexanikadagi singari o’z «oltin qonuni» ham mavjud: «Siz mijozlar to’g’risida qayg’ursangiz, bozor Sizning haqingizda qayg’uradi». Shunga bog’liq ravishda g’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatga erishish formulasi juda hamoddiy:

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish